Termidorlar konventi va direktoriya davrida Fransiya 9 termidor (27 iyul) kuni Konventning majlisi davom etdi. Unda deputat Sen-Jyust terrorni yumshatish taklifi bilan chiqish qildi. Ammo Konvent uning fikrini qabul qilmadi. Robesp'yerni hokimiyatni suiste'mol qilishda aybladilar. Deputatlardan biri Robesp'yerni hibsga olishni taklif qildi. Bu taklifni Konventning ko'pchilik a'zolari qo'llab quvvatladilar. Robesp'yer va uning tarafdorlarini qamoqdan ozod qilib. Robesp'yerni Konventga qarshilik ko'rsatishini kutdilar. Ammo Robes'pyer ular kutganday qarshilik ko'rsatmadi.Shunda Konvent otryadlari ratushaga bostirib kirib, Robesp'yer va uning tarafdorlarini tor-mor qildi.
Yakobinchilar diktaturasi majaqlab tashlandi.Yakobinchilardan tozalangan Konvent o'z faoliyaini davom ettirdi. Yakobinchilar diktaturasi Fransiya aholisi hayotini yengillasbtirmadi, kutilgan natijalarni bermadi. Fransiyada kapitalistik taraqqiyot yo'liga esa undan keying! Termidorlar Konventi davrida o'tildi.
Termidorlarning davlat to'ntarishi inqilobda so'nish davrining boshlanishi edi.Termidorlar Konventi Fransiyani Napoleon Bonapart imperiyasiga olib keldi.
9 Termidorning ikkinchi yilidan so'ng (1794-yil 27-iyul) hokimiyat inqilob natijasida boyib ketgan sanoatchilar,moliyachifar va yangi yer egalari ko'pchilikni tashkil etgan Konvent qo'Iiga o'tdi.'I'ermidorlar Konventi 1794-yil 27-iyuldan 1795-yil 26-oktabrgacha davom etdi.Yakobinchilar klubi va ularning mamlakaldagi filiallari yopildijamoatchilik tashkilotlari tarqatib yuborildi,oziq-ovqat mahsulotlariga qo'yilgan maksimum narx bekor qilindi,savdo erkinligi chayqovchilik erkinligiga aylandi.Terrorga qarshi kurashish bahonasi bilan norozi kayfiyatda yurgan qashshoqlarga qarshi qat'iy chora tadbirlar ko'rildi.
1795-yil bahorida ochlik va muhtojlikdan qattiq aziyat chekkan Parij aholisi qo'zg'olon ko'tardi.12 jerminal kuni (1-aprel) kuni norozi olomon Parij ko'chalariga chiqib,non va 1793-yilgi konsitutsiyani talab qildilar.Konventga qarshi birinchi qo'zg'lon jerminal deb ataldi.Ikkinchi qo'zg'olon birinchi prerial (20-may) kuni ko'tarildi.Qo'zg'olonchilar tarkibida milliy gvardiyaning qismlari ham qatnashdi, ammo qo'zg'olon tezda bostirildi.
1795-yil iyulida Termidorlar konventi yangf konsitutsiya qabul qildi.Bu konsitutsiya respublika tuzumini saqlab qoldi,biroq inqilob qo'lga kiritgan yutuqlardan biri-umumiy saylov huquqiini bekor qildi, xususiy mulkchilik huquqini e'lon qildi. inqilob davrida qo'lga kirililgan mulklarni qonuniylashtirdi.Konvent o'rniga Oqso'qollar kengashi va Besh yuzlar kengashi saylandi. Bu ikki palata qonun chiqaruvchi hokimiyatga ega edi.Qonun chiqaruvchilar to'liq ijroiya hokimiyatiga ega bo'igan 3 kishidan iborat Direktoriyani sayladi.Konsitutsiya qabul qilinganidan so'ng tezda Konvent tarqatiHb,hokimiyat Direktoriya qo'Hga o'tdi.Direktoriyaning asosiy siyosati inqilob davrida boyib qolgan sanoatchi va moliyachilarning manfaatini himoya qilishga qaratilgan edi.Direktoriya 1795-yil 4-bryumerdan so'ng 1799-yil 18-bryumcrgacha faoliyat ko'rsatdi. Bu davrda qishloq va shahar kambag'llarining ahvoli og'rligicha qolaverdi.Shu davrda Frantsuada (Grakx) Noel Babyof (1760-1797 y.y) va uning i(Tenglar jamiyati" mashhur bo'ldi.Babyof inqilobning dastlabki yillarida yerga nisbatan xususiy mulkchilikning joriy elilishiga qarshi kurashib.ijtimoiy tenglashtirish g'oyasini targ'ib qilib,o'zini Rimlik rcformator Grax deb e'lon qildi.Babyof o'ldirilib,uning jamiyati tarqalib yuborildi.
Direktoriya davrida Fransiya olib borayotgan urushlar xarakteri birdan o'zgardi.U Franlsiyani himoya qilish urushidan, 1797-yiidan boshlab, boshqa davlatfar hududini bosib olish urushiga aylandi.Napoleon Bonapart qo'mondonligidagi frantsuz qo'shinlari Shimoliy Ttaliya hududini egallab, Avstriyaga o'tdi va 1797-yilda Kamforpomioda Avstriyani sulh shartnomasini imzolashga majbur qildi. Italiyaning Lombardiya viloyatini Sizalpin, Genuyani esa Liguriya respublikalariga aylantirib. ularnj Fransiyaga tobe qilib qo'ydi. P'emont Fransiyaga qo'shib olindi. Vcno’siya, I striya, Dalmatsiya Avstriyaga,Reynning. o'ng qirg'og'I, Belgiya va lonik orollari Fransiya ixtiyoriga o'tdi.
Fransiyaning asosiy raqibi bo'lib hamon Angliya qolaverdi. Uning mustamlakachilik qudratiga zarba berish uchun Direkloriya Hindistonga ekspedisiya yuborish maqsadida Misnii bosib olishga kirishdi. Misr ekspedisiyasiga Napoleon Bonapart qo'mondonlik qildi. 1798 yil 20 iyunda Misr qo'shinlari ustidan frantsuz armiyasi g'alaba qildi. 1 avgustda Nelson qo'mondonligidagi ingliz floti Abukir ostonasida frantsuz eskadreyasini tor-mor qildi. Bu frantsuzlarga qarshi 1-koalisiyaning tuzilishini tezlashtirdi. Koalisiya tarkibiga Angliya. Rossiya, Turkiya, Neapolitan qirollogi va Avstriya kirdi. 1799 yil bahorida Yevropada urush yangidan boshlandi. Germaniyada frantsuz armiyasi tor-mor qilindi. Italiyadan frantsuz armiyasini feldmarshal Suvorov qo'mondonligidagi rus qo'shinlari siqib chiqaraboshladi.
Harbiy muvaffaqiyatsizliklar va tashqi kuchlarning harbiy yurishi, shuningdek, Direktoriya siyosatidagi ziddiyatlar Fransiyaning mulkdor qatlamlarini tashvishga soldi. Mamlakatda qonuniy tartibning yo'qligi ma'lum bo'lib, xalq ommasining aksariyati hokimiyatni mustahkam qo'lga o'tishi lozimligini tushunib etdi. Napoleon Bonapart atrofidagi yuqori lavozimli harbiylarning bir qismi harbiy diktatura o'rnatishga harakal qildilar. Ular Misrda qo'mondonlik qilayotgan Napoleon Bonapart bilan Direkloriyaning hukumat doiralariga yaqin bo'igan ukasi Lyusen Bonapart orqali aloqada bo'idilar. Napoleon Misrdagi frantsuz qo'shinini general Kleberga topshirib, 500 la grenaderlari bilan Fransiyaga qaytdi.
18-bryumer (1799 yil 9 noyabr) kuni qonun chiqaruvchi korpus majlisi shahar yaqinidagi Sen-Klu saroyiga ko'chirildi, majlisga Napoleon ham etib keldi. Parij safari davomida Napoleon yangi hukumatdagi lavozimlarni egallash to'g'risida ikkita nomzod: konstitusiyachilaming rahbari -- Emmanuel Jozef Siyes va moliyachi Roje-Dyuko bilan. keiishib oldi. Direktoriyaning 5 ta vakili ham istefo berish to'g'risida Napoleonga va'da berdilar. Shu kurii Lyusen Bonapart Besh yuzlar kengashiga raislik qilayotgan edi. Napoleon kengash a'zosi bo'lmasa ham majlisda paydo bo'ldi va Napoleonning majlisda ishtirok etayotganligidan norozi bo'lganlarni uning grenadyorlari haydab chiqardi. Besh yuzlar kengashi a'zolari majlisda qolgan oqsoqollar kengashining bir nechta a'zolari bilan birgalikda hokimiyatni uch konsufga berish to'g'risidagi dekretni qabul qilishga majbur ho'ldilar. Napoleon birinchi konsul lavozimini egallab. amalda barcha hokimiyat uning qo'ligato'plandi.