Barmoq vaznidagi she’rlarni o‘qish
Vazn she’riy nutqni nasriy nutqdan farqlovchi she’riyat asoslaridan biri bo‘lib, o‘lchov ma’nosini bildiradi. Binobarin, she’r ritmik nutq ekan, she’r tuzilishining asosini ma’lum ritmik birlik (o‘lchov) - hijo tashkil etadi. She’r misralaridagi hijolarning miqdoriga qarab she’r tuzilishi ko‘rinishlari va vazn turlari aniqlanadi. Chunonchi, o‘zbek adabiyotining qadimiy she’r tuzilishi turlaridan bo‘lgan barmoq vaznidagi she’rlar ritmi uchun hijolaming soni va turoqlar asos bo‘lsa, aruz vaznidagi she’r tuzilishi uchun qisqa va cho‘ziq hijolaming bir tartibda kelishi asos bo‘ladi.
Hijo - bir nafas olish bilan aytiladigan tovush va tovushlar birikmasidir. Hijo (bo‘g‘in) she’riy nutq o ‘lchovida dastlabki ritmik birlik hisoblanadi. Masalan, mа ’ - na - vi - yat to‘rt hijoli so‘zdir. Aruz vaznidagi she’rlarda hijo cho‘ziq va qisqa bo‘lsa, barmoq vaznidagi she’rlarda hijo urg‘uli va urg‘usiz bo‘ladi. Ifodali o‘qishda hijoning mana shu xususiyatlariga alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi.
O‘zbek she’riyatida barmoq tizimining to‘rt hijoli vaznidan tortib, o‘n olti hijoli vaznigacha bo‘lgan o‘n uch turi mavjud. Masalan,
To‘rt hijoli vazn:
Ko‘ngil berdim,
Umrim berdim,
Jonim berdim -
Yotsan mango.
Najot kabi,
Umid kabi,
Hayot kabi -
Yodsan mango.
Kulgi kabi,
Shodlik kabi,
Chidam kabi,
Sukut kabi,
Besh hijoli vazn:
Nozik va tam-tam,
Hiyla tortinchoq,
Jimillar biram,
Inju taqinchoq,
Ko‘klam elchisi,
Tonglar kuychisi,
Jannatiy isi,
Samoviy tusi,
Yoshlikday suluv -
Binafsha-da shu.
(Mirtemir)
Olti hijoli vazn:
Go‘zallik qizlarda,
U qora ko‘zlarda,
Soz kabi so‘zlarda -
Deganlar yanglishar.
Go‘zallik bir guldir,
Muddati - fasldir.
Yashamoq - asldir,
Siz, biz bor - u yashar.
Go‘zallik ishlayish,
Manglayin terlatish,
Go‘zaldir ungan ish,
Maqtansa yarashar.
( G‘afur G‘ulom)
Yetti hijoli vazn:
Osmon uzilib tushdi...
Taqdirimni qoralab,
Men yuribman - osmonning
Parchalarin oralab.
Osmonning siniqlari
Qonatdi oyog‘imni.
Osmon uzilib tushdi -
Sarg‘aytdi siyog‘imni.
(Usmon Azim)
Sakkiz hijoli vazn:
Yurak, sensan mening sozim,
Tilimni nayga jo ‘r etding.
Ko‘zimga oyni berkitding,
Yurak, sensan ishqibozim.
Senga tor keldi bu ko‘krak,
Sevinching toshdi qirg‘oqdan.
Tilim charchar, ajab, gohi
Seni tarjima qilmoqdan.
(Usmon Nosir)
To‘qqiz hijoli vazn:
Na oltin, na javohir edim,
Armonli bir yosh shoir edim,
Zuhro bo‘lmasang-da husnda,
Men ishqingda naq Tohir edim.
(Mirtemir)
She’mi sevib o ‘qiyman, ammo
Hayron qilar bir holat meni.
“Men” deb yozar shoir doimo,
Kimdir o‘sha shoiming “men”i?
Goh muhandis ul, munajjim goh,
Goh o‘zini tolib deb atar.
Goh muallim, goh sohib dastgoh...
Kasbi ko‘pmi uning shu qadar?
(Erkin Vohidov)
Do'stlaringiz bilan baham: |