Tayanch tushunchalar:
Avstriya - Vengriya iqtisodiyoti. Sanoat yiriklashuvi. Chexiya sano-ati. Monopoliyalar. Banklar. Chet el sarmoyalari . Liberal partiya. Vatikan konkardati . Kuriyalar. Milliy ziddiyatlar. Chexiyada milliy kurash . Vengriyada siyosiy kurash . Slavyan xalqlari ozodlik harakati. Gabusburglar monarxiyasi . Xalqlar zindoni. " Uch imperator ittifoqi". Reyxshtad bitimi. Bosniya , Gersogovina anneksiyasi. Reaksiyon siyosat. Uchlar ittifoqi. Iqtisodiy krizis . Jahon urushining tayyorlanishi . Urushga bahona .
XIX asrning oxirida Avstriya - Vengriya iqtisodiyoti va XX asr boshida sanoat yirilashuvi va o’sishi
Gabsburglar sulolasi Avstriyada XIII asr ( 1282 yil ) dan beri hukmronlik qilgan . Bu davrda Avstriyaga Chexiya va g’arbiy Vengriya qaram edi. XVIII asrga kelib butun Vengriya , Transilvaniya, Xorvatiya, Banot, Slavakiya , Bosniya , Buxavina , va Polshaning bir qismi bosib olindi. XVIII asr oxirida Avstriya inqilobiy Fransiyaga qarshi kurashdi.
1804 yilda Frans II o’zini Avstriya imperatori deb e'lon qilgan. Napaleonga qarshi koalitsiyalarda qatnashdi , ammo yengildi.( 1809 yil Vagram ) va Triset, Istriya , Kraynya Slovakiya Gabsburgdan ajraldi. Hatto Frans II qizi Mariya - Luizani Napolionga berishga majbur bo’ldi. ( 1810) va 1812 yil Fransiya bilan bitm tuzdi. Napoleonning mag'lubiyatidan so’ng Avstriya yanada kuchayib ketdi. Oldingi yerlarini qaytarib oldi.
1848 1849 yillar inqilobi davrida Gabsburglar monarxiyasi o’z qudratini saqlab qoldi. Milliy masala hal etilmadi. Inqilob yengildi. 1867 yilda avstriya hukmron doiralari Vengr pomeshchiklari bilan bitim tuzib ( Vengriyaga mustaqillik berib ) dualistik Avstriya - Vengriya konstitutsionmonarxik byurokratik davlatini tashkii etdi. Avstriya hukmdori endi Avstriya- Vengriyaning imperatori bo’lib qoidi. 1879 yilda Avstriya Vengriya , Germaniya ittifoqi, 1882 yil " Uchlar ittifoqi" ( Avstriya- Vengriya , Germaniya , Italiya ) tuzildi. Bu shartnomalar avvalo Rossiya va Fransiyaga qarshi tuzilgan edi.
XIX asrning 60 -70- yillarida Avstriya -Vengriya Yevropadagi eng qoloq mamlakatlardan biri edi. Feoda! ishlab chiqarish munosabatlari hukmronligi sanoat taraqqiyotini sekinlashtirdi . XIX srning 90 -yillarida ham hali agrar davlatligicha qolgan , aholining 2 \ 3 qismi qishloqlarda yashar, dehqonlar ustidan pomeshchiklar hukmronligi saq-lanib qolgan edi . Avstriya -Vengriyaning turli hududlarida rivojlanish turlicha bordi . Masalan, Chexiya bilan Qo’yi Avstriya sanoati ko’proq rivojlangan bo’lsa , Galitsiya , Bukovina va boshqa hududlarda rivojla-nish sust kechdi. 70 -90 -yillarda Chexiyada cho’yan eritish yuqori o’rinda turdi . Imperiyada olingan cho’yanning 86% I Chexiyaga to'g'ri kelardi, temir yol qurilishi tezlashdi . Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoat tarmoqlari: laviagidan , qand ishlash , vino qaynatish , pivo pishirish tarmoqlari mamlakat iqtisodiyotida katta rol o’ynardi . Chexiya imperiya to’qimachitik sanoatining markazi edi. Mamlakatda 134 ta yirik ip gazlama fabrikasining 67 tasi Chexiyada edi . Chexiya Gabsburglar dinastiyasining eng rivojlangan sanoat markaziga aylanib bordi .
1867 yilda tuzilgan Avstriya - Vengriya bitimi Vengriyaning iqtisodiy rivojlanishi uchun ma'!um darajada turtki bo’ldi . Vengriya ko’miri bazasida sanoatning metalurgiya va metall ishlash tarmoq-lari rivojlana boshladi. Lekin , Vengriyaning asosiy sanoat tarmog'i oziq-ovqat sanoati bo’lib qolaverdi . 1898 yilda Vengriyaning un tortish , vino pishirish, qand va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi hissasi 47,3 % edi.
Avstriya -Vengriya iqtisodiy ko’proq chet el kapitaliga ( nemis , ingliz . fransuzlarga ) qaram edi.
XX asr boshiga kelib ham Avstriya - Vengriyada sanoat rivojlani-shi Yevropadagi ilg'or mamlakatlardan orqada edi . 1905 -1907 yillarda aholi jon boshiga AQSH da 4,87 t, Germaniyada 3,36 t, ko’mir qazib chiqarilgan bo’lsa Avstriya Vengriyada 0,8 t. ko’mir qazilgan . Cho’yan AQSH da 350 kg , Germaniyada 168,5 kg , Avstriya -Vengriyada esa 29,6 kg .ni tashkil etgan xolos.
Shunga qaramay , Qo’yi Avstriya va Chexiyada sanoat yiriklashu-vi va monopoliyalar vujudga keldi. 1912 yilga kelib yirik korxonalarsoni 0,50 % ga oshdi. Aksionerlik jamiyatlari 1885 yildagi 380 tadan 1910 yilda 587 taga etdi . 1912 yilda 200 ta kartel bor edi .
Kapital jamg'arishda Vena banklari : Milliy bank ," Kreditansh-talt" va boshqalar sanoat , qishloq xo’jaligi , aloqa va boshqa sohalarni nazorat qilgan.
Ammo mavjud resurslardan foydalanish yomon darajada , aloqa yo’IIari yomonligi savdo va yuk tashishda muammo to'g'diraredi.
Germaniya va Fransiyaning moliya magnatlari hukmron edilar. Masalan , Germaniyaga " Simens " ekektronika , to’qimachilik , oynasozlikda , Fransiyaga temir yol , ko’mir, cho’yan zavodlari , " Shkoda " korxonalari qarashli edi.
Imperiyadagi qadimgi viloyatlar: Vengriya , Gaiisiya , Serbiya , Xorvatiya , Slovakiya , Bosna - Gersogavina va boshqalar yarim mustamlaka bo’lib , ularning boyliklari Avstriya - Vengriya banklarini boyitardi.
60 -70- yillarda Avstriyada iiberallar partiyasi hukmronlik qilardi. Shu yillarda bir qancha burjua islohatlari o’tkazildi. Auersperg huku-mati (1871 -1879) Vatikan bilan tuzilgan konkardatni bekor qildi. (?Con-
^arcfat kuknmat bitan ^Ritn papasi o’rtasida tuzitQan sfiartnoma ). Fuqarolar nikohi joriy qilindi , ruhoniylarni muallimlik huquqlaridan mahrum etdi . 1873 yil saylov reformasi o’tkazildi. Deputatlar 203 tadan 353 taga oshdi , Kuriya -kuriya bo’lib saylash joriyetildi: Avstriyaning hamma aholisi to’rtta kuriyaga bolingan edi : 1 . Yirik yer egalari, 1\53 2 . Savdo palatasi ( yirik sarmoyadorlar), 1\24 , 3 . Umum - shahar kuriyasi , 1\4000 , 4 . Qishloq jamoalari kuriyasi 1M2000 ga bo’limdi .
Do'stlaringiz bilan baham: |