O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universitetining pedagogika instituti «gumanitar fanlar kafedrasi»


 Tog’ muzliklari va qoplama muzliklar



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/212
Sana01.06.2022
Hajmi4,1 Mb.
#624474
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   212
Bog'liq
fayl 2587 20220225

5. Tog’ muzliklari va qoplama muzliklar
. Muzliklar ikkiga tog’ muzliklari va qoplama 
muzliklarga bo’linadi: 
Qutbiy o’lkalarda tog’larning uncha baland emasligi va iqlimning kontinentalligi
muzliklar hosil bo’lishi uchun qulay emas. Bu yerdagi muzliklarning umumiy maydini 25
km
2
. Kichi – kichik kar muzliklari ko’p. 
Shimoliy – sharqiy Sibir - yer sharidagi eng continental o’lka bo’lishiga qaramay,
bu yerda muzliklar kam. Tog’larda yog’in miqdori ortadi. Bu yerda umumiy maydoni
taxminan 500 km
2
bo’lgan 540 ta kichik muzlik bor. Qor chizig’i 2000 m ga yaqin
balandlikdan o’tadi. Muzliklarning eng yirik rayonlaridan biri Suntar – Xayat tizmasidir.
Kichikroq muzliklar Birranga tog’larida, Yuqori Yana va Cheriskiy tog’ tizmalarida ham
bor. Koryak tog’ligida umumiy maydini 200 km
2
keladigan 280 ta muzlik bor; bu yerda
qor chizig’i 600 – 500 m gacha pasayadi. 
Kamchatkada yog’in ko’p bo’lganligidan, uning tog’ tizmalarida, ayniqsa sharqiy
qismida katta - katta muzliklar bor bo’lib, ularning umumiy maydoni 800 km
2
dan
ortiqroq. Qor chizig’i 1000 – 3000 m balandlikdan o’tadi. Yirik vulqonlarga to’g’ri kelgan
bir nechta muzlanish tugunlari bor. 
Alyaska, ayniqsa uning Tinch okean sohillari, hozirgi zamon muzliklari tarqalgan
eng katta o’lkalardan biridir. Bunga sabab, iqlimining sernam, savuqligi va relyefi tog’li
ekanligidir. Yog’in miqdoriga qarab qor chizig’I 300 m dan 2400 m gacha balandlikga
ko’tariladi. Muzliklarning umumiy maydoni 52000 km
2
. Ba’zi muzliklar dengizga yetib
keladi. Yer sharidagi eng uzun muzlik (Logan tog’idagi uzunligi 145 km keladigan
Xabbard muzligi) shu yerdadir. Alyaska va Kanadaning iqlimi continental bo’lgani uchun
ichki rayonlarida muzliklar kam. 
Aysberglar.
barcha oylardagi tempraturasi 0
0
dan past bo’ladigan qutbiy zonalarda
quruqliklardan dengizga tamon bo’lgan oqim muzliklar orqali ro’y beradi. Dengizga yetib
boradigan kichikroq muz massalarini suv to’lqini sindirib yuboradi va ular suvda erib
ketadi. Materikdan siljib keluvchi va juda katta shelf muzliklari dengizda uzoq – uzoqlarga
kirib borib, g’oyat katta muzlarga ajralib ketadi. Dengizda suzib yuruvchi bu muzlar muz
tog’lari yoki aysberglar deb nom olgan. 
Shimoliy yarim sharda aysberglar paydo bo’ladigan joylar Grenlandiya bilan
Severnaya Zemlya, janubiy yarim sharda esa Antarktidadir. Dengiz oqimlari aysberglarni
o’rtacha geografik kengliklardan 50 - 40
0
gacha, hatto 36
0
kenglikkacha olib ketadi va ular
bu yerda erib ketadi. 
Arktika aysberglari Antarktika aysberglaridan bir muncha farq qiladi. Arktika
aysberglarining yuzasi notekis, do’ng, uzunligi bir necha kilometr, balandligi o’rta hisobda
70 m, ba’zan suv betidan 100 m balandga qad ko’tarib turadi. Antartika aysberglari g’oyat
katta muz qalqonining bo’laklaridan iborat bo’lib, yuzasi supasimon yassi, uzunligi 100
km, suv betidan bo’lgan balandligi 100, 300 va hatto 500 m keladi. 
Muzlar va muz qoplamining maydoni 16 mln.km
2
. Ularda 24 mln.km
2
chuchuk suv 
to’plangan, ya’ni ular chuchuk suv zahirasini 69%ni tashkil qiladi. Muzlarning 87%i 
Antarktidada joylashgan. Agar Antarktida muzlari erisa, quruqlikning 20 mln.km
2
maydoni suv 
ostida qolgan bo’lar edi. 

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish