Markaziy Osiyo xalqlarining antropologik qiyofasi mil. avv. I ming yillikda shakllana boshlagan va
eramizning XIII asrdagi mo'g'ul istilosidan keyin tugagan. Antropologlarning ta'rificha, tub aholi
ikkita katta irq - yevropoid va mongoloid oralig'idagi bog'lovchi ko'prik vazifasini bajarib o'ziga xos
markaziy osiyolik maxsus antropologik tipni tashkil qilgan. Qadimiy yevropoid belgilar g'arbdan
sharqqa tomon ancha kam seziladi.
Mo'g'ul istilosidan keyin turkiy tili ta'siri ancha kuchaygan va XVII asrda butun Markaziy
Osiyoda (Tojikistondan tashqari) to'liq g'alaba qozongan. Bu davrning eng muhim tarixiy ahamiyati
shundan iboratki, Markaziy Osiyo xalqlarining etnik jihatdan shakllanish jarayoni tugallanadi.
Ammo ularning etnogenezi va etnik shakllanishi uzoq muddatda va ancha murakkab sharoitda ro'y
bergan. Buni to'g'ri tasavvur qilish uchun ayrim xalqlarning etnik tarixiga bir nazar tashlash
maqsadga muvofiq.
Markaziy Osiyoda odam paieolit davrida paydo bo'lib, mezolit (ayniqsa, neolit) davridan
boshlab butun mintaqaga tarqalgan. Qadimgi ibtidoiy ajdodlar ovchilik, baliqchilik va terimchilik
bilan shug'ullanganlar. Arxeologik tadqiqotlarga qaraganda, ular urug', jamoa bo'lib birgalikda ov
qilib tirikchilik o' tkazganlar, katta uylarda yashaganlar. Neolit makonlari Markaziy Osiyoning ko'p
joylaridan topilgan
27
.
Mil. avv. V ming yillikdan boshlab janubiy vohalarda eng qadimgi dehqonchilik madaniyati
paydo bo'ladi. I ming yillikka kelib chorvachilik dehqonchilikdan ajralib chiqib, ikki mustaqil
o'zaro bog'liq xo'jalik sohalarini tashkil etadi. Bu davrda vohalarda yuksak madaniyatga ega bo'lgan
Xorazm, So'g'd, Baqtriya, Marg'iyona kabi yirik davlatlar tuziladi.
Qadimgi Markaziy Osiyoning uzoq davr ichida turli qabila va elatlardan iborat ahmoniylar,
kushon, grek-baqtriya, turk xoqonli-gi, xorazmiylar va arab davlatlari hukmronligida bo'lishi uning
etnik zaminida chuqur iz qoldirgan. Ayniqsa, V asrlarda ko'plab paydo bo'lgan turkiy qabilalarning
ta'siri juda kuchli bo'ldi. Ular o'z tillarini singdirib bir necha asr davomida ko'pchilik aholini
turkiylashtirgan. Bu jarayon hatto arab istilosidan keyin ham davom etgan. Dastlabki turkiyzabon
gunn qabilalari mil. avv. I ming yillik oxirlarida kira boshlaganlar. O'sha davrlardayoq hozirgi
o'zbek, tojik, turkman xalqlarining ajdodlari ancha mustahkam etnik birikmalarni tashkil etgan. XIII
asrda bostirib kirib madaniy markazlarni talon-toroj qilgan mo'g'ullar ham, yuqorida qayd
qilinganidek, mahalliy aholining etnik tuzilishiga muayyan ta'sir o'tkazgan va turli-tuman xalq
elatlarning aralashib ketishiga sababchi bo'lgan. XVIII asrga kelib turkiylashish jarayoni tugaydi va
hozirgi Markaziy Osiyoning etnik qiyofasi to'liq shakllanadi. Mazkur jarayonni naqadar murakkab
ekanligini tasavvur qilish uchun ayrim xalqlarning qisqacha etnik tarixi bilan tanishib o'tish zarur.
Markaziy Osiyoning eng ko'p sonli va qadimiy xalqi hisoblan-gan o'zbeklar (1985-yilgi
aholi ro'yxatiga binoan 14,8 mln.ga yaqin) hozirgi O'zbekistonning asosiy aholisi (68,7%)
hisoblanadi. Tojikiston, Qirg'iziston, Qozog'iston va Turkmanistonda ham o'zbek jamoalari
istiqomat qiladilar. Afg'onistonda 1,3 mln.ga yaqin o'zbek, Xitoyning Sinszyan - Uyg'ur avtonom
hududida 20 ming, Eron va Turkiyada bir necha yuz ming o'zbeklar yashaydi. Umuman
O'zbekistonda o'tgan asr oxirlarida yuzdan ortiq millatdan iborat 16,2 mln.ga yaqin aholi mavjud
edi. Shulardan 10,8%i ruslar, 4,2%i tatarlar, 4%i qozoqlar, 3,9%i qoraqalpoqlar, l,l%i koreyslar va
hokazo. Oxirgi ma'lumotlarga binoan hozir O'zbekistonda aholi soni 25 mln.dan ortiq.
Do'stlaringiz bilan baham: