О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyоt instituti



Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/142
Sana02.07.2022
Hajmi1,35 Mb.
#730837
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   142
Bog'liq
materialshunoslik va konstruksion materiallar texnalogiyasi

 
5-Mavzu: Legirlangan po’latlar 
Reja: 
1
. Legirlovchi elementlarning pо‟lat strukturasiga va xossalariga ta„siri; 
2. Legirlangan pо‟latlarning turlanishi va markalanishi; 
3. Legirlangan konstruktsion pо‟latlar; 
4. Legirlangan asbobsozlik pо‟latlari

 
 
Tayanch iboralar: 
legirlangan pо‟latlar; austenitli, ferrit-austenitli va ferritli pо‟latlar; 
xromli, marganesli, xrom-marganesli. Xrom nikelli konstruktsion legirlangan pо‟latlar; alohida 
xossali asbobsozlik pо‟latlari: korroziyabardosh, olovbardosh va issiqbardosh pо‟latlar. 
 
Legirlovchi elementlarning pо’lat strukturasiga va 
xossalariga ta‘siri 
Agar po‟lat tarkibida ugleroddan tashqari boshqa elementlar ham mavjud bo‟lsa, Fe-
Fe
3
C digrammasidagi faza o‟zgarish chiziqlari o‟zgaradi. Ferrit, austenit, sementit fazalaridagi 
uglerodning erishi va ularning muvozanat harorati turlicha bo‟ladi. Demak, qotishmaga o‟zga 
qo‟shimchalar qo‟shib, struktura o‟zgarishlariga erishish orqali po‟lat xossalarini boshqarish 
mumkin. Bunday maqsadda qo‟shiladigan qo‟shimchalarni 
legirlovchi 
elementlar

qotishmalarni esa 
legirlangan po’latlar
deyiladi. Po‟lat ishlab chiqarish amaliyotida legirlovchi 
elementlar sifatida Cr, Mo, Co, Ni, V, Ti, W, Zr, Nb, Mn va Si kabi elementlar qo‟llaniladi, ular 
po‟latning fizik, mexanik va texnologik xossalarini yaxshilaydi. 
Legirlovchi elementlar po‟lat polimorfizmiga ham ta‟sir qiladi. Polimorf o‟zgarish 
harorati temirda erigan elementlarning xususiyati va miqdoriga bog‟liq bo‟ladi. 
Legirlangan po‟lat uglerodli po‟latda yo‟q xossalarga ega, uglerodli po‟latdagi 
kamchiliklar legirlangan po‟latda bo‟lmaydi. Legirlangan po‟latlardan foydalanish metall 
sarfini kamaytiradi, buyumning puxtaligi va uzoq muddat ishlashini ta‟minlaydi. 
Quyida legirlovchi elementlarning po‟lat xossalariga qanday ta‟sir etishi ko‟rsatilgan: 
1.
Xrom
– po‟latning qattiqligi, mustahkamligini oshiradi, plastikligini esa ozgina 
kamaytiradi. Xrom miqdori 13% dan ortiq bo‟lsa, po‟lat korroziyabardosh bo‟ladfi; 
2.
Nikel
– po‟latning mustahkamligi, plastikligi, korroziyabardoshligi va zarbga qarshiligini 
oshiradi; 
3.
Volfram
– po‟latning qattiqligi va qizdirilgan holatdagi chidamliligini keskin oshiradi; 
4.
Vanadiy
– zichligini, mustahkamligini, mayda donli bo‟lishini, zarb ta‟siriga, ishqalanib 
yeyilishga, uzilishga qarshiligini oshiradi; 
5.
Kobalt
– issiqbardoshligini, magnit singdiruvchanligini oshiradi; 
6.
Molibden
– qizdirilgan holatdagi chidamliligini, elastikligini, yuqori haroratlarda 
oksidlanishga qarshiligini oshiradi; 
7.
Kremniy
- miqdori 1% dan kam bo‟lganda po‟latning plastikligini kamaytirmagan holda 
mustahkamligi, egiluvchanligi, kislotabardoshligi va magnit singdiruvchanligini oshiradi; 
8.
Marganes
– uning 1% va undan ortiq miqdori po‟latning plastikligini kamaytirmagan 
holda yeyilishga chidamliligini oshiradi; 


9.
Alyuminiy
– po‟latning kuyindi hosil bo‟lishga bardoshliligini oshiradi; 
10.
Titan
– mustahkamligini oshiradi, kristallararo korroziyalanishini kamaytiradi; 
11.
Niobiy
– korroziyaga qarshiligini va kislotabardoshligini ko‟paytiradi; 
12.
Seriy
– mustahkamligi va plastikligini oshiradi; 
13.
Sirkoniy
– mustahkamlik beradi, donalarining mayda bo‟lishiga yordam beradi; 
14.
Mis
– korroziyalanishini kamaytiradi. 

Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish