28
ishlatiladi. Issiqlik tashuvchi sifatida glizantin ishlatiladi. Yassi
absorberlar kollektorlarga
nisbatan 5 marta yengil va 8 marta arzon turadi. Kunlik samaradorligi
ks
= 0,7 va yillik
samaradorligi
ys
= 0,85 ga teng bulib kollektorlarga nisbatan ancha yuqori samaradorlikka
ega. Bundan tashqari uning organik va noorganik changlardan tozalashga hojat yuq.
Xorijiy davlatlarda, jumladan Germaniya, Fransiyada absorberlar binoning biror elementi
sifatida tom yopmasi, bino eshik oldi ayvoni, bolaxona ayvoni va boshqalar sifatida ishlatiladi
[18].
Absorberlar
burchak ostida, ya‘ni ufqqa nisbatan 90
0
burchak bilan urnatiladi.
Absorberlarning vertikal urnatilishida kondensatning yig‗ilishi va qor qatlamlaridan,
qirovlardan tozalash osonlashadi.
Absorberlarning faqat birgina kamchiligi shundan iboratki, isitilayotgan issiqlik
tashuvchining harorati past bulib isituvchi nasoslarning yordamisiz talab qilingan
samaradorlikka erishib bulmaydi.
Past haroratli isitish tizimining issiqlik tashuvchisini isitilish uslubiga qarab bir xil tarkibli
va kup tarkibli issiqlik tayyorlovchi man‘basi mavjud. Bir xil tarkibli issiqlik tayyorlovchi
man‘bada faqat bir turdagi issiqlik
tashuvchi tayyorlab beriladi; kup xil tarkibli issiqlik
tayyorlovchi manbalarda esa ikki va undan ortiq turdagi issiqlik tashuvchilarni tayyorlovchi
qurilmalar (masalan: quyosh nuri ta‘siridagi issiqlik nasosi va elektr issiqlik almashtiruvchi
uskuna) buladi.
Past haroratli isitish tizimida issiqlik tashuvchining isitilish uslubiga qarab bir xil tarkibli
suvli, bug‗li va havo yordamida ishlaydigan tizimlar deb yuritiladi.
Past haroratli suv bilan isitiladigan tizim nasoslar yordamida ishlaydi,
chunki ularda
(gravitatsion) aylanma harakatda bosim kuchi juda kichik. Oddiy isitish tizimidan past
haroratli suv bilan ishlaydigan tizim orasida, qurilishi jihatidan aytarli darajada farq yuq.
Past haroratli suv bilan ishlaydigan tizimni faqat ikki quvurli qilib qurish mumkin. Bunda
kengaytiruvchi idishni sifatli issiqlikdan izolyatsiya qilish bilan birgalikda issiq suvni
aylanma harakat qilishi uchun maxsus quvur bilan ta‘minlansh lozim.
Agar binoning tomi tekis yaxlit yopmadan iborat bulsa, kengaytiruvchi idishni yopiq turini
qullash tavsiya qilinadi.
Pastdan uzatilayotgan isitish tizimlarida havoni chiqarish uchun havo quvuri yoki isitish
asbobining uziga bevosita urnatish lozim.
Noan‘anaviy issiqlik man‘balari sifatida ishlatiladigan issiqlik tashuvchilarning ma‘lum
turlari (quyosh energiyasi, texnologik jarayonlardan chiqarib tashlanadigan issiq suv, bug‗)
issiqlik yig‗uvchi akkumulyator moslamalarda jamlanib bizga
kerakli bulgan bir turdan
ikkinchi turga aylanishini ta‘minlab beradi. Bunday issiqlik jamlovchi (akkumulyator)
29
moslamalar suyuq yoki qattiq materiallar bilan tuldirilgan bulib (suv, muzlash xususiyatidan
yiroq etilen glikol eritmasi, aizantin, qattiq ashyolardan shag‗al va boshqalar) uzining issiqlik
sig‗imiga yarasha issiqlikni ma‘lum davr uchun tuplab beradi. Bu moslamalarda energiyani
bir turdan ikkinchi turiga aylantirilishi ularning issiqlikdan erishi yoki kristallarining,
strukturalarini uzgarishi evaziga issiqlikni qabul qilib, issiqlikni ma‘lum muddat saqlab
istte‘molchiga kerakli miqdorda bera oladi [32].
Demak, issiqlik yig‗uvchi (akkumulyator) moslama endoterma
reaksiyasi natijasida
issiqlikni yig‗ib olsa, issiqlikni berishda ekzotermik reaksiya davrini utishga qodir ashyolar
tanlanadi.
Past haroratli isitish tizimining issiqlik yig‗uvchi (akkumulyator)lari konturga bog‗liq va
bog‗liq bulmagan sxemalar bilan loyihalashtiriladi Issiqlik yig‗uvchi metalldan yasalib, issiq
suv ta‘minoti yoki isitish tizimlari uchun kengaytiruvchi idish vazifasini bajaradi.
Past haroratli noan‘anaviy issiqlik man‘balaridan (quyosh energiyasi, atmosfera havosi va
boshqalar) olinadigan issiqlik uzgaruvchan bulsa, unda vaqtinchalik ishlatiladigan tuproq
osti, qoyalarda burchak ostida sanchqiga urnatilgan va yer osti kullaridan issiqlik yig‗uvchi
sifatida foydalanish mumkin. Tuproq ostida issiqlik yig‗uvchi akkumulyatorni urnatish uchun
sirti silliq gorizontal quvurlar (registr) tuproq ostidan 1,5 - 2 m oraliqda urnatiladi.
Qoyalarda tik yoki qiya qilib 10-50 m uzunlikda qazilgan skvajinalarda quvurlar orqali
uzatilgan issiqlik saqlanadi.
Yer osti kuli yoki qaynoq geotermal suv havzalari tagiga urnatilgan sirti silliq quvurlar
orqali issiqlik olinadi. Issiqlikni olish uchun suv yuziga yaqin
urnatilgan shunga uxshash
uskunalar xizmat qiladi. Past haroratli bug‗li isitish tizimda issiqlik tashuvchi bug‗ning
kondensatsiyasi qullaniladi. Bunday isitish asboblarini issiqlik berish yuzasi kamayadi.
Xonani isitishda bitta isitish asbobini isitish nasosini kondensatori sifatida ishlatish mumkin.
Bunda foydasiz issiqlik yuqolishini oldi olinadi. Tizimning issiqlik quvvati bilan isitish
asboblarini kupayishi natijasida kondensatni olib ketilishi qiyinlashadi. Issiqlik tashuvchi
sifatida past haroratda qaynovchi suyuqliklarni bug‗lari ishlatiladi, chunki suv bug‗larini
urtacha harorati 30
0
S bulsa tizimdagi bosimni 0,0043 MPa ga kamaytirish kerak, bu esa
texnik jihatidan ancha murakkab.
Past haroratli isitish tizimlarida haroratni boshqarish tizimda harakat qilayotgan bug‗ning
bosimiga bevosita bog‗liq
holda olib boriladi, chunki ta‘sir kuchi ostida uzgartirilgan bosim
ma‘lum darajada bug‗ning haroratiga tug‗ri keladi.
Issiqlik almashtiruvchida hosil bulgan kondensat, kondensat olib ketgichning yordamisiz
uz oqimi bilan bog‗lovchi moslamaga kul kondensat quvuridagi kondensatni siqib haydashi
evaziga siljiydi.
30
Past haroratli bug‗ bilan isitish tizimlari kupincha ikki quvurli gorizontal va tik holatda
pastdan va yuqoridan uzatuvchi magistral quvurlari kurinishida loyihalashtiriladi.
Past haroratli isitish tizimida havo bilan isitish uskunalari loyihalashtirilmaydi,
chunki
birlamchi issiqlik man‘baning uzi past haroratli bulganligi va bu isitish asboblarining issiqlik
sig‗imi ham juda pastligi sabablidir. Bunday isitish tizimlari isitish aboblaridan berilayotgan
issiqlikni uzgartirish yuli bilan boshqariladi. Past haroratli issiqlik man‘ba harorati
isitilayotgan binoni talab etilgan haroratidan past haroratga ega bo‘lsa, ularga isituvchi
nasoslar tizimi ulanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: