O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universitetining pedagogika instituti



Download 176,39 Kb.
bet24/43
Sana22.07.2022
Hajmi176,39 Kb.
#837546
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43
Bog'liq
MAJMUA (Ifodali oqish)

Band ritmi. She’riyatda band tuzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan ritm band ritmi deb yuritiladi. Band mazmunning shartli tugalligi bilan farqlanuvchi she’r misralari yig‘indisidan iborat bo‘lib, u poetik fikr, ritm jihatidan tugal bo‘lgan va qofiya tartibi bilan birlashgan she’riy bo‘laklardan tashkil topadi. She’r bandlarining qofiyalanish tartibi har xil bo‘lib, ular o ‘ziga xos ritm hosil qiladi.
Masnaviy: Kimsa necha zebu tama’din yiroq, - a
Zimnida osoyish erur yaxshiroq. - a.
Gavharu dumi quloq ozori bil, - b
So‘zni quloqning durri shahvori bil. - b
Oltun isirg‘aki qulog‘ og‘ritur, - v
Zarhal etukdurki, ayog‘ og‘ritur. - v
Nukta durrin, bil, qulog‘ oroyishi, - g
Keng etuk o‘ldi oyoq osoyishi... - g
Murabba’: Ko‘rmay yuzini devona bo‘ldum, - a
Xalqi j ahondin begona bo ‘ ldum. - a
Yuz dardu g‘amg‘a hamxona bo‘ldum, - a
Ey bod, yetkur yora salomim. - b
Yordin judo men o‘lguncha bo‘ldum, - v
Qonlami yutdum, hasratga to‘ldum. - v
Dardi g‘amingdin, vallohki, о‘ldum, - v
Ey bod, yetkur yora salomim. - b
(Mashrab)
Muxammasdan parcha:
Xonumonidin judo bo‘lgan kishidin dard so‘rang, - a
O‘rtanib qaddi duto bo‘lgari kishidin dard so‘rang, - a
Yuz alamga oshno bo‘lgan kishidin dard so‘rang, f - a
Bekasu bemuttako boigan kishidin dard so‘rang, - a
Misli men, bedastu po bo‘lgan kishidin dard so‘rang. - b
Telmurib qoldim bu yo‘lda hamsafardin ayrilib, - v
Yo‘l adashib g‘amdadurman rohbardin ayrilib, - v
Baxt qaro keldim bu yo‘lda yaxshilardin ayrilib, - у
Andalib erdim, qolibman bolu pardin ayrilib, - v
Men kabi baxti qaro bo‘lgan kishidin dard so‘rang. - b
(Mashrab)
Alliteratsion ritm. Alliteratsiya lotincha so‘z bo‘lib, harf degan m a’noni bildiradi, ya’ni alliteratsiya she’riyat harflar - tovushlar takroriga asoslangan badiiy san’atdir. She’rda bir xildagi ohangdosh tovushlaming takrorlanishi natijasida alliteratsion ritm hosil bo’ladi va badiiy nutqning intonatsion ifodaviyligini kuchaytiradi.
Alliteratsiya mumtoz adabiyotda tavzi’san 'ati deb yuritilgan. Klassik adabiyot namoyandalari misra yoki baytda tovushdosh so‘zlardan mahorat bilan foydalanib, she’rlarining badiiy ta’sirchanligini oshirganlar. Masalan:
Toqatim toq o’ldi to bo’ldim talabgoring sening.
Misra davomida so‘zlarda “f” tovushining bir maromda qayta-qayta takrorlanishi natijasida o’ziga xos ritm va ohangdorlik yuzaga kelgan.
Quyidagi baytda ham shunga o‘xshash holatni kuzatish mumkin.
Ganja ganjurikim, chekib ko‘p ranj,
Qo‘ymish erdi jahonda besh ganj.
Hozirgi zamon adabiyotida alliteratsiyaning eng go‘zal namunasini yuksak iste’dod sohibi Erkin Vohidov ijodida uchratamiz.
Qaro qoshing, qalam qoshing, qiyiq qayrilma qoshing, qiz,
Qilib qatlimga qasd, qayrab qilich qotil qaroshing, qiz.
Qafasda qalb qushin qiynab qanot qoqmoqqa qo‘ymaysan,
Qarab qo‘ygil qiyokim, qalbni qizdirsin quyoshing, qiz.

Download 176,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish