Urilish deb- ikki yoki undan ko`p jismlarning juda qisqa vaqt davomidagi ta’sirlashuviga aytiladi
Absolyut noelastik urilish deb ikkita deformatsiyalanadigan sharlarning urilishiga aytiladi. To`qnashuvdan so`ng sharlar birlashib harakat qilishlari mumkin. Plastilin yoki loydan yasalgan sharchalarning to`qnashuvi bunga misol bula oladi. m1 va m2 massali sharlarning urilishgacha tezliklari mos ravishda v1 va v2 bo`lsin.
Absolyut elastik urilish deb ikkita deformatsiyalanmaydigan sharlarning urishiga aytiladi. Bunda sharlarning urilishdan oldingi kinetik enrgiyalari urilishdan keyin ham to`laligicha kinetik energiyaga aylanadi.