O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universitetining pedagogika instituti «gumanitar fanlar kafedrasi»


-расм. You can see his theory in Figure 1.2



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/212
Sana01.06.2022
Hajmi4,1 Mb.
#624474
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   212
Bog'liq
fayl 2587 20220225

4-расм. You can see his theory in Figure 1.2
36

65 mln. yil muqaddam Lavraziya materigidan Yevrosiyo va SHimoliy Amerika 
materiklari, Gondvana materigidan Janubiy Amerika, Afrika, avstraliya va Antarktida 
materiklarii ajralib chiqqan. Ular orasida esa hozirgi okeanlar vujudga kelgan.
Yer sharida litosfera yirik 7 ta va uncha katta bo’lmagan plitalardan tashkil topgan . Bu 
plitalar doimo turli tomonga harakatlanadi va mantiyadagi moddalarning uyurma harakati, 
oqimini vujudga keltiradi. Litosfera plitalari chegarasida Yer yuzidagi yirik relyef shakllarini, 
vulkanik va seysmik mintaqalar vujudga keladi
37
.
Mantiya moddalarining yuqori tomonga harakatlanishi natijasida Litosfera plitalari bir-
biridan uzoqlashadi,bu zonada darz (rift)lar, yer yoriqlari, harakatdagi vulkanlar, kuchli zilzilalr 
bo’ladi (5-rasm). 
Geosinklinallar-Yer po’stining harakatchan, keng cho’zilgan qismlaridir. Geosinklinallar 
yuqori sur’atlarda kechadigan tektonik jrayonlar, kuchli magmatizm tez-tez sodir bo’lib 
turadigan dahshatli zilzilalar bilan ajralib turadi. 
5-rasm. Geosinklinallarning rivojlanishi
38

Geosinklinallar-Yer po’stining harakatchan, keng cho’zilgan qismlaridir. Geosinklinallar 
yuqori sur’atlarda kechadigan tektonik jrayonlar, kuchli magmatizm tez-tez sodir bo’lib 
turadigan dahshatli zilzilalar bilan ajralib turadi. 
Geosinklinallarni rivojlanishda to’rtta bosqich ajratiladi: 
- birinchi yoki ilk bosqichda umumiy cho’kish, cho’kkan joyda dengizni hosil bo’lishi va 
yotqiziqlarni to’planishi sodir bo’ladi. Yotqiziqlar asosan qalin cho’kindi-vulkanik jinslardan 
iborat bo’ladi. Mazkur bosqichda cho’kindi jinslar uchun flish (qumtosh, -poydevor, 2-
konglomerat; 3-qumtosh va alevrolit; 4-gillur; 5-ohaktoshlar; 6-flish; 7-Yer yorig’i uzilish 
chizig’i; 8-intruziv jinslar; 9- granitlar.gil, mergellarni qonuniy ketma-ketligi)lar, vulkanik jinslar 
36
V.Ettwein and M. Maslin. «Physical geography: fundamentals of the physical environment». 2003, 10-
b. 
37
V.Ettwein and M. Maslin. «Physical geography: fundamentals of the physical environment.» . 2003, 
11-12-бет (mazmun-mohiyatidan foydalanildi). 
38
V.Ettwein and M. Maslin. «Physical geography: fundamentals of the physical environment.» . 2003, 
12-b. 


38 
uchun esa lava yotiqiziqlari xos. Mazkur joy cho’kkan sari yotqiziqlarni qalinligi orta boradi va 
ular qisman metamorfizmga uchraydi; 
- ikkinchi yoki o’rta bosqichda geosinklinallarda yotiqiziqlar hosil bo’lishi davom etadi, 
ularni qalinligi 8-15 km yetganda cho’kish jarayoni ko’tarilish bilan almashinadi. Cho’kindi 
jinslar burmalanadi, katta chuqurlikda esa ular metomorfizmga uchraydi, vulkanlar otila 
boshlaydi, yoriqlar va darzlarga magma kirib qotib qoladi. Bu bosqich cho’kindi to’plangan 
zonaning qator bukilmalar va ko’tarilgan orollarga bo’linib ketishi bilan tugallanadi; 
-uchinchi yoki oxirgi bosqichda geosinklinallarda Yer po’stini cho’kishi tugab, tog’lar 
paydo bo’la boshlaydi, tog’ jinslari qatlamlari burmalanadi, ular metamorfizmga uchraydi, tog’ 
tizimlari vujudga keladi. Oddiy burmalar sinklinallar va antiklinallar deb ataladi
- to’rtinchi bosqichda tashqi jarayonlar ta’sirida ko’tarigan tog’lar bir necha o’n va 100 
millionlab yillar davomida yemirila boshlaydi: Yemirilgan tog’ jinslari hosil bo’layotgan 
platformalarning chekkalarida paydo bo’lgan suv bilan to’lgan kambar cheka bukilmalarga olib 
borib yotqiziladi. Bukilmalarda to’plangan yotqiziqlarning qilingan 10 km. ga yetishi mumkin. 
Tog’lar asta-sekin yemirilish jarayonida do’ngli tekisliklarga, ya’ni peneplenga aylanib qoladi. 
Geosinklinal rivojlanish bosqichida Yer po’sti qalinlashadi, barqaror va qattiq bo’lib 
qoladi, yangi burmalanishga qodir bo’lmay qoladi. 
Geosinklinal taraqqiyotining barcha boskichlarida magma cho’kindi jinslar orasiga kirib 
boradi, vulkanlar otilgan vaqtlarda esa lava bo’lib Yer yuzasiga oqib chiqdi.
Platformalar Yer po’stining barqaror qismlaridir. Geosinklinal taraqqiyotining oxirgi 
bosqichi platformalarni hosil bo’lishidir. 
Platforma ikki qavatdan iborat. Uning birinchi qavati platforma poydevori hisoblanadi. 
Platforma poydevori mustahkam, kam harakatchan bo’lib, kristali tog’ jinslaridan, asosan 
magmatik va metaomorfik jinslardan tuzilgan, ikkinchi qavat poydevor ustida joylashgan bo’lib, 
ko’pincha gorizontal yotgan cho’kindi jinslardan tarkib topgan. Ilgari aytganimizdek 
geosinklinal o’rnida uning taraqqiyoti davomida burmali tog’lar vujudga keladi. Mazkur 
tog’larning uzoq davr davomida yemirilishidan platformaning poydevori vujudga keladi. Ushbu 
poydevor kuchli bukilgan, metamorfizmga uchragan qadimgi tog’ jinslaridan tarkib topgan, 
ularni granitlar yorib chiqqan. Poydevorning asta-sekin cho’kishi natijasida uning yuzasida 
dengizlar vujudga kelgan. Dengiz tubida cho’kindi jinslar- qumlar, gillar, ohaktoshlar to’plana 
boshlagan. Poydevorning asta-sekin ko’tarilishi oqibatida dengizlar chekingan va ularning 
o’rnida yuzasida cho’kindi jinslar bo’lgan tekislik vujudga kelgan. Platformaning ikkinchi 
qavati, uning cho’kindi jinslardan iborat ustki qismidir
39

Platformalar yoshiga qarab ham farqlanadi. Platformaning yoshi quyi qavat, ya’ni 
poydevor paydo bo’lgan davr bilan belgilanadi. Eng qadimgi platformalar tokemberiy, ya’ni 
arxey, proterozoy eralarida vujudga kelgan platformalardir. Ularga Sharqiy Yevropa, Sibir, 
Xitoy, Arabiston, Hindiston, Avstraliya, Afrika, Antarktida, Shimoliy Amerika va Janubiy 
Amerika platformalari kiradi. 
Platformalardan kristall jinslardan iborat poydevor Yer yuzasiga chiqib qolgan katta-katta 
maydonlar ajralib turadi. Bunday joylarni qalqonlar deyiladi. Qalqonlar odatda asta-sekin 
ko’tarilib boradi. Platformalar poydevori ancha cho’kkan va ular cho’kindi jinslar bilan to’lgan 
joylar plitalar deb ataladi. Ular asta-sekin cho’kishda davom etmoqda. 
Yer po’sti tuzilishining yana bir xususiyatlaridan biri kontinental riftlardir. Ular 
geosinklinallarga o’xshab harakatchan bo’ladi, seysmiklik va vulkanizm yuqori darajada 
rivojlangan bo’ladi, uzoq masofalarga cho’zilgan va tor bo’ladi. Ikkalasini ham vujudga kelishi 
Yer po’stini gorizontal kengayishi natijasida vujudga keladi. 
Yer po’sti tuzilishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan riftlar ham platformalarga o’xshab 
turlicha yoshga ega. Rifey davridan Kaynazoy davrigacha rivojlangan riftlar avlakogenlar 
(grekcha aulak-ariq, genes hosil bo’lish) deb ataladi Masalan, Sharqiy Yevropa platformasidagi 
39
V.Ettwein and M. Maslin. «Physical geography: fundamentals of the physical environment.» . 2003, 
13-14-бет (mazmun-mohiyatidan foydalanildi). 


39 
Pripyatь-Dnepr-Donetsk avlakogeni rifeyda hosil bo’lgan, uni shakllanish jarayoni chuqurda 
kristall poydevorda yirik yoriqlarni vujudga kelishi bilan kechgan. Shunga o’xshagan Yer 
po’stining «ariqlari» allaqachon faoliyatini to’xtatgan va cho’kindi yotqiziqlar bilan to’lgan. 
Aylanasimon tuzilmalar ham Yer po’stining asosiy tuzilmalaridan hisoblanadi. Oxirgi 20-
30 yillar ichida olimlar Yer po’stining aylanasimon tuzilmalariga ko’proq e’tibor berisha 
boshladi (F,N. Milьkov, 1990) Ilgari aylanisimon tuzilmalarga uncha e’tibor berilmagan, ularni 
qandaydir tasodif deb o’ylashgan. Ammo mayda o’lchamli aerosuratlar, ayniqsa kosmosuratlar 
taxlil qilinganda aylanasimon tuzilmalar Yer po’sti tuzilishini asosiy xususiyatlaridan biri 
ekanligi ma’lum bo’ldi. Ularning ko’ndalang bo’yicha uzunligi 10-15 km dan bir necha ming 
kilometrgacha yetishi aniqlandi. Ularning kelib chiqishi ham turlicha. Yirik aylansimon 
tuzilmalar million va milliard yillar davomida shaklanadi. Ular Yer po’stida metamorfik, 
magmatik va tektonik jarayonlarni majmuali ta’sirida vujudga keladi. Yirik aylanasimon 
tuzilmalarni bevosita joylarda ko’rish murakkab. Ammo kichikroq aylanasimon tuzilmalarni 
ko’rish mumkin. Ayniqsa, meteoritlar ta’sirida hosil bo’lgan aylanasimon tuzilmalarni o’rganish 
juda oson. 

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish