Tayanch tushunchalar:
She’riy nutq va hayajonli tafakkur. She’riy nutq va hayotiy kechinma. She’rxonlik odobi.
Vazn - she’riy nutqni nasriy nutqdan farqlovchi she’riyat asoslaridan biri bo‘lib, o‘lchov ma’nosini bildiradi.
Hijo - bir nafas bilan aytiladigan tovush va tovushlar birikmasi.
Turoq - hijolardan tashkil topadi va she’r misralaridagi muayyan ritmik bo‘lakni hosil qiladi. '
Savol va topshiriqlar:
1. Lirik turga xos asosiy xususiyatlar nimalardan iborat?
2. Husayn Voiz Koshifiy she’rxonlik odobi deganda nimalami nazarda tutadi?
3. Vazn deganda nimani tushunasiz?
4. Barmoq vazniga xos xususiyatlar nimalardan iborat?
5. Turoq haqida tushuncha bering.
6. Ifodali o‘qishda turoqning qanday ahamiyati boi?
7. Qo‘shma vaznli she’r deganda nimani tushunasiz?
8. Erkin vaznga xos xususiyatlar nimalardan iborat?
9. Barmoq vaznidagi she’r bilan erkin vazndagi she’rlarning o‘qilishida qanday farq bor?
Adabiyotlar:
1. Husayn Voiz Koshifiy. Futuvvatnomai sultoniy yoxud javonmardlik tariqati (fors-tojik tilidan Najmiddin Kornilov tarjimasi). - Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1994.
2. Abu Ali ibn Sino. She’r san’ati. - Toshkent: G ‘.G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti. 1980.
3. S.Inomxo'jayev, A.Zunnunov. Ifodali o‘qish asoslari. -Toshkent: O‘qituvchi, 1978.
4. Sitseron. Notiqlik san'ti haqida ikki risola. (Urfon Otajon tarjimasi). - Toshkent: Yangi asr avlodi, 2007.
9-mavzu: Aruz vaznidagi she’rlarni o‘qish
Reja
1. Aruz vazni va uning o'ziga xos xususiyatlari.
2. Hijo va uning turlari.
3. Ifodali o'qishda hijo va ruknning o‘mi.
4. “Shifoi vasl qadrin...” g‘azali tahlili.
5. G'azalni ifodali o‘qish.
Aruz vaznidagi asarlarni ifodali o‘qish uchun, aw alo, ushbu o‘lchov tizimiga xos xususiyatlar haqida ma’lum darajada bilimga ega bo'lish lozim. Aruz vaznida yaratilgan xilma-xil janrdagi lirik va epik asarlarni ifodali o‘qish, ulaming vazn xususiyatlarini tahlil qilish va turli-tuman o‘lchovlarni aniqlash malakalarini egallash uchun ham, mazkur tizimning nazariy jihatlaridan yetarli darajada xabardor bo‘lish talab etiladi.
“Vazn - badiiy shaklning eng muhim qismlaridan biri. Asar mazmuni, tanlangan mavzu, ijodkor dilini to‘lqinlantirayotgan muammolar, badiiy timsollarda mujassamlashtirilayotgan umumbashariy g‘oyalarni jozibali, ta’sirchan, o'qishli qilib ifodalashda vazn alohida ahamiyatga egadir”. Uzoq tarixga ega bo‘lgan aruz vazni Sharq xalqlari adabiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Aruz Yaqin va O‘rta Sharqda keng tarqalgach, bu she’riyat nazariyasini qabul qiluvchi har bir xalq uni o‘z tili qonun-qoidalariga moslashga harakat qilgan. Shu sababdan ham, fors-tojik aruzi, turkiy aruz nomi bilan milliy tillar fonetikasiga asoslangan aruzlar vujudga kelgan. Alisher Navoiyning “Mezon ul-avzon” asarining yaratilishi esa, o‘zbek milliy aruzining shakllanishida muhim voqea bo'ldi.
Aruz terminining kelib chiqishi va lug'aviy m a’nosi haqida aruz nazariyasida turli fikrlar mavjud. Bu haqda Alisher Navoiy “Mezon ul- avzon” asarida shunday ma’lumot beradi: “Bas sobit bo‘ldikim, aruz fani sharif fandur. Va bukim, ul ilmni nevchun “aruz” dedilar, muxtalif ahvol bor. Va ul budurkim, Xalil ibn Ahmad rahmatullohki, bu fanning voziidur, chun arab ermish va aning yaqinida bir vodiy ermishki, ani “Aruz” derlar ermish va ul vodiyda a’rob uylarin tikib, jilva berib, bahoga kiyururlar, go‘yoki, qiymat va bahosi ma’lum bo‘lur, bu munosabat bila “aruz” debturlar”. Ko‘rinadiki, Navoiy aruz terminining kelib chiqishi haqida turli-tuman fikr-mulohazalar mavjudligini ta’kidlab, shulardan biri sifatida aruz so‘zi Xalil ibn Ahmad yashagan joy yaqinidagi Aruz vodiysi nomidan olinganini qayd etadi. Va bu vodiyda arablar chodir uylar tikib, ularni bezatib, bahosini aniqlab sotar ekanlar. Xullas, VIII asrda yashab, ijod qilgan arab adabiyotshunosi va musiqashunos olimi Xalil ibn Ahmad asos solgan aruz vazni ming yillardan beri arab, fors va turkiy adabiyotlarining asosiy she’riy mezoni sifatida qo‘llanib keldi. Aruz vaznining keng tarqalishi va umrboqiyligiga sabab, avvalo, uning insoniy hissiyotlami yoqimli musiqiylik va ohangdorlik bilan ifodalash imkoniyatlarining kengligi bilan belgilanadi. Aruz arab zaminida shakllangan ekan, u arab adabiyotining azaliy an’analari, arab tilining xususiyatlariga mos kelardi. Lekin boshqa xalqlar orasiga tarqalganda aruz ham nazariy, ham amaliy jihatdan ba’zi o‘zgarishlarga uchragan. Turkiy tillarning arab va fors tillariga nisbatan o‘zgachaligi, xususan, unda cho‘ziq hijolaming nisbatan kamroq qo‘llanishi, qisqa hijolaming ketma-ket kelishi kabi xususiyatlar turkiy aruzning shakllanishiga sabab bo’lgan. Aruz nazariyasiga oid atrofiicha kuzatishlar olib borgan adabiyotshunos olim Anvar Hojiahmadov o‘zbek aruziga xos maxsus jihatlar sifatida quyidagi o‘ziga xosliklami ko‘rsatadi. “ O‘zbek amzida 19 bahrdan 11 tasi qo’llanadi. Ular: hazaj, rajaz, ramal, munsarih, muzori’, mujtass, hafif, sari’, mutaqorib, mutadorik, komil bahrlaridir. Arab she’riyatiga xos bo‘lgan vofir, tavil madid, basit, qarib, mushokil, g‘arib, muqtazab bahrlari o‘zbek aruzida qo‘llanmaydi. O ‘zbek aruzida qo‘llanadigan bahrlarning o‘zbek tili xususiyatlari bilan belgilanadigan vaznlar doirasi mavjud. Binobarin, she’riyatimizda qo‘llanadigan vaznlar soni va turlari jihatidan arab va fors-tojik she’riyatidagi vaznlardan farqlanishi mumkin.
O ‘zgarishlaming barchasi ham o‘zbek aruziga mos kelavermaydi, shuning uchun arab va fors-tojik aruziga xos jami 44 xil o‘zgarishning 23 turigina she’riyatimizda qo‘llanadi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |