P= m•v P= 1 kg•1 m/s=kg•m/s
Kuch impulsi va jism impulsi orasidagi bog`lanishni ko`rib o`taylik. Faraz qilaylik m massali jism v0 tezlik bilan harakatlansin. Keyin bu jism t vaqt davomida boshqa jism bilan F kuch bilan o`zaro ta’sirlashsin. Bu o`zaro ta’sir jarayonida jism quyidagi tezlanish bilan harakatlansin:
Biroq Nyutonning ikkinchi qonuni bo`yicha:
Yoki F•t mv-m0 v0
F•t- kuch impulsi
m0- jismning o`zaro ta’sirlashguncha impulsi
m- o`zaro ta’sirdan keyingi impulsi
mv-m0 v0 – o`zaro tasir natijasida impulsni o`zgarishi
Faraz qilaylik izolyatsiyalangan sistema boshlang`ich paytda tanlangan sanoq sistemasida mos ravishda v0 va u0 tezliklarga ega bo`lgan m va M massali o`zaro ta’sirlashuvchi ikkita jismdan iborat. Biror t vaqt oraliqlardan so`ng ularning tezliklari o`zaro tasirlashish natijasida v va u ga o`zgaradi.
Nyutonning uchinchi qonuniga ko`ra jismlar modullari bo`yicha teng va yo`nalishlari bo`yicha qarama- qarshi kuchlar bilan o`zaro ta’sirlashadi.
F1 = F2
Bu kuchlar impuls orqali yozilgan Nyutonning Ikkinchi qonuni bo`yich ifodalaymiz:
F1=ma=
F2=ma=
F1=F2 bo`lgani uchun
Yoki mv-mv0=Mu-Mu0
Mu0+mv0=mv+Mu
Yopiq sistemaga kiruvchi jismlar impulsining vector yig`indisi bu sistema jismlari bir birlari bilan har qanday o`zaro ta’sirida doimiy qoladi.
Yopiq sistema deb hisoblash mumkin bo`lgan jismlar sistemasi bilan biz tabiatda va texnikada doimo duch kelamiz. Bunday sistemalar: miltiq va stvoldagi o`q to`p va snaryad, raketa qobig`i va uning yoqilg`I, quyosh sayyoralar yer va uning yo`ldoshi. O`zaro ta’sir kuchlari tasirida sistema jismlaridan birining impulsi o`zgarsa albatta boshqa jismlarning impulslari o`zgaradi, lekin bunda doimo hamma jismlarning umumiy impulsi o`zgarmay qoladi.
Impuls saqlanish qonunining amaldagi qo`llanilishi reaktiv harakatni misol qilib olish mumkin. Jismning biror qismi undan qandaydir tezlik bilan ajralganda paydo bo`ladigan harakat reaktiv harakat deb ataladi. Reaktiv harakatni hosil qiluvchi kuchga orqaga itarish kuchi yoki reaktiv kuch deyiladi. Reaktiv kuchning tipik misoli raketalar harakatidir.
Raketa o`zaro ta’sirlashuvchi ikki jism sistemasidr. Raketaning 1- bosh qismida foydali yuk joylashtiriladi. Bular zaryad ilmiy asboblar yoki kosmanavtlar bo`lishi mumkin. Raketaning 2-qismida yoqilg`i va turli xil boshqarish jihozlari turishi mumkin. Yoqilg`i 3 yonish kamerasiga beriladi va u yerda yuksak haroratli va yuksak bosimli gazga aylantiriladi. Reaktiv soplo deb ataladigan 4 nasadka orqali gaz tashqariga chiqarilib, reaktiv oqim hosil qiladi. Soplo oqimining tezligini oshiradi. Yonish kamerasidagi gaz va raketani tashkil etgan boshqa narsalar o`zaro ta’sirlashuvchi ikki jism sistemasidir.
II.2.Energiyaning ko’rinishini uzgarishi jismga kuch ta’siri natijasidir va ish bajarilishi bilan bog’liqdir. Allomalar ta’kidlaganidek "Ish - miqdoriy jihatdan harakat formasini O`zgarishini xarakterlaydi". Demak, ish harakatni bir jismdan ikkinchi jismga uzatish o’lchovidir yoki energiyani bir jismdan boshqa jismga o’tish o’lchovidir.
Aytaylik, jismga F doimiy kuch ta’sir etsin va natijada jism S masofaga ko’chsin. U holda bu kuchning ishi
A=Fs • S = F • S cosα (1) bo’ladi.
Demak, F doimiy kuchning bajargan ishi shu kuchni ko’chish yo’nalishiga proektsiyasi, Fs ni ko’chish moduli S ga ko’paytmasiga teng ekan. α - kuch F bilan ko’chish S orasidagi burchak. Agar
F = 1 N, S = 1m bo’lsa
[A] = 1 N • 1 m = 1 J
Quyidagi hollar mavjud bo’lishi mumkin :
1. α< 90, cos α> 0 bo’lib A>0 bo’ladi
2. α = 90, cos α = 0 bo’lib A=0 bo’ladi
3. α> 90, cos α< 0 bo’lib A<0 bo’ladi
4. α = 0, cos α = 1 bo’lib A=F•S bo’ladi
Umumiy holda jismga ta’sir etuvchi kuch F ham, ko’chish S o’zgaruvchan bo’lishi m umkin. Bunday holda dS ko’chish elementidan elementar ish hisoblanadi va summasi olinadi.
dA= Fs • dS.
Bu ishlarni yig’indisi
Bo’lib u shu egri chiziq ostidagi yuzaga tengdir.
Masalalarga namuna:
Jismga gorizantga nisbatan 60o ostida 150 N kuch qo’yilgan. Shu kuch natijasida 600 j ish bajarilgan bo’lsa. Jisim necha metr masofaga ko’chgan?
Yechilishi:
Berilishi:
α = 60o
A = 600 j
F = 150 N
L = ?
|
Formulasi:
A=F*L*cosα
L =
|
Yechilishi:
L = = 8
L = = = m
Javob: 8 m.
|
Agar jismga ta’sir etuvchi kuchni ishi jismni boshlangich va oxirgi holatlarigagina bog’liq bo’lsa, bunday kuchlar konservativ (potentsial) kuchlar deb ataladi. Bunday kuchning ishi jismni boshlangich va keyingi holatlari orasidagi traektoriyaga va jismni harakatlanishi qonuniga bog’liq emasdir :
A 1a2 = A 1b2 = A 12
A 1a2 - potentsial kuchning jismni 1 → a → 2 traektoriya bo’yicha, A 1b2 esa 1→b→2 traektoriya bo’yicha ko’chgandagi ishlaridir.
Jismni harakat yo’nalishini o’zgarishi potentsial kuchning belgisini qarama-qarshi yo’nalishiga o’zgarishiga va ishni ham belgisini o’zgarishiga olib keladi :
A 2b1 = - A 1b2
Shuning uchun potentsial kuchning 1a 2b 1 berk kontur bo’yicha bajargan ishi nolga teng bo’ladi
A1a2b1 = A1a2 + A2b1 = A1a2 - A1b2 = 0 (3)
Demak 1 va 2 holatlar ixtiyoriy bo’lsa ham (3) xulosaga kelinadi.
Shunday qilib potentsial kuchning jismni ixtiyoriy berk traektoriya (S) bo’yicha ko’chirishda bajargan ishi nolga teng bo’ladi :
Elastiklik kuchlari, gravitatsion (tortishish) kuchlar va boshqa markaziy kuchlar potentsial (konservativ) kuchlardir.
Bajargan ishi yo’lga bog’liq bo’lgan kuchlar nokonservativ kuchlar bo’ladi : m-n, ishqalanish kuchlari, qarshilik kuchlari. Ularning ishlari yo’lni ixtiyoriy qismida manfiy bo’ladi va nolga teng bo’lmaydi.
Quvvat- kuchning birlik vaqtda bajargan ishidir.
Agar
A = 1J, t = 1c bo’lsa, [N] = 1J / 1s = 1 W bo’ladi.
Masalalarga namuna:
Jismga gorizantga nisbatan 60o ostida 150 N kuch qo’yilgan. Shu kuch natijasida 10 s da 50 m metr masofaga ko’chgan. Jisimning quvvati qanday?
Yechilishi:
Berilishi:
α = 60o
L = 50 m
F = 150 N
t = 10 s
A = ?
N = ?
|
Formulasi:
A=F*L*cosα
N =
|
Yechilishi:
A=150 * 50 * 0.5=3750
N = = 375
N = =
Javob: 375 w.
|
II.3.Mexanik energiya ikki xil bo’ladi: Kinetik va potensial energiyalar. Jismning yoki jismlar sistemasining to’liq energiyasi shu ikki tur energiyaning yig’indisidan iboratdir. Jismning energiyasi uning ish bajara olish qobiliyatini xarakterlaydi. Boshqacha aytganda ish jismning energiyasini bir turdan ikkinchisiga o’tishda o’zgarishini miqdoriy o’lchovidir.
a) Kinetik energiya - kuch ta’sirida harakatlanayotgan jismning energiyasidir. Kinetik energiyani o’zgarishi bilan jismni tezligini v1 dan v2 gacha o’zgartuvchi kuchning ishi orasidagi bog’lanishni topaylik.
Integrallasak
Bu yerda Wk = mv2 / 2 (4) jismni kinetik energiyasining matematik ifodasidir.
Demak, A = W2k - W1k bo’lib natijali kuchning ishi jismning kinetik energiyasini o’zgarishiga teng bo’ladi : dA = dWk (5)
Wk = mv2 / 2 • m / m = m2 v2 / 2m deb yozish mumkin yoki Wk=P2/2m bo’ladi.
Demak, W ~ A ~ P mutanosiblik o’rinli bo’ladi.
Jismni kinetik energiyasi jism to’la to’xtaguncha bajargan ishiga teng : Wk ≥ 0
b) O’zaro ta’sirlashuvchi jismlarning yoki bir jism qismlarining joylanishlariga bog’liq bo’lgan energiya potensial energiya deyiladi. Potentsial energiya kuch maydonlarini mavjudligi bilan uzviy bog’langandir. Agar sistemaning holati faqat konservativ kuchlar ta’sirida o’zgarsa u holda ish sistemaning boshlang’ich va oxirgi holatiga bog’liq bo’ladi, yoki ish sistemani potentsial energiyasini o’zgarishi bilan aniqlanadi.
Demak, konservativ kuchlarning ishi potentsial energiyani kamayishiga tengdir. Bu xulosa elementar ish uchun
dA = - dWp
Potentsial energiyani juda aniq hisoblash mumkin, shuning uchun har bir holda sistemani eng kam potensial energiyali (hattoki Wp= 0) holati tanlab olinadi va bunga nisbatan boshqa ikkinchi holatdagi potentsial energiya hisoblanadi.
Demak, potentsial energiya sistemani aniq bir holatdan ikkinchi (masalan, nolinchi) holatga o’tishida konservativ kuchlarning bajargan ishiga tengdir. Masalan: m massali jism Yerda h ga ko’tarilsa, W1p=A1→2=mgh bo’ladi.
Potentsial energiyani hisoblashni universal formulasi yuq. Har bir holda jismlarning o’zaro joylashuvi va o’zaro ta’sir xarakat Yerini hisobga olish kerak. Masalan, jismga elastik kuchlar ta’sir qilganda
Wp = k • Δl2 / 2; jism tortishish maydonida h arakatlanganda
Wp = - γ •M m / r
energiyaga ega bo’ladi.
Jismlar orasidagi aloqa kuchlari (tortishish, elektr kuchlari) ning potensial energiyasini hisoblashda nolinchi sathini shunday tanlab olish qabul qilinganki, bunda ular orasidagi masofa r = ∞ da Wp = 0 bo’ladi
Bunda itarishuvchi kuchlarni potensial energiyasi doimo musbat bo’ladi. (Jismlar bir-biridan uzoqlashishsa A>0 bo’lib, Wp - potensial energiya r →∞ da nolgacha kamayadi). Agar jismlar bir-biriga tortilsalar Wp manfiy ( r →∞ da W nolgacha ko’payadi).
Jismni to’la energiyasi
W = Wk + Wp (6)
Bo’lib, u moddiy maydondan alohida mavjud bo’lmaydi.
Masalalarga namuna:
5 kg massali jismga tezligi 20 m/s bo’sa, kiniteik energiyasi qanday?
Yechilishi:
Berilishi:
m = 5 kg
v = 20 m/s
Ek = ?
|
Formulasi:
Ek=
|
Yechilishi:
Ek=
Ek= = j
Javob: 1 kj.
|
Masalalarga namuna:
10 kg massaga ega jisim yer yuzidan 8 m yuqorida muallaq turibdi. Jisimning potensianal energiyasi qanday?
Yechilishi:
Berilishi:
m = 10 kg
h = 8 m
g = 9.81 m/s2 10 m/s2
Ep = ?
|
Formulasi:
Ep = mgh
|
Yechilishi:
Ep = 10 * 10 * 8 =800
Ep = kg * m/s2* m = j
Javob: 800 j.
|
Energiyani saqlanish qonuni - juda ko’p eksperimental tajribalarning umumlashgan natijasidir. Bu goya materiya va harakatning saqlanish qonunini taklif qilgan Lomonosovga tegishli bo’lib, uning miqdoriy ifodasi R.Mayer, G.Gelgmgolslar tomonidan topilgan.
Berk sistema (jismlariga hech qanday tashqi kuchlar ta’sir etmaydigan sistema) massalari m1, m2, . . . mn tezliklari v1, v2, . . . vn bo’lgan moddiy nuqtalardan tashkil topgan bo’lsin. Ular orasidagi o’zaro ta’sir konservativ kuchlar f1, f2, . . . fn bo’lsin. Faqat konservativ kuchlar ta’siri ostida bo’lgan sistemalar konservativ sistemalar deb ataladi. F tashqi kuch ham konservativdir.
Nyutonning II qonuniga binoan har bir moddiy nuqtani harakat tenglamasi
Shuning uchun moddiy nuqtalarni har biri dt vaqt ichida dS 1, dS 2 , ... dS n elementar ko’chishga ega bo’ladi. U holda
Bu yerda V= dS / dt ekanini hisobga olsak
Bu yerda : 1)MNlarning kinetik energiyasi
2) sistemadagi konservativ kuchlarning dSi ko’chishda bajargan ishi esa
3) Uchinchi ifoda ∑ Fi dS = dA tashqi kuchning ishi.
Shuning uchun
dWk + dWp = dA
Bundan A = W = Wk + Wp = const (7) kelib chiqadi.
Bu mexanik energiyaning saqlanish qonunidir, ya’ni oralarida faqat konservativ kuchlar ta’sir etadigan jismlarning berk sistemasini to’la mexanik energiyasi o’zgarmaydi. Demak, konservativ sistemalarda mexanik energiya boshqa turdagi (issiqlik, elektr, yorug’lik va h.k.) energiyalarga aylanmasdan balki bir ko’rinishdan ikkinchi ko’rinishga (Wk → Wp ) aylanadi.
Shuning uchun (7) ni energiyani aylanish va saqlanish qonuni deb ham aytiladi.
II.4Quyidagi rasmda erkin tushayotgan jism to’liq mexanik energiyasining saqlanishi, kinetik va potensial energiyalarining bir-biriga aylanishi ko’rsatilgan1
Tabiatda nokonservativ sistemalar ham mavjuddir. Moddiy nuqtalari yoki jismlari orasida nokonsYervativ kuchlar (masalan : ishqalanish kuchlari) ta’siri seziladigan sistemalarni mexanik energiyasi kamaya boradi, ya’ni u boshqa turdagi energiyaga aylanadi. Bu prosess energiyani dissipatsiyasi (yoki sochilishi) deyiladi. Umuman olganda hamma real sistemalar dissipativ sistemalar ko’rinishida bo’ladi.
dA = dAtash + dAdis = d(Wk + Wp)
VI. Mexanik sistemaning muvozanatlik shartlarini ko’rishda shu sistema masalan, MN, bir o’lchovli harakatda bo’lsin deb qaraladi. Demak bunda MN potentsial energiyasi faqat bitta o’zgaruvchi (x koordinata) ni funksiyasi ko’rinishida bo’ladi : Wp = Wp (x)
Potentsial energiyani argument x ga bog’likliq grafigi "potentsial egri chizig’i" deyiladi.
Konservativ sistemalar uchun ba’zi misollarni ko’raylik .
1. M massali jism Yerdan h balandlikka ko’tarilsa potentsial energiya Wp(h) = mgh bo’lib, uni grafigi to’g’ri chiziqdan iborat. Agar jismni to’lik energiyasi W bo’lsa u holda kinetik energiya
Wk = W - Wp bo’lib h = hmax , da 0 ga teng bo’ladi va bunda Wp=W=mgh. Shuning uchun
yoki
2.Elastik deformatsiyalangan jism (masalan, t ebranayotgan prujina) energiyasi
ni grafigi parabola ko’rinishida bo’ladi. Deformatsiya kattaligi Δl qancha ortsa Wp ( Δl ) ham ko’payadi. W to’g’ri chiziqli sistemaning to’liq energiyasi bo’lib, u Δl abssissaga paralelldir. Grafikdan ko’rinadiki Δl ortsa Wp ko’payib, Wk kamayadi va Δlmax da Wk = 0 bo’lib , Wp = W bo’ladi. U holda
- Δlmax<Δl<Δlmax oraliqda jism potentsial chuqurlikda bo’ladi, ko’pincha uni "potentsial uya" deb ataladi. Wp ≈ 0 yoki Wp eng minimum bo’lgan holatda jism muvozanatlikda bo’ladi.
0>
Do'stlaringiz bilan baham: |