7
Umumiy Yer bilimining rivojlanishiga ulkan hissa qo’shgan O’rta Osiyolik qomusiy
olimlardan biri Abu Rayhon Beruniydi.
O’rta asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Muxammad ibn Axmad al-Beruniy
zamonasining qator fanlari: geografiya, geodeziya, geologiya, astronomiya, fizika, matematika,
mineralogiya, tarix kabilarni chuqur o’rgandi.
Turli joylarning geografik kengligi va uzoqdigini aniklashda Beruniy erishgan natijalar xatto
xozirgi zamon olimlarini xam xayratda koldiradi. Buyuk olim Yer yuzasining xar bir kismi
uzining uzok tarixiy tarakkiyotiga ega ekanligini kayd etadi. Markaziy Osiyoning ba’zi bir
mintakalari, shu jumladan, Amudaryo vodiysining geologik rivojlanishini birinchi marta jiddiy
urganishga xarakat kilgan xam Beruniydir. Uning Amudaryo vodiysining geologik utmishi va
Orol dengizining paydo bulishi xakidagi xulosalari usha zamonning eng muvaffakiyatli
geologik taxlillaridan biri bulib xisoblanadi. Olim «Dengizlar quruqlikka, quruqliklar esa
dengizga aylanadi» degan nazariyaga suyanadi. Beruniyning foydali kazilmalar katlamining
paydo bulishi, jinslar yemirilishining ahamiyati,
TOF
jinslarining nurashi kabilar haqidagi
xulosalari katta ilmiy axamiyatga egadir. U tog’larning paydo bo’lishi va yo’q bo’lib ketishi
tabiiy omillar asosida yuz berishini talqin etuvchi nazariyani olg’a suradi.
Beruniyning o’zi tuzgan ro’yhatdan ko’rinishicha u o’zi yozgan asarlarni guruhlarga
ajratigan ularning sonini 69 deb yozgan.
Beruniy shuncha asar yozganidan keyin ham 15 yil yashab 50 ga yaqin asar yozgan.
Sharqshunos olimlarning tahminicha 150 dan ko’proq asar yozib qoldirgan, ba’zi mutaxassislar
esa olim 180 tacha asar yozgan degan, fikrdalar. Bular orasida tarix, tilshunoslik, arxitektura,
din va e’tiqod, san’at, hazilkashlik sahalarida ham uning ko’plab kitoblari bo’lgan. Ayniqsa,
matematika, astranomiya, kartografiya, geodeziya, geologiya, mineralogiya, botanika va
geografiyaga oid asarlari ko’pdir. Afsuski, bu kitoblarning juda oz qismi, ya’ni 27 tasigina
bizgacha saqlanib qolgan.
Abu Rayhon Beruniy Yerning sharsimonligiga qat’iy ishonganligini o’z asarlarida bir
necha bor ochiq, ravshan aytgan va Yerning sharsimonligini isbotlovchi dalillar keltirgan.
U o’zining yuqoridagi kabi ko’plab dalillari, kuzatishlari va hisoblash ishlarining natijasi
sifatida O’rta Osiyolik olimlar ichida birinchilardan bo’lib yer sharini aks ettirgan diametri 5
metr bo’lgan globusni yaratgan. Ammo Beruniy bu shaklni nimadan (yog’och, qog’oz, temi
ryoki loydan) yasaganini aytmagan. Uning globus yasaganligi esa aniq ma’lumot. Globusning
diametri nihoyatda katta bo’lgan, u aytgan: - “10 cho’zim” taxminan 5 metr keladi. Bu globus
Xorazmda yasalgan, uning yasalgan yili to’g’risida ikki xil fikr bor: P.Bulgakov uni 995 yilda
yasalgan desa, Jak Bualo 1016 yilda yasalgan bo’lishi kerak deydi. Bu globus yuqoridagi
Beruniy fikridan kelib chiqib aytadigan bo’lsak, shaharlar orasidagi masofalarni aniqroq o’lchash
va shu bilan joylarning kenglik hamda uzunliklarini belgilash uchun mo’ljallangan .
Abu Ali ibn Sino relyefni vujudga kelishida ichki va tashqi kuchlarni o’rni va
ahamiyatini ochib berdi. Uning fikricha Yer yuzasi relyefi ichki va tashqi kuchlar ta’sirida
shakllanib va o’zgarib turadi.
Zahiriddin Muhammad Bobur o’zining «Boburnoma» asari bilan regional geografiyani
rivojlanishiga juda katta hissa qo’shdi. «Boburnoma»da keltirilgan ma’lumotlar asosida O’rta va
Janubiy Osiyo davlatlarining o’rta asrlardagi tabiiy sharoiti va xo’jaligi haqida fikr yuritish
mumkin.
Mahmud Qoshg’ariy «Devoni lug’ati turk» asarida juda ko’p geografik atama va
tushunchalar haqida ma’lumotlar bergan va Dunyo xaritasini tuzgan
5
.
Do'stlaringiz bilan baham: