kriosfera
deb nomlanadi . Kriosfera yaxlit tarqalmagan qobiq
bo’lib, u atmosfera, gidrosfera va litosferaning o’zaro termik ta’sir zonasida joylashgan. Unga
doimiy manfiy harorat xos. Yuqorida aytib o’tilgan uch omilning birontasi bo’lmasa , muzliklar
hosil bo’lmaydi.
Kriosferaga fasliy va ko’p yillik qor qoplamlari, fasliy va ko’p yillik muzloqlar, tog’
muzliklari va muz qoplamlari hamda yoriqlardagi va yer ostidagi muzlar kiradi.
Yer po’stining manfiy haroratga ega bo’lgan va yer osti muzlari va tuproqlarni fasliy
muzlaydigan joylari mavjud yuqori qismi
kriolitozona
deb ataladi. Doimiy qor qoplamining
umumiy maydoni shimoliy yarim sharda 2mln.km
2
, janubiy yarim sharda 14 mln km
2
, doimiy
muzlar va tog’lardagi muzlar maydoni 14 mln km
2
. Demak, qor qoplamining umumiy maydoni
30 mln km
2
atrofida, ya’ni yer yuzasining 6%i qor bilan qoplangan.
Vaqtinchalik qor qoplamining maydoni shimoliy yarim sharda 59 mln km
2
, janubiy yarim
sharda 2 mln.km
2
, vaqtincha dengiz muzlari yuzasida 24 mln km
2
Domiy va vaqtincha muz qoplamining umumiy maydoni 113 mln km
2
, ya’ni yer yuzasining
22%ni tashkil qiladi. Muzliklar bilan qoplangan eng katta xudud – Shimoliy Muz okeanidir,
uning maydoni 12.600 000 km
2
.
Yer sharidagi eng uzun tog’ muzlik Lagon tog’idagi Xabbard muzligi- 145 km.
Eng katta harakatdagi muzlik Lamberta muzligi (Antarktida) eni 64 km, uzunligi 470
km.
Alp tog’laridagi eng yirik muzlik- katta Alech muzligi bo’lib, uning uzunligi 26,8 km,
qalinligi 790 m ga boradi. Islandiyadagi Vatna – yoqul muzligining qalinligi 1036 m. tog’
muzliklarining qalinligi odatda 200 – 400 m bo’ladi. Antarktida bilan Grenlandiyadagi
materik muzlari nihoyat katta va qalindir.
Ko’pchilik tog’li o’lkalardagi muzliklar sutkasiga 20 – 80 sm ga, yiliga 100 – 3000
m harakat qiladi. Faqat Himolay tog’laridagi muzliklarning tezligi sutkasiga 2 - 3 m yoki
yiliga 700 – 1300 m.
Grenlandiya va Antarktida muzlik qalqonlarida muzning harakati yana ham sust –
sutkasiga 3 -30 sm, yani yiliga 10 – 130 m. Biroq bu qalqonlardan ajralib chiqqan
muzliklar tog’ muzliklariga qaraganda ham tezroq – sekundiga 300 sm dan 2700 sm gacha
yoki yiliga 1 km dan 10 km gacha tezlik bilan harakat qiladi. Muzlik harakat qilganda
uning tanasida zo’riqish (taranglik) vujudga keladi, bu esa muzlikda yoriqlar hosil
bo’lishiga olib keladi. Muzlikning yon va o’rta qismlaridagi oqish tezligi bir - biridan
farq qilishinatijasida yon yoriqlar vujudga keladi. Muzlik tagidagi chaqiq joylarni kesib
o’tganda muzlikda ko’ndalang yoriqlar vujudga keladi. Tik tushib kelgan joylarda
sharsharaga o’xshash muz ko’lami – “shavvolari” bo’ladi. Muzlik tor vodiydan keng
vodiyga o’tganda bo’ylama yoriqlar orqali ajralib ketadi. Muz quyish nuri, yomg’ir va
shamol ta’sirida erishi natijasida muzlik yuzasida o’yiqlar va chuqurlar hosil bo’ladi.
Muzlik ustidagi toshlar muzga qaraganda to’q tusli bo’lganligidan tez qizib, tosh ostidagi
muz erib chuqurcha hosil bo’ladi, bu yerga erigan suv oqib kelgach, girdob yoki muz
kamarlari vujudga keladi. Katta g’ola toshlar, aksincha muzni erib ketishdan saqlaydi va
muz qo’ziqorinlari hamda muz kursilarining hosil bo’lishiga olib keladi.
77
Do'stlaringiz bilan baham: |