66
tubidagi suvlar yuqori tomon harakatlanib yuzaga chiqadi. Bunday joylar apveling deb
ataladi
63
.
Dengiz oqimlari iqlimga juda katta ta’sir ko’rsatadi. Suv soviganda o’zidan havoga
ancha miqdorda issiqlik chiqaradi, isiganda esa havodan ko’pgina issiqlik oladi. Dengiz
oqimlari issiqlikni bir joydan ikkinchi joyga olib boradi. Oqib kelgan suv u yetib borgan
hududlardagi suvdan iliq bo’lsa, bunday oqimlar iliq oqimlar deb ataladi, oqib kelgan suvning
harorati bu oqimlar yetib kelgan yerlardagi suv haroratidan past bo’lsa, bunday oqimlar sovuq
oqimlar deb ataladi. Quyi geografik kengliklardan yuqori geografik kengliklar tomon oqadigan
oqimlar iliq, yuqori kengiliklardan quyi kengliklar tomon oqadigan oqimlar sovuq bo’ladi.
Golfstrim va Shimoliy Atlantika iliq oqimi Shimoliy Atlantikaning 1 sm
2
joyiga yiliga
80-100 katta kaloriya issiqlik olib keladi, bu issiqlik mazkur hududlardagi Quyosh
radiatsiyasiga tahminan to’g’ri keladi. Dunyodagi eng yirik dengiz oqimlaridan biri iliq
Golfstrim (Shimoliy Atlantika Drifti) oqimi Meksika qo’ltig’idan Shimoliy dengizlar tomon
iliq va nisbatan sho’r bo’lgan suv massasini yetkazadi. Ushbu oqim o’z navbatida Yevropa
qit’asiga nam havo massalarini olib keladi
64
.
Kurosio oqimi Yapon orollari yaqiniga 20-30 katta kaloriya issiqlik olib keladi. Sovuq
Kaliforniya oqimi o’tadigan Kaliforniya sohili yaqinida 20 va 40 shimoliy kenglik orasida esa
okean har bir kvadrat santimerdan yiliga 60 katta kaloriya energiya sarf qiladi.
Golfstrim oqimi deganda keng ma’noda Meksika qo’ltig’idan to Shpitsbergan oroligacha
davom etuvchi juda katta oqimlar sistemasi tushuniladi. Tor ma’noda olganda, Golfstrim
sistemasini Meksika qo’ltig’idan boshlanib, Nyufaundlend yaqinidagi sayozlikda tugaydigan
boshlang’ich qismidir. (Golfstrim qo’ltiq oqimi demakdir). Atlantika va Tinch okeanidagi
oqimlar sistemasi bir-biriga o’xshaydi, lekin bu oqim sistemalari ekvatorga nisbatan simmetrik
joylashgan emas. Shimoliy yarim sharning iliq olari – Golfstrim va Kurasio shimolda to
Arktikagachi kirib boradi, Janubiy yarim shardagi – Braziliya, Igna burni va Sharqiy Avstraliya
oqimlari j.k.ning 35
-
paralleli
yaqinidayoq tugaydi.Peru va Bengaliya sovuq oqimlari
Antarktikaning sovuq suvlarini ekvatorgacha olib boradi, Labrador va Kamchatka oqimlari esa
Arktika suvlarini 45
0
sh.k.gacha olib keladi.Bunga qisman materiklarning joylashishi va qirg’oq
chizig’ining yo’nalishi sabab bo’lsa, Yana shimoliy oqimlarning ustunligi va junbga yo’nalgan
oqimlarning kuchsizligi va h.q.Okean oqimlarining ahamiyati kattta. U issiqlikni, yog’inni va
h.q.ni taqsimlaydi
65
.
Do'stlaringiz bilan baham: