3. Tirik organizmlarning bioximik funktsiyalari.
Sayyoramizdagi tirik moddaning
elementar kimyoviy tirkibi bir qator kimyoviy elementlar, asosan H, S, O, R, N, S, kabi
elementlardan iborat, shuning uchun bu elementlar
biofil
elementlar deyiladi. Bu elementlarning
atomlari tirik organizmlarda suv va har xil mineral tuzlar bilan birgalikda murakkab
molekulalarni vujudga keltiradi. Bunday molekulyar tuzilmalar uglevodlar, lipidlar, oqsillar va
nuklein kislotalardan iborat.
Uglevodlar – S, N, O dan iborat organik modda bo’lib, umumiy kimyoviy tarkibi C
n
H
2n
O
n
formulasi sifatidagi ko’rinishga ega. Uglevodlar sodda – monoshakar va murakkab yarimshakar
shaklida bo’lishi mumkin. Uglevodlar har xil shakldagi xujayralarning asosiy energiya manbai
hisoblanadi. Ular o’simliklarda turg’un to’qimalarni vujudga keltiradi va organizmlar uchun
zaxiradagi ozuqa moddasi hisoblanadi. Uglevodlar yashil o’simliklardagi fotosintez jarayonini
birlamchi mahsulidir.
Lipidlar – ular moy va moysimon moddalar bo’lib, suvda yomon eriydi, asosan N va S dan
iborat. Hujayra devorchalari (membranalar) lipidlardan tuzilgan. Moy issiqlikni sekin
o’tkazishligi sababli organizmlarda himoya funksiyasini bajaradi, zarur paytda organizmlar
uchun zaxiradagi ozuqa siftida xizmat kiladi.
Oqsillar – organizdagi eng murakkab kimyoviy birikmalar bo’lib, 20 ga yaqin har xil
aminokislotalar yig’indisidan iborat. Oqsillar molekulasi murakkab va xajmi katta, shuning
uchun ularni makromalekulalar xam deyishadi. Xoxlagan aminokislotani molekulasi o’ziga xos
bo’lgan qismdan yoki radikaldan (R) va hamda aminokislotalarga xos bo’lgan aminoguruxlar
(NH
2
) va karboksil (SOON) guruxi qismidan iborat. Oqsil molekulalari o’nlab yoki yuzlab
aminokislotali molekulalar zanjiridan iborat. Tirik organizmlarda oqsillarni ko’pligi kimyoviy
reaktsiyalarni o’nlab, yuzlab million marotaba tezlashtiruvchi tabiiy katalizator – ferment rolini
o’ynaydi. Hozir minglab bunday fermentlar mavjud. Ularning tarkibiga oqsildan tashqari Ng, Fe,
Mn va boshqa metal atomlari xam kiradi.
Nuklein kislotalari – xujayralar yadrosida joylashgan bo’lib kislotalaring ikki xili –
dezoksiribonuklein (DNK) va ribonuklein ( RNK) kislotalaridan iborat. Organizmlarni tashqi
muhit bilan aloqasi oziqlanish, nafas olish va elskrement ajratish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Oziqlanishiga qarab hamma organizmlar avtotrof va geterotrof organizmlarga ajratiladi.
Avtotrof organizmlar to’g’ridan – to’g’ri atrofdagi mineral moddalarni iste’mol qilish
xususiyatiga ega bo’lib, unga asosan fotosintez jarayonini amalga oshiruvchi o’simliklarning
asosiy qismi kiradi. Geterotrof organizmlar tayyor organik moddalarni iste’mol qiluvchilar bo’lib
unga mikroorganizmlarning ko’p qismi va xamma jonivorlar kiradi. Ba’zan geterotrof va
avtotrof organizmlar orasidagi chegarani o’tkazish qiyin, chunki ulardan ba’zilari xam avtotrof
xam geterotrof oziqlanish imkoniyatiga ega. Bunday organizmlar miksorof organizmlar deyilib,
unga asosan suvdagi bir xujayrali organizmlar kiradi. Ular suvning yorug’lik darajasi yetarlicha
bo’lsa avtotrof, suv qorong’i bo’lganda suvda erigan organik moddalarni iste’mol qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |