Tayanch tushunchalar
Kohinlar - “Avesto” targ‘ibotchilari. Qadimgi notiqlar.
Voizlar - axloqiy-ta’limiy, ijtimoiy-siyosiy mavzularda nutq so‘zlovchi ma’rifat targ‘ibotchilari.
Voizlik turlari: dabirlik, xatiblik, muzakkirlik.
Substantsiya - tub mohiyat.
Aksidentsiya - tasodifiy hoi, hodisa; tub mohiyati e’tibori bilan uncha ahamiyati bo‘lmagan juz’iy xususiyat.
Savol va topshiriqlar:
1. Ifodali o‘qish san’atining taraqqiy etishida “Avesto” qanday o‘rin tutgan? .
2. Qur’oni Karimni qiroat bilan o‘qish san’ati va uning inson ruhiyatiga ta’siri haqida gapiring.
3. Og‘zaki so‘z ijrochiligiga asoslangan voizlik san’ati haqida qaysi manbalarda ma’lumot berilgan?
4. Alisher Navoiy va’z aytuvchi haqida nima deydi, siz bu fikmi qanday izohlaysiz?
5. Abu Nasr Forobiy mantiqiy asosga ega bo‘lgan to‘g‘ri va yorqin nutq tuzishda, asosan, nimalarga e’tibor qaratadi?
6. O‘tmishda ifodali o ‘qish yoxud notiqlik san’atiga doir qanday asarlar yaratilgan?
3-Mavzu: Qadim Yunonistonda notiqlik san’ati
REJA:
Yunonistonda notiqlik san’ati taraqqiyoti va uning sabablari.
Notiqlik san’ati va Aristotel ijodi.
Mark Tulliy Sitseron - mashhur notiq va nazariyotchi olim.
Demosfen - beqiyos notiq, otashin vatanparvar.
Antik davrlarda yunonlar chuqur fikrlash va chiroyli gapirish ilmini hikmat va donishmandlik deb ataganlar. Notiqlik san’atining buyuk namoyandasi Sitseronning ma’lumotlariga qaraganda, Suqroti hakim zamonlarigacha falsafa va notiqlik yagona ilm sifatida mavjud bo‘lgan. Suqrot o‘z mulohazalari bilan dono fikr va ziynatlangan nutqning yagona ilmini ikkiga ajratib qo‘ygandan keyin fikrga ayrim, nutqqa ayrim o‘qitish odati paydo bo'lgan. Shundan keyin kishilarni har tomonlama mukammal, go‘zal nutq so‘zlashga o‘rgatuvchi maxsus ritorika ilmi vujudga kelgan. M a’lumotlarga qaraganda ritorikaning asl vatani Sitsiliya oroli bo‘lib, eramizdan oldingi V asrning o‘rtalarida bu yerda demokratik tartiblar o‘matilgach, notiqlik faoliyatining rivoji uchun keng yo‘l ochiladi.
Mashhur ritor Gorgiy (taxminan 483-376) 427 yilda o‘z shahri Leontina uchun harbiy yordam so‘rab maxsus elchi sifatida Afinaga keladi va xalq majlisida gapirgan nutqi bilan Afina yoshlarida juda kuchli taassurot qoldiradi; shundan keyin ko‘p o‘tmay Gorgiy butunlay Afinaga ko‘chib kelib, shu yerda ritorika maktabini ochadi va o‘z shogirdlariga chiroyli so‘zlash san’atini o ‘rgata boshladi.
Gorgiyning fikricha, notiqning eng muhim vazifasi tinglovchini ishontirish, uni maftun etish va o‘ziga rom qilishdan iboratdir. Gorgiy, asosan, mifologik mavzularda tantanali nutq so‘zlagan, uning nomi ostida bizga qadar “Yelena” va “Palimed” sarlavhali ikkita yozma nutq yetib kelgan.
Notiqlik san’atiga ehtiyoj Afinada, ayniqsa, juda kuchli edi. Chunki Yunonistonda demokratiya tuzumi qaror topgach, respublikaning har bir ozod kishisi xalq majlislarida, senat kengashlarida, sud ishlarida erkin nutq so‘zlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Afina davlatidagi sud tartiblari ham notiqlik san’atining keng rivoj topishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur tartiblarga ko‘ra, sudga ishi tushgan har bir kishi shaxsan sud majlisiga kelib, da’volarini bayon etishi yoki o ‘zini himoya qilishi lozim edi. Lekin hamma ham voqea tafsilotlarini mantiqan asoslab, chiroyli gapirish iqtidoriga ega bo‘lavermaydi. Natijada, hozirgi advokatlarga o‘xshagan va qadimgi yunon tilida “logograflar”
deb ataluvchi maxsus kasb kishilari paydo bo‘ldi. Bilimdon, so‘zga chechan notiqlaming ko‘pchiligi “logograflik” bilan ham shug‘ullanib sudlashuvchilarga maxsus nutq matnlarini yozib berganlar. Logograflar haqida fikr yuritilganda ko‘pincha manbalarda Lisiy nomi qayta-qayta tilga olinadi.
Asli sitsiliyalik bo‘lgan mashhur so‘z ustasi Lisiy Afinada yashagan (459 - 380). 0 ‘z faoliyatini logograflik kasbiga bag‘ishlagan bu zot, asosan, sud nutqlarini ijod etgan. U har bir nutqni yozishga kirisharkan, avvalo, bu nutqni buyurtma bergan kishining tabiatiga, ijtimoiy mavqeiga qanchalik monand kelish-kelmasligiga katta e’tibor beradi. Masalan, qishloqdan kelgan oddiy bir dehqon yoki o‘rtamiyona shahar fuqarosi hech qachon kitobiy iboralar ishlatib, murakkab qonunning kerakli boblarini dalil keltirib, hashamatli nutq so‘zlay olmaydi. Agar shunday qilsa, aytgan gaplarining soxtaligi bilinib qoladi. Lisiy
san’atkorligining asosiy siri shundaki, u nutq matnini yozishga kirishar ekan, o‘z oldiga faqat bir maqsadni qo‘yadi; u ham bo‘lsa so‘zlayotgan kishi haqida sud hay’ati dilida eng yaxshi taassurotlar qoldirish, uning har bir gapi yurakdan chiqayotgan, chinakam samimiy gaplar ekanligiga ishontirishdir.
Lisiy qo‘li bilan yozilgan nutqlaming birontasida so‘zlovchining tabiatiga mos kelmaydigan dabdabali, serhasham iboralami uchratmaymiz. Lisiy nutq uslubining aniq va ravshanligi, tilining sodda va ravonligi, har bir odamni o‘z tilida gapirtira olish mahorati uni yunon tarixida o‘tgan logograflarning eng mashhurlari qatoriga qo‘ydi.
Shu tariqa notiqlik san’ati rivojlanib, uning siyosiy notiqlik, sud notiqligi, epidektik notiqlik kabi turlari paydo bo‘ladi. Epidektik notiqlar ulug‘ zotlarni va mashhur voqealami madh etib, tantanali yig‘inlarda nutq so‘zlaganlar.
Notiqlik san’atining rivojlanishi, adabiy tilning, badiiy adabiyotning ravnaqida katta ro‘l o ‘ynadi, shuningdek, “Ritorika” ilmining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi.
Yunoniston va Rimdagi notiqlik san’ati taraqqiyotida muhim o‘rin egallagan mashhur so‘z ustalarining har biri o‘z nutq uslubi bilan alohida ajralib turganlar. Bu haqda Mark Tulliy Sitseron shunday deb yozadi: “Isokratda nazokat, Lisiyda oddiylik, Gipereidda zukkolik, Esxilda tiniqlik, Demosfenda kuch bor. Ular go‘zal, zebo emasmilar? Ular ozgina bo‘lsa-da, bir-biriga o‘xshaydilarmi? Afrikanda salmoqdorlik, Leliyda muloyimlik, Galbada keskinlik, Karbonda alohida bir ravonlik va ohang bor edi. Ulaming qaysi biri o‘z davrlarida birinchi bo’lmagan? Va aytish kerakki, ulaming har biri o‘z uslubida birinchi edi”. Xullas, notiqlar qancha bo‘lsa, suxandonlik turlari ham shuncha xilma-xil bo’lgan. Shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, qadimgi davrda mashhur bo‘lgan barkamol notiqlaming aksariyati buyuk donishmandlar Platon va Aristotel maktabida ta’lim olgan faylasuf ham edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |