Antropologik jihatdan G'arbiy Osiyo xalqlari asosan, yevropoid irqiga oid. Ularga xos
belgilar: sochi va ko'zi qora, badani bug'doy rangli, burni o'rtacha, labi kichkina yoki bir oz
qalinroq. Ayrim old osiyolik yoki armanoid tipidagilar bosh suyagi va burnining kattaligi
(burgutsimon burunli), yuzi va badanining sermo'yligi bilan ajralib turadi
. Aksincha, o'rta dengiz
tipi yoki hind-pomir tipi kam mo'y, mayin yuzliligi va nozik labi, burnining kichikligi kabi belgilari
bilan farq qiladi. Birinchi, ya'ni Old Osiyo tipiga asosan, turklar, o'troq arablar, kurdlar, armanlar va
yahudiylar, ikkinchisiga, ya'ni hind-pomir tipiga Afg'oniston xalqlarining ko'pchiligi va qisman
eron aholisi, uchinchi - o'rta dengiz tipiga G'arbiy turklar va ko'chmanchi arablar kiradi. Ba'zi
etnoslar (xazoriylar, turk va arablar)da qisman mongoloid, ayrim guruhlar (Janubiy Arabiston
arablari)da negroid, Afg'oniston va Eron bragunlarida avstraloid belgilari seziladi.
Mazkur mintaqada joylashgan 12 ta Arab mamlakatlarida yashovchi xalqlar, qo'shni Isroil,
Turkiya va Erondagi arablar semit tillarida so'zlashadilar. Ammo adabiy va rasmiy davlat tilida
so'zlashadigan tiplar orasida farq bor, xalq ichida asosan, uch sheva (Suriya, Iroq va Araviya)
mavjud bo'lib fanda aniqlan-gan semit tipidagi G'arbiy Osiyo aholisining 30 foizini tashkil qiladi.
Eroniy tillarda forslar, pushtunlar, tojiklar, kurdlar, balujiylar, lurlar, baxtiyorlar, xazoriylar va
boshqa ayrim etnik guruhlar so'zlashadi. Ular butun aholining 40 foizga yaqin qismini tashkil etadi.
20 foizdan ortiq aholi turkiy til oilasiga mansub (turklar, ozarbayjonlar, o'zbeklar, turkmanlar,
qashqarlar va ayrim mayda guruhlar). Boshqa tillarda gapiradigan xalqlardan Kiprdagi greklar, ko'p
mamlakatlarda tarqoq holda joylashgan armanlar, gruzinlar, lazlar, hindlar va boshqa elatlar bar xil
til oilasiga mansub vakillardir. Ammo G'arbiy Osiyodagi hozirgi til turkumlarining bittasi ham
mahalliy tub tillarga kirmaydi, semit-xomit, hind-yevropa va turk tillari kirib kelgunga qadar bu
hududlarda uzoq 6'tmishda yo'qolib ketgan qadimgi davlatlarning tillari tarqalgan edi. Shulardan
tarixda ma'lumlari shumer, ela-mit, kassit, lo'libey, kaspiy, kavkaz tillariga yaqin bo'lgan hatti,
xurrit va urartu tillaridir. Semit-xomit tillari eramizdan avvalgi IV ming yilliklarda G'arbiy Osiyoga
Shimoliy Afrikadan kirib kelib mahalliy tillar bilan aralashib ketgan. Ular III-II ming yilliklarda
akkad tili va uning asosiy shevasi - bobil, ossuriya va oromey tillarida namoyon bo'ladi. O'sha
davrlarda Bolqon yarim oroli va Kavkaz tomonidan hind-yevropa tillari o'ta boshlaydi. Oromey tili
esa eramizning boshlarida butun G'arbiy Osiyogacha yetib borgan. Keyinchalik uning o'rniga arab
tili hukmronlik qilgan. O'rta asrlarda G'arbiy Osiyo xalqlarining etnik tarixida sharqdan kelgan turk
qabilalari muhim rol o'ynagan.
Mazkur tillarning paydo bo'lishi, tarqalishi va joylashuvi bilan mahalliy xalqlarning
etnogenezi va etnik tarixi bevosita bog'lanib ketgan. Yuqorida qayd qilganimizdek, G'arbiy Osiyo
jahonning eng qadimiy madaniyat o'choqlaridan biri bo'lgan. Falastinda mil. avv. IX-VIII ming
yilliklardayoq dehqonchilik va chorvachilik rivojlana boshlagan. Mesopatamiya va G'arbiy Eronda
mil. avv. IV-V ming yillar muqaddam irrigatsiya dehqonchiligi paydo bo'lgan Kichik Osiyo,
Shimoliy Mesopatamiya va qo'shni vohalarda o'sha davrlarda metallurgiya bo'lganligi aniqlangan.
Mil. avv. IX-I ming yilliklarda yuqori madaniyatli mulkdorlik davlatlari - Arman yassi tog'ligi va
Janubiy Kavkazortida, O'rartu, Mesopatamiyada, qadimgi Bobil podsholigi, G'arbiy Eronda Elam,
Kichik Osiyoda Xetta, Levantada Finikiya shahar-davlatlari, Janubi-g'arbiy Araviyada Mani ham
Saba va boshqa davlatlar paydo bo'lgan. Ularda monumental bino-korlik, badiiy hunarmandchilik,
yozuv, fan va adabiyot rivojlan-gan. Finikiyaliklar yaratgan alifbo hozirgi yozuv tizimlarining ne-
gizidir. Bu yerda eng qadimiy monoteistik dinlar: nasroniy, iudaizm va islom shakllangan. O'rta
asrlarda ham yuksak madaniyat yaratgan arab, xorazmiylar, saljuqiy va g'aznaviylar kabi yirik
davlatlar hukmronlik qilgan.
Mazkur davlatlarda turli elat va xalqlar yashagan, xilma-xil etnoslarning almashinib-
aralashishi jarayoni to'xtovsiz davom etib turgan. Mil.avv. I ming yilliklarda paydo bo'lgan hind-
yevropa tillaridagi xalqlar G'arbiy Osiyoning ancha qismini bosib olib Midiya, Eron, keyinroq
Parfiya va Baqtriya kabi qudratli despotik davlatlarni yaratganlar. Bu davlatlarda yashagan mahalliy
elatlar bilan kelgindi etnoslarning aralashib ketishi oqibatida ko'pchilik eroniy tillardagi hozirgi
o'troq xalqlar (forslar, gilyonlar, mozandaronlar, qisman pushtunlar va tojiklar) va ko'chmanchi
elatlar (pushtunlarning bir qismi, kurdlar, lurlar, baxtiyorlar va hokazo) shakllangan. Mahalliy aholi
bilan VII-VIII asrlarda kirib kelgan arablarning aralashuvidan hozirgi arab millati paydo bo'lgan.
XI-XII asrlarda Kichik Osiyoga bostirib kirgan saljuqiylar mahalliy elatlarni turkiylashtirib hozirgi
turklar, ozarbayjonlar va boshqa turkiy xalqlarning shakllanishiga asos solganlar. Ba'zan bu tabiiy
jarayon sun'iy ravishda zo'rma-zo'rakilik yo'li bilan amalga oshirilgan. Masalan, XVI asrlarda
Eronga zo'rlik bilan armanlar va gruzinlar ko'chirilgan. XVIII asrlarda kurdlarni Xurosonga va bir
qismini Markaziy Anatoliyga ko'chishga majbur qilganlar. O'sha davrda qasd olish siyosatini
amalga oshirgan Turkiya davlati muntazam ravishda arman va aysorlarni qirib turgan. 1948-yili
Isroil davlati paydo bo'lgandan keyin bir millionga yaqin arablar zo'rlik bilan o'z hududlaridan
haydalib (xususan falastinliklar) qo'shni yurtlarga ko'chib ketgan, ularning o'rniga taxminan
shuncha yahudiylar turli mamlakatlardan ko'chib kelgan.
Hozirgi G'arbiy Osiyo xalqlarining ko'pchiligi sotsial-iqtisodiy jihatdan turli darajada tursa
ham, tili va irqiy jihatdan farqlansa ham uzoq tarixiy davr ichida o'zaro yaqin munosabatda bo'lib,
bir-birlariga o'tkazgan ta'siri natijasida madaniy-maishiy jihatdan umumiy xususiyatlarga ega bo'lib
qolishgan. Etnik tuzilishi jihatidan Turkiya aholisi nisbatan ancha bir xil, uning 87 foiz, ya'ni 35
mln.dan ortig'i turklar 4 mln. kurdlar, qolgani mayda elatlar (yuryuklar, arablar, lazlar, gruzinlar,
armanlar, adigeylar, turkmanlar, greklar va boshqalar)dir.
Mintaqada eng ko'p millatli mamlakatlar Eron va Afg'oniston hisoblanadi. Masalan, Eronda
eroniy tillarda (butun aholining 75 foiz) forslar 13,5 mln., kurdlar 2,5 mln., gilyonlar 1,6 mln.,
mozandaronliklar 1,2 mln., lurlar 0,8 mln., baxtiyorlar yarim mln., qolganlari balujiylar, talishlar,
tatlar, xazoriylar, jamshidlar, afg'onlar, tojiklar; turkiy tillarda so'zlashadigan aholining 20 % dan
ortig'i ozarbayjonlar — 5 mln., qolganlari bir necha yuz va o'n mingdan ortiq turkmanlar,
qashqarlar, kajarlar, shoxsevanlar, qorapapoxlar, xorasanlar, bajorli, aynolu kabi elatlardir. Mahalliy
statistik ma'lumotlarga binoan Eronda 40 dan ortiq turli xalqlar yashaydi. Tub aholi hisoblangan
forslar butun aholining yarmidan kamini tashkil etadi. Afg'onistonda esa 30 ga yaqin xalq istiqomat
qiladi. Mamlakatning janubiy va shimoli-sharqiy qismida eroniy tillarda so'zlashadigan, shimoli-
g'arbida turkiy tillarda so'zlashuv-chi xalqlar yashaydi. Mamlakatda birinchi marta o'tkazilgan
1979-yilgi aholi ro'yxatiga binoan Afg'oniston aholisi 15,5 mln.dan ortgan. Shulardan taxminan 55
% aholisi asli afg'on(pushtun)lar, 19 % i tojiklar, 9 % i o'zbeklar (asosan, shimoliy qismida), 8 % i
xazariylar, 4 % i choraymoqlar, 3 % i turkmanlar, qolgan 2 % i boshqa elatlar va etnik guruhlardan
(belujiylar, nuristonliklar, forslar, kurdlar. bragu-ilar, qirg'izlar va hokazo). Ayrim etnoslarda
qabilaviy tuzum tartib-lari saqlangan. Ularning eng yirik qabila va qabilaviy birikmalari-dan
durdoni (XVIII asrgacha abdali deb atalgan), gilzoi, momand, shinvon, xugani, vardagi, dzadzi,
mangal, xostval, kakar va hokazo. Taxminan 20
%
aholisi hozirgacha ko'chmanchi va yarim
ko'chmanchi holda yashaydi.
Arab mamlakatlarining ko'p millatli hisoblangan Livan, Suriya va Iroq davlatlarida arablar
butun aholining 80-90 foizini tashkil qiladi. Livanda arablardan tashqari armanlar (100 ming),
kurdlar (15 ming), greklar, turklar, forslar va cherkeslar, Suriyada kurdlar (300 ming), armanlar
(135 ming), assiriyaliklar, turkmanlar, turklar va cherkeslar yashaydi. 80 foiz arab xalqiga ega
bo'lgan Iroqda 18 foiz kurdlar, qolgani forslar, assiriyaliklar, turklar. armanlar, turkmanlar va
boshqa elatlardir.
G'arbiy Osiyo mamlakatlarining barchasi agrar xo'jalikka ega bo'lib, sun'iy sug'orish
dehqonchiligiga asoslangan, sanoat kam ri-vojlangan. Tabiati qurg'oq, yog'ingarchilik kam
bo'lganligi tufayli dalalari qadimdan kanal va ariqlar, suv omborlari qurilgan, dashtu biyobonlar
chig'ir va karizlar orqali sug'orilgan. Tog'li joylarda lalmikor dehqonchilik mavjud. Ishlab chiqarish
qurollandan butun mintaqaga tarqalgan oddiy temir tishli omoch (yerni 8-10 sm chu-qurlikda
ag'daradigan), mola, ketmon, belkurak va o'roq keng tarqalgan. Xirmonga maxsus g'alla
yanchadigan shoxi kaltak yoki molni tepkilatib don yig'ilgan, qo'l tegirmoni yoki xarozda un
chiqarilgan. Ko'pchilik dehqon xo'jaliklari qo'l mehnatiga asoslangan, hozirgacha texnika juda kam
ishlatiladi.
Arab mamlakatlarida asosan, bug'doy, arpa, paxta, zig'ir, yasmiq, poliz va sitrus ekinlari va
bog'dorchilik muhim o'rinni egallaydi. Turkiyada qishloq xo'jaligining yetakchi sohasi
g'allachilikdir. Bu yerda bahorgi ekinlar keng tarqalgan, chunki sun'iy sug'orish butun haydaladigan
yerlarning o'ndan bir qismini tashkil qiladi. Mavjud ekin maydonining 15 % ida texnik ekinlar -
paxta (yiliga 0,5 mln. tonna), tamaki, qand lavlagi yetishtiriladi. Eronda ekiladigan may-donning 70
% iga don ekinlari (bug'doy, arpa va sholi) ekiladi, qolgani paxta, qand lavlagi, choy, tamaki va
bog'dorchilik bilan band. Af-g'oniston sug'orma dehqonchilik mamlakati bo'lib, aholisining 70 foizi
qishloq xo'jaligi bilan shug'ullanadi. Bu yerda texnik ekinlardan yaxshi hosil olinadi, bog'dorchilik
yaxshi rivojlangan bo'lib, bundan tashqari bug'doy, qand lavlagi, paxta, sholi, arpa, sabzavot va
poliz ekinlari ekiladi. Arab mamlakatlarida sitrus ekinlari keng tarqalgan. Masalan, Iroq jahonda
xurmo eksportining 80 % ini yetkazib bergan. Bu sohada jahonda 4-o'rinda turgan Saudiya
Arabistonida 70 ga yaqin xurmo turi mavjud bo'lib, ulardan har yili 250 ming tonna hosil olinadi.
Ekiladigan maydonning 75% i xurmo daraxtlari bilan band. Sohil bo'yida yashovchi aholi
baliqchilik bilan ham shug'ullanadi.
G'arbiy Osiyo xalqlarining xo'jaligida chorvachilik muhim o'rinni egallaydi va bu xo'jalik
turli ko'rinishga ega: ko'chmanchi, yarim ko'chmanchi, yarim o'troq va o'troq. Chorvachilik bilan
asosan, arab xalqlari, qisman pushtunlar, yarim ko'chmanchi turkiy elatlar, kurdlar, Erondagi va
Afg'onistondagi ayrim qabilalar shu-g'ullanadilar. Eronda yashovchi 3-4 mln., Afg'onistondagi 4
mln. ko'chmanchi va yarim ko'chmanchi elatlar asosan, chorvachilik bilan kun kechiradilar.
Ko'chmanchi qabilalar, ayniqsa, arab badaviylari tuya, qo'y, echki va ot boqadilar. Masalan,
Saudiya Arabistonida badaviylar asosan, tuyakashlik va otlarning maxsus arab turini parvarish
qilish bilan mashg'ul. Mamlakatda hozirgacha 300 mingdan ortiq tuya, 535 mln. qo'y va echki
mavjud. Yaqin davrlargacha 500 mingga yaqin tuya bo'lib, har yili Shimoliy Naja-da 15 ming bosh
tuya savdo qilingan. Ko'chmanchi qabilalar yilda bir necha marta faslga qarab ko'chib yuradilar:
jazirama issiq oylari daryo bo'ylarida, qishda sahroda, bahorga kelib vohaga joylashadilar. Yarim
ko'chmanchi arab, turk, eron, afg'on qabilalari asosan, mayda mol, echki, qo'y va qisman tuya, ot,
eshak boqadilar. O'troq aholi yirik shoxli molni sut-yog'i va go'shti uchun boqadilar, qisman
parranda ham saqlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |