5
Geografik qobiqning hozirgi bosqichidagi eng muhim xususiyati unda odamzodning
mavjudligidir. Geografik qobiqning yuqorigi va quyi chegarasi hayot tarqalgan joylar
chegarasiga to’g’ri keladi. Geografik qobiq o’rtacha balandligi 11 km bo’lgan troposferaning,
yer yuzasidagi qalinligi okeanlarda 11 km gacha boradigan butun suv qobig’ini hamda
litosferaning yuqorigi 2-3 km qatlamni o’z ichiga oladi
2
.
Tabiiy geografiya geografik qobiqni tarkibi, tuzilishi, rivojlanishi va xududiy
tabaqalanishi haqidagi fanlar tizimidir. Mazkur fanlar tizimi o’z navbatida uch guruhga
bo’linadi:
-umumiy tabiiy geografik fanlar guruhi. Mazkur fanlarga umumiy yer bilimi, umumiy
geomorfologiya, umumiy gidrologiya tabiiy geografik rayonlashtirish va boshqa fanlar kiradi;
-maxsus (xususiy) tabiiy geografik fanlar guruhiga tuproq geografiyasi, geobotanika,
zoogeografiya, iqlimshunoslik va boshqa fanlar kiradi;
- regional tabiiy geografik fanlar guruhiga materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi,
alohida davlatlar va o’lkalar tabiiy geografiyasi kiradi.
Umumiy yer bilimining o’rganish ob’ekti geografik qobiqdir. Geografik qobiqning
tarkibiy qismlari: Tog’ jinslari, suvlar, havo, tirik modda va boshqalar har xil ko’rinishda bo’lishi
mumkin (qattiq, suyuq, gaz). Yerdagi barcha kimyoviy elementlar geografik qobiqda mavjud.
Geografik qobiqqa Quyosh va koinotdan keladigan issiqlikdan tashqari Yerning ichki qismidan
ham issiqlik kelib turadi.
Geografik qobiqning tarkibiy qismlari orasida doimo modda va energiya almashinuvi
sodir bo’lib turadi. Ushbu almashinuv havo va suv xarakati, yer osti va yer usti suvlarining
hamda muzlarning xarakatida namoyon buladi. Geografik qobiqning tarkibiy qismlarini o’zaro
ta’siri natijasida uning eng muhimi xususiyatlaridan biri bo’lgan, yaxlitlik va bir butunlikning
namoyon bo’lishiga olib keladi.
Materiklar yuzasida litosfera (tog’ jinslari va relyef), atmosfera (havo massalari va
yog’inlar), gidrosfera (yer osti va ustki suvlari, muzlar), biosfera (mikroorganizmlar, o’simlik va
xayvonot dunyosi)ning o’zaro ta’siri natijasida turli tabiatga ega bo’lgan xududlarning muayyan
turlari, ya’ni o’rmonlar, botqoqliklar, dashtlar, cho’llar, tundra va boshqalar vujudga keladi.
Mazkur hududlarning landshaftlarini o’rganish geografiyaning, ayniqsa regional geografiyaning
vazifasi hisoblanadi
3
.
Geografiya fani Yerni umumiy va regional tadqiq qilishdan tashqari tabiiy geografik
muhitning ayrim tarkiblarini ham alohida o’rganadi. Tabiatning ayrim tarkiblari maxsus tabiiy
geografiya fanlari tomonidan o’rganiladi. Maxsus yoki xususiy tabiiy geografik fanlari guruhiga-
tuproq geografiyasi, geobotanika, zoogeografiya, glyatsiologiya, iqlimshunoslik, okeanografiya
va boshqalar kiradi.
Regional tabiiy geografiya ayrim hududiy tabiiy sharoitining shakillanishini va o’ziga xos
xususiyatlarini o’rganadi
4
.
Geografiya fanlari tizimininng ikkinchi katta tarmog’ini Iqtisodiy geografiya fanlari
guruhi tashkil qiladi. Iqtisodiy geografiya fanlari guruhi quyidagi qismlardan iborat:
-umumiy iqtisodiy geografiya fanlari;
-tarmoqlar iqtisodiy geografiyasi;
-regional iqtisodiy geografik fanlar;
Umumiy iqtisodiy geografiya fanlari guruhiga iqtisodiy geografiyaga kirish, iqtisodiy
rayonlashtirish nazariyasi va boshqa fanlar kiradi. Tarmoqlar geografiyasi xalq xo’jaligining
ayrim tarmoqlarini rivojlanishini va joylanishini o’rganadi.
Tarmoqlar iqtisodiy geografiyasi fanlari guruhiga tabiiy resurslar geografiyasi, qishloq
xo’jalik geografiyasi, transport geografiyasi va boshqalar kiradi. Regional iqtisodiy geografiya
fanlari jahon, ayrim mintaqalar, davlatlar va ma’muriy birliklarda xo’jalikni shakllanishi,
2
Vaxobov H. va boshqalar. Umumiy Yer bilimi. T.: Bilim, 2005, 8-b.
3
Strahler, Alan H, “Introducing physical geography”
Do'stlaringiz bilan baham: