1. AFG’ONISTON MILLIY DAVLATINING TASHKIL TOPISHI. XVII asrning ikkinchi choragidan boshlab Afg’oniston Boboriylar sulolasi hukumronlik qilayotgan hindiston davlati tarkibiga kirar edi. Hirot va Sandahor esa safaiylar sulolasiga qarashli Eronning mulklariga aylangan edi.
XVIII asr boshlarida Boburiylar imperiyasi parchalanib ketayotgan bir paytda afg’onlarning ko’chmanchi ikki qabilasi gizoiylar va durroniylar safaviylarga qarshi urush boshladilar. 1722 yilda bu qabilalar Janubiy- Sharqiy Eronga bostirib kirib safaviylarni taxtdan ag’dardilar. 1736 yilda Turkmanlarning afshor qabilasidan bo’lgan Nodirqul “Nodirshoh” nomi bilan Eron taxtiga o’tirdi va 1738 yili Afg’on qabilalarini Erondan haydab chiqarishga muvaffaq bo’ldi. Nodirshoh o’z qo’shinlari safini Afg’onistonda yangi kuch (otryad) lar bilan to’ldirib Hindistonga yurish uyushtirdi. 1747 yil nodirshoh qatl etilgandan so’ng , uning imperiyasi inqirozga yuz tutib , parchalanib keta boshladi.
1747 yilda Afg’oniston tarixida birinchi marta milliy mustaqil davlat vujudga keldi. Mazkur davlatning asoschisi durroniylar qabilsining yo’lboshchisi , iste’dodli harbiy qo’mondon Ahmadshoh bo’ldi. Bu davlat tarkibida Afg’onistondan tashqari Xuroson 1748-1761 yillarda bosib olingan Kashmir , Sind va Panjob kiradi.
1773 yili Ahmadshoh Durroniy vafot etgach, uning taxt vorisi , o’g’li Temur va nevarasi Zamon hukumronligi davrida Afg’on davlatining tushkunlikka yuz tutishi boshlandi.
XIX asr boshida o’zaro urushlar va dehqonlar qo’zg’alonlari natijasida Afg’oniston davlati ancha zaiflashdi. Bu paytda mamalakatni Ahmadshohning nevaralaridan biri Shujoumulkelliklar kirib kela boshladilar. Ingliz- rus arqobati ham mamalakat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
AFG’ONISTONNING XORIJIY DAVLATLAR BILAN MUNOSABATLARI. 1800 yil so’ngida rus podshohi Pavel I napaleonga maktub bildirdi. Napaleon ham bunga javoban o’zining Hindistonga yurishini O’rta Osiyo orqali , quruqlikdan o’tish haqidagi rejalarini ma’lum qildi. Bu rejaga ko’ra fransuz-rus qo’shinlari Afg’oniston yerlaridan o’tib, Hindistoga hujum qilish lozim edi.
Ammo 1801 yilda rus podshohi Pavel I ning o’ldirilishi va uning o’rniga taxtga o’tirgan Aleksandr I ning tutgan siyosati tufayli bu rejalar amalgam oshmay qoldi. Aleksandr I Napaleon bilan Til’zitda uchrashgandan keyin (1807 yil) bu masala yana ko’tarildi. 1808 yilda napoleon Eronga geniral Gordonni jo’natdi. Bundan hadiksiragan ingliz maxsus missiya yuborildi. 1809 yili yozida (17 iyul) Ingliz va Afg’on hukumatlari Napaleonga qarshi o’zaro hamkorlik to’g’risida shartnoma imzoladilar
“ Doimiy tinchlik va do’stlik to’g’risida” gi bu o’ziga xos bitimni tasdiqlagan Afg’oniston hukumdori Shujoumulk keyinchalik tarix taqozosi bilan mamlakatdan quvildi va “Ost-Ind” komissiyasidan panoh topdi.
Bu davrda taxti uchun kurash olib brogan hukumdor orasida Do’stmuhammadhon o’z idorasi , tadbirkorligi va jasurligi bilan
shuhrat qozondi. Qobul amri Do’stmuhammadhon (1826-1863) Uzoq kurashdan so’ng , ikkinchi bora 1826 yili Qobulni qo’lga kiritdi va shu yili Afg’on amiri tojini kiydi.
Ingliz mustamlakachilari Do’stmuhammadhon davlatiga qarshi sikxlarni, so’ngra Eronliklarni gij- gijladi. Lekin,shunga qaramay Do’stmuhammadhon Afg’on yerlarini katta qismini o’z amirligiga qo’shib olishga muvaffaq bo’ldi.