O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 2,34 Mb.
bet68/216
Sana13.07.2022
Hajmi2,34 Mb.
#785009
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   216
Bog'liq
Yangi tarix.Q.Nasriddinov.

Yakobinchilar diktalurasi
Jirondistlar Konventidan norozi bo'lgan shahar va qishloq abolosining qo'llab-quwatlashi oqibatida yakobinchilar hokimiyatga keldilar. Butun mamlakatda ahvol og'ir edi. 83 ta departamentning 60 tasida isyonlar ko'tarilib turdi. 1793 yil martida Vandeeda ko'tarilgan qo'zg'olon ularning eng katlasi edi. Qishloq xo'jaligi butunlay izdan chiqqan bir vaqtda Konvent 300 ming kishini armiyaga safarbarlikka chaqirdi. Sanoat jihatidan ancha qoloq bo’ Igan Vandeeda dehqonlar Konventning jazo otryadlariga qarshi haqiqiy urushni boshladilar. 1793 yilda qo'zg'olon bostirildi, ammo qo'zg'olonning ayrim uchqunlari davom etdi. Vandee urushlarida bar ikki tomondan 600 mingdan ziyodroq iransuzlar qurbon bo'ldilar.
Mamlakatdagi mavjud og'ir abvoldan foydalangan yakobinchilar o'zlarining hokimiyatini muslahkamlashga harakat qiSib, Konvent yer va dehqonlar to'g'risidagi masala bilan shug'ullandi. Ketma-ket bir qancha agrar dekretlar chiqarildi. 1793 yil 3 iyunida yakobinchilar Konventi emigrantlarning yerlarini mayda qtsmlarga bo'lib sotish to'g'risida dekret qabul qildi. 10 iyulda jamoa yerlarini bo'lib berish to'g'risidagi Konventning yangi dekreti qabul qilindi. Unga ko'ra, agar dehqon jamoalari a'zolarining 1\3 dan ko'prog'i jamoa erlarini bo'lib olishga rozi bo'lsalargina ushbu dekret kuchga kirar edi. 17 iyulda barcha fcodal majburiyatlarini hech qanday to'lovsiz bekor qilish to'g'risida dekret chiqarildi .Ammo yer mulkiari va yerlarni ijaraga olish bilan bog'liq barcha majburiyatlar amalda qolaverdi.
Yerlarni bo'lish to'g'risidagi "agrar qonun" tarafdorlari ta'qib ostiga olindi. Yerlarni mablag'i bor kishilsrgina sotib olishlari mumkin edi. End) er kapitalistik mulkka aylana boshlandi. Endi u rasmiy sotiladigan va sotib olinadigan bo'ldi, bu so'zsiz ilg'or holat edi.
Qabul qilingan dekretlar amalda hayotga tadbiq etilmagan bo'lsada, yakobinchilar tomonidan feodal isyonlarni bostirish uchun armiyaga safarbarlikni engillashtirdi. Oziq-ovqat masalasi ilgirigidek hal qilinmasdan qolaverdi.
Yakobincbilar blokida kuchlarning bo'linishi davom etdi. "Quturganlar" va "so'l yakobinchilar" inqilobni yanada chuqurlashuvini ta'minlashga harakat qildilar. Jamiyatni qutqarish komitetini boshqarayotgan Danton va uning tarafdorlari tcrrorni cheklashni talab qildilar. Boshqa tomondan Robespyer va uning tarafkashlari bar qanday yo'l bilan bo'lsa ham hokimiuatni saqlab qolishga harakat qildilar. Asta-sekinlik bilan inqilobiy terror Pobespyerning shaxsiy hokimiyatini himoya qiluvchi qurolga aylandi. Yakobinchilar bloki orasidagi kurash yangi konstitutsuya qabul qilingandan su'ng jiddiy tus oldi.
1793 yilgi konstitutsiya zamonasining ilg'or konstitutsiyalaridan biri edi. 29 iyulda Konvent qabul qilgan yangi konstitusiyaga muvofiq Fransiya bir palatali respublika, deb e'lon qilindi. Unga ko'ra 21 yoshga yetgan barcha erkaklarga saylov huquqi, xalqga qo'zg'olon ko'tarish, ma'lumot olish, mehnat qilish, nogironlarga ijlimoiy yordam olish huquqlari berildi. Ammo urush tugaguncha amalda konstitutsiya joriy qilinmadi.
1793 yil 13 iyulda yakobinchilarni faol vakili, Konvent a'zosi, "Xalq do'sti" ro'znomasining muharriri Jan Pol Maratga suiqasd qilindi. Qotillikga yollangan dvoryan ayol Sharlittadc Korde tomonidan sanchilgan xanjar Maratning o'limiga sabab bo'ldi. Natijada yakobinchilarning terrori yanada kuchaydi. Rassom Lui David tomonidan "'Maratning o'limi" nomli qotillik jarayoni aks etgan tasviriy asar ishlanib, frontga ketuvchi harbiy otryadlar ushbu asar oldida qasamyod qabul qiladigan bo'ldilar.
1794 yil oxirida urushning borishida burilish yuz berdi. Ommaviy safarbarlik dushman uslidan g'labaga olib keldi. Doimiy harbiy tayyorgarlikdan o'tgan qismlar inqilobiy kayfiyatdagi xalq lashkari bilan qo'shildi, bu - amalgama deb ataldi. Birinchi marta Yevropada umumiy harbiy majburiyat joriy qilindi. 1794 yilning qishidayoq feodal isvonlari bostirilib, Vandes isyonchilarining asosiy kuchlari tor-mor etildi, Fransiya hududi koalilsiya qo'shinlaridan ozod qilindi.
1794 yil fevral-martida Konvent "Gumon qilinuvchilar"ning mulklarini qashsboqlar o'rtasida taqsimlash to'g'risida vantoz dekretlari deb nom olgan dekretlar qabul qildi, ammo bu dekretlar amalda joriy qilinmadi.
Yakobinchi laming terrorchilik siyosati davom ettirildi. Natijada xalqm'ng Robespyerga qarshi g'azabi kuchaydi. Va'da qilingan jannatona hayotga bo'lgan umid so'na boshladi. Frontdagi muvaffaqiyatlarga qaramasdan vaziyat murakkab tus ola boshladi. 1794 yil bahoridan boshlab, yakobinchilar bloki parchalana boshladi. Konvent a'zolarining ko'pchiligi savdo-sotiqning erkin bo'lishini talab qila boshladilar. Feodal munosabatlar tugatildi.
Aql, adolat, vatanga muhabbat kabi prinsiplarga asoslangan yangi din - - "Oliy mavjudot" shaxsiga sig'nish asosida xalqni birlashtirish uchun bo'lgan urinish natijasiz bo'ldi. xalq uni qo'llab quwatlamadi. 10 iyulda terrorni kuchaytirish to'g'risidagi dekretning qabul qilinishi nafaqat mulkdorlarni, balki shahar kambag'allari va dehqonlarni ham tashvishga soldi. Konventda Robespyerga qarshi suiqasd rejalashtirila boshlandi.

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish