O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universitetining pedagogika instituti «gumanitar fanlar kafedrasi»


Biosferada moddalarning asosiy toifalari



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/212
Sana01.06.2022
Hajmi4,1 Mb.
#624474
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   212
Bog'liq
fayl 2587 20220225

4. Biosferada moddalarning asosiy toifalari.
Biosferada moddaning o’rin almashishi 
ozuqa zanjiri orqali bir – biri bilan bog’langan organizmlar ta’sirida amalga oshiriladi. Shuning 


100 
uchun barcha organizmlar produtsent, konsument va redutsentlarga ajratiladi. Produtsentlar 
biosferada yashovchi xamma organizmlarni organik modda bilan ta’minlovchi yashil 
o’simliklardan iborat bo’lsa, konsumentlar geterotrof organizmlardan iborat. Redutsentlar 
organik moddani parchalovchi organizmlardan iborat bo’lib ular asosan bakteriyalar, 
zamburug’lar, sodda organizmlardan iborat. 
Biosferadagi organizmlarning ko’pchiligi erkin kislorod mavjud muhitda yashovchi 
aerob organizmlardan iborat. Qolgan qismi kislorodsiz muhitda yashovchi organizmlar bo’lib, 
ular asosan mikroorganizmlardan iborat. 
5. Organizmlarning oziqlanishiga ko’ra xillari.
Sayyoramizdagi
 
organik
 
dunyo 
qadimdan o’simliklar va xayvonot dunyosiga ajratiladi, hozir tirik organizmlarning xujayralar 
darajasida o’rganish natijasida ular ikkita yirik guruxga ajratish imkoni yaratdi. Ular prokariot va 
eukariot guruxlardan iborat. Prokariot organizmlarga bakteriyalar va ko’k yashil suv o’simliklari 
kiradi. Biosferada eng ko’p tarkalgan organizmlar bakteriyalar bo’lib, eng kichik sharsimon 
bakteriyalarning diametri 0,1 mkm atrofida bo’ladi. Bakteriyalarning ko’pchiligi cho’zinchoq, 
yo’g’onligi 0,5 – 1 mkm, uzunligi 2 – 3 mkm keluvchi tayoqcha shaklidagi organizmlardan 
iborat. Bakteriyalar hamma joyda uchraydi, lekin eng ko’p tuproq qatlamida to’plangan. 1 gr 
tuproqda 200 – 500 mln, hosildor qora tuproqlarning 1 grammida 2 mlrld.dan ortiq bakteriya 
uchraydi. Toza suvning 1 grammida 100 – 200 bakteriya bo’lsa, iflosroq suvda uning soni 100 – 
300 mingga yetishi mumkin. Ko’k – yashil o’simliklar asosan chuchuk suv xavzalarida ko’proq 
uchraydi. 
Eukariot organizmlar o’simliklar, qo’ziqorinlar, hayvonlardan iborat. 
O’simliklar biosferadagi shakli, kattaligi xaddan tashqari xilma – xil organizmlardan iborat 
bo’lib, asosan fotosintez jarayoni bilan bog’liq avtotrof organizmlar hisoblanadi. Ularning 
alohida katta bir guruhi suv o’simliklari bo’lib ular xlorofill xujayrali sodda changli 
o’simliklardir. Suv o’tlari sayyoramizdagi eng qadimgi suv va karbonat angidridi hisobiga 
fotosintez jaryoni amalga oshirgan organizmlar bo’lib azot, oltingugurt, fosfor, šaliy va boshqa 
tirik hujayra uchun zarur elementlarni o’zlashtirish imkoniga ega. 
Boshqa oliy tabaqali o’simliklar quruklikda keng tarqalgan bo’lib, ulardan eng katta 
guruxi yopiq urug’li o’simliklarning 250 mingga yaqin turi mavjud. 
Atrof – muhitni sharoitiga moslashgan holda organizmlar o’ziga xos tashqi ko’rinishga, 
fiziologik xususiyatlarga, ichki tuzilisha ega bo’lganlar. O’simlik va xayvonot dunyosini 
tarqalishiga har xil ekologik omillar katta ta’sir ko’rsatadi. Ular uch gurux omillaridan iborat 
bo’lib, abiotik, biotik va antropogen omillarga ajratiladi. Abiotik omillar ichida iqlimiy, tuproq 
omillari muhim axamiyatga ega. O’simliklar tanasidagi asosiy jarayonlar – fotosintez, 
transpiratsiya modda almashishi faqat ma’lum sharoitda issiqlik, namlik yorug’lik yetarlicha 
bo’lgandagina amalga oshadi. O’simliklarni geografik tarqalishida ayniqsa haroratning ta’siri 
juda katta. Quruklikdagi har xil landshaft turlarining tarqalishi xam shu omil bilan bog’liq. 
Masalan, Yevropada kengbargli dub daraxtining tarqalish chegarasi yanvar oyining 0
0
izotermasi 
bilan chegaralangan bo’lsa, xurmo daraxtining shimoliy chegarasi yillik +19

izoterma bilan 
cheklangan. Havo harorati bilan xayvonlarning fiziologik va morfologik tuzilishida, 
o’simliklarning tashqi ko’rinishiga shamolning ta’siri haqida ko’plab ma’lumotlar mavjud. 
Yer osti o’simliklari uchun namlikning axamiyati juda katta. O’simliklar o’ziga kerakli 
suvni tuproqdan tomirlari orqali so’rib oladi va yashil qismi orqali bug’latadi. Masalan, bitta oq 
qayin sutkasiga 75 l, buk daraxti 100 l, lipa daraxti 200 l gacha suvni buђlatadi. Suvga bo’lgan 
munosabatiga qarab o’simliklar gidrofitlar, mezofitlar, kserofitlarga ajratiladi. 
Organizmlar hayotida biotik omillar xam muxim axamiyatga ega. Har bir tirik organizm 
boshqa organizmlar mavjud muhitda, ular bilan chambarchas bog’langan xolda yashaydi. 


101 
Natijada bir – biri bilan bog’langan organizmlar to’plami vujudga kelib ular biogeotsenozni 
vujudga keltiradi. 
Yuqorida ko’rsatilgan omillar natijasida materiklarda geografik jarayonlarni bo’ylama va 
ko’ndalang zonalari vujudga kelgan. O’simliklar massasini geografik mintaqalar bo’ylab 
tarqalishida o’ziga xos qonuniyat mavjud bo’lib, u asosan atmosfera tsirkulyatsiyasi va 
radiatsion chegaralar bilan bog’liq. Olingan ma’lumotlarga qaraganda biomassaning eng ko’p 
miqdori ekvatorial mintaqaga to’g’ri keladi. Tropik mintaqaga borgan sari uni miqdori kamayib, 
mo’tadil mintaqada yana biroz ko’payadi. 
Okean tirik organizmlar vujudga kelgan birlamchi muhit xisoblanadi. Uning shakllanishi 
sayyoramizning ilk shakllanish davriga to’g’ri keladi. Okean muhiti hayotni rivojlanishi uchun 
qulay, o’ziga xos muhit hisoblanadi. Okeanda, suvda suv organizmlari uchun zarur bo’lgan 
xamma kimyoviy elementlar eritma tarkibida mavjud. Okean suvi doimo harakatda bo’lib, uning 
suvini almashib turishida dengiz oqimlarining axamiyati juda katta. Gorizontal harakatdan 
tashqari suvning vertikal harakati xam mavjud. Bu harakatlar natijasida Dunyo okeaninig suvlari 
bir butun muhit, gidrosferani vujudga keltiradi. 
Dunyo okeanining maydoni 361 mln.km
2
atrofida bo’lib unda 1,37 mlr.km
3
suv 
to’plangan. Okean suvlarida 48 10
15
t har xil tuzlar eritma shaklida mavjud. Okean hayot 
muhitining chagarasi yo’q. Shuning uchun har xil organizmlar yashashi va shakllanishi uchun 
qo’lay. Eng qadimgi organizmlarning mikroqoldiqlari suvda yashovchi organizmlar bo’lganligi 
aniqlangan. 
Hisob kitoblarga ko’ra okeanda 160 mingga yaqin xayvon va 10 mingga yaqin o’simlik 
turi mavjud. Ќayvonlar ichida 16 ming baliq turi, 80 ming molyuskalar turi, 20 mingga yaqin 
qisqichbaqasimonlar turi, 15 mingga yaqin sodda organizmlar va boshqalar mavjud. 
Umurtqalilar orasida baliqlardan tashqari okeanda toshbaqa va ilonlar, 100 ga yaqin 
sutemizuvchi (kitsimonlar) ќayvon turlari mavjud. 
Biosferadagi hamma tirik organizmlarning massasi biomassa deb yuritiladi va Yerning 
boshqa qismlariga taqqoslaganda u juda kichik ko’rsatkichga ega. Quruqlikdagi xamma tirik 
organizmlarning 99% ga yaqini o’simliklar massasidan iborat. Shuning uchun ko’pincha 
biosferadagi jarayonlar taxlil etilganda fitobiomassaning ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. 
Biomassaning miqdoriga bir qator ekologik omillarning, ayniqsa, biotik va antropogen 
omillarning ta’siri juda katta, shuning uchun biomassaning Yer yuzasida tarqalishi geografik 
mintaqa va zonalar bilan chambarchas bog’lik. Geografik mintaqalar radiatsion ko’rsatkich va 
atmosfera tsirkulyatsiyasi bilan bog’lik holda kengliklar bo’ylab joylashgan. Har bir geografik 
mintaqa ma’lum havo massalarining xukmronligi bilan ajralib turadi. 
O’simliklarning ma’lum maydondagi massasini, Yerning geografik mintaqalari bo’ylab 
tarqalishi taxlil qilinganda eng ko’p miqdor ekvatorial va subekvatorial mintaqaga to’g’ri 
kelishini ko’ramiz. Bu mintaqalardagi biomassa arktiqa mintaqasidagi biomassadan qariyb 5 
barobar ko’p. Ekvatorial mintaqadan tropik mintaqaga borgan sari biomassa miqdori keskin 
kamayib ketadi, mo’tadil mintaqada biomassa yana ko’payib subarktik va arktika mintaqalariga 
borgan sari kamayib boradi.Tabiiy landshaftlarga antropogen ta’sirininig kuchayib borishi har bir 
ekotizmlarni shakllanish va rivojlanish qonuniyatlarini anglab olishni taqozo etadi, faqat 
shundagina tabiiy resurslardan oqila foydalanish va muxofaza qilish qoidalarini ishlab chiqish 
mumkin. Shu nuqtai nazardan har bir tuproq – o’simlik tabiat zonalarining moddani birlamchi 
biologik o’rin almashish zanjiri sifatida biologik maxsuldorligini bilish muhim axamiyatga ega. 
Bu sohada bir qator olimlar tomonodan ko’plab ma’lumotlar to’plangan. Ko’pchilikning tan 


102 
olishicha hozircha eng aniq ma’lumotlar N.I.Berilievich, L.Ya.Rodin va N.N.Rozovlar 
tomonidan to’plangan (13-jadval) 
Xuddi shunga o’xshash qonuniyat tog’lardagi asosiy vertikal zonalarda xam mavjudligi 
aniqlangan. Eng ko’p fitobiomassa tog’ o’rmon zonalariga to’g’ri kelib uning miqdori gektariga 
3000 kg. gacha yetishi mumkin. 
Tog’ jinslarini haroratning o’zgarishi, suv, shamol, muz, o’simliklar, xayvonot dunyosining 
mexanik, fizik yoki kimyoviy ta’sirida o’zgarishi va oxiri kelib butunlay o’zgarishi va 
maydalanishiga nurash jarayoni deyiladi. 
Tog’ jinslari va minerallarni nurashga chidamliligi ularning ichki tuzilishi va shu joyning 
tabiiy geografik sharoitiga bog’liq. Minerallar ichida nurashi oson mineral dala shpati bo’lsa, 
nurashga chidamli mineral kvarts hisoblanadi. Nurashga ta’sir ko’rsatuvchi tabiiy geografik 
sharoit deganda ma’lum joyda suvning mo’lligi yoki tansiqligi, uning xossasini o’zgarishiga 
ta’sir ko’rsatuvchi sharoitni o’zgarib turishi, tirik organizmlarning faoliyati, xavo harorati va 
namlik tushuniladi. Bu omillar ko’p jixatdan zonallik qonuniyatiga bo’ysunadi, shuning uchun 
quruqlikda mintaqaviy nurash qobig’i vujudga keladi. 
Nurash ta’sirida minerallar qayta kristallashadi va uqalanadi. Geografik qobiq uchun 
moddaning eng mayda zarrachalari – gell va kolloidlar (loyqa, gumus va boshqalar) katta 
axamiyaga ega. 
Nurash faqat qattiq moddaga ta’sir ko’rsatib qolmasdan nurash qobig’idagi suv va 
xavoning xususiyatlarini xam o’zgartiradi. Eritmadagi ionlar suv bilan birga harakat kiladi, 
boshqa ionlar bilan birlashadi, cho’kindi hosil qiladi va kristallashadi. 
Nurash jaryonida Yer yuzasida o’ziga xos qatlam nurash po’sti – geologik farmatsiyani 
vujudga keltiradi. Nurash po’sti parchalangan (oksidlanish, gidratsiya va gidroliz ta’sirida 
maydalangan) mahsulotlardan va ishqorsizlangan tog’ jinslaridan tashkil topadi. Agar ular 
dastlab hosil bo’lgan joyda qolsa uni qoldiq nurash po’sti, agar biror joydan boshqa joyga olib 
ketilgan bo’lsa qayta yotkizilgan nurash po’sti hosil bo’ladi. 
13-jadval 

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish