Moyli uzgichlar montaj qilish.
Reja :
1. Moyli balki uzgichlar montaj qilish
2. Moyli uzgichni montaj qilish sxemasi
1. Moyli balki uzgichlar montaj qilish Moyli bakli uzgichlarda shоуyoyni so‘ndirish va tok o‘tkazuvchi qismlarni izo- latsiya qilish uchun xizmat qiladi. 10 kV kuchlanishgacha (35 kV gacha bo‘lgan uzgichlarning ba’zi turlarida ham) uzgichlarning barcha fazalari bitta bakka ega boiadi, kattaroq kuchlanishlarda har bir faza uchun alohida bak ko‘zda tutilgan bo’ladi.
Moyli bakli uzgichlar yoy so‘ndirish qurilmalarining ishlash prinsipi bo'yicha 3 ta guruhga bo‘linadi:
. Avtopuflashli — bunda gazning yuqori bosimi va katta harakat tezligi yoyn- ing energiyasi yordamida hosil qilinadi;
. Majburiy moyli puflashli — bunda kontaktlarning ajralish joyiga gidravlik mexanizm yordamida moy haydab beriladi;
. Moyda magnitli so‘ndirish — bunda yoy magnit maydon ta’sirida tor tirqishlarga tortilib so‘ndiriladi.
Moyli bakli o‘chirgichlardagi shоу yoyni so‘ndirish va tok o'tkazuvchi qismlarni izolatsiyalash uchun xizmat qiladi.
10 kV И bo‘lgan kuchlanishlarda (35 kV gacha bo‘lgan ayrim o'chirgich- larning turlarida) o£chirgich bitta bakka ega bo‘lib, unda uchala fazaning ham- ma kontaktlari bo‘ladi, kuchlanish katta bo‘lganda har qaysi faza uchun o'zining baki bo‘ladi.
6.20-rasmda yoyni so'ndirish uchun maxsus qurilmaga ega bo‘lmagan bakli o‘chirgich sxemasi ko‘rsatilgan. 0‘chir- gichning po‘lat baki 1 bolptlar yordami- da quyma cho‘yan qopqoq 3 ga mah- kamlab osib qo‘yilgan. Qopqoq orqali oltita chinni izolator 4 o‘tgan bo‘lib. ularning tok o‘tkazuvchi steijenlarining uchiga qo‘zg‘almas kontaktlar 7 mah- kamlangan. Qo‘zg‘aluvchan kontaktlar 8 kontakt ko£prik yoki traversada turadi. Ularga harakat o'chirgich qop-qog'i ostiga joylashgan yuritma mexanizmi- dan izolatsiyalangan tortqi yordamida beriladi. Ulanganda traversa ko‘tarilgan bo'Iadi va kontakt ko£prik qo£zg£almas kontaktlar orasidagi zanjirni tutashtira- di. Bunda uzuvchi prujina 5 siqilgan bo‘ladi. O'chirgich ulangan holatda yuritmaning zashchyolkasi yordamida ushlab turilib, u val 6 bilan boglangan bo£ladi.
1- ra s m. Moyii-bakli o‘chirgichnmg sxematik kesimi:
1—po‘lat bak; 2—moy; 3-qopqoq; 4—o‘tuvchi izolyator; 5—uzuvchi prujina; 6— o'chirgich vali; 7—qo‘zg‘almas kontaktlar; 8—qo‘zg‘aluvchan kontaktlar (traversal; 9—bak devorlarining izolatsiyasi.
Avtomatik ravishda yoki qo‘lda uzganda zashchyolka bo‘shaydi va prujina ta’sirida traversa pastga tez tushadi (harakat tezligi 1.5—2.7 m/s ga yetadi). Bunda o‘chirgichning har bir qutbidagi ikkala nuqtada zanjir uziladi. Hosil bo‘lgan yoylar moy 2 ni parchalab, uni bug‘lantiradi. 70% gacha vodorodi bo‘lgan gaz-bug‘li pufak hosil bo‘ladi. Pufak ichidagi bosim 0.5—1 MPa ga yetadi, bu gazlaming ionsizlash qobiliyatini oshiradi. Yoy 0.08—0.1 s vaqt o‘tgach so‘nadi. Bakning devorlarida muhofazalovchi izolatsion qoplamlar 9 bor.
6.20-rasmda ko'rsatilganidek, o‘chirgichning bakiga yog‘ to‘la quyilmay, balki qopqoq tagida havo yostig‘i qoldiriladi. Bu yoyni so‘ndirish jarayonida hosil bo‘ladi- gan, yuqori bosimdan kelib chiqadigan o‘chirgich qopqog‘iga beriladigan kuchli zarbni kamaytirish uchun kerak.
Agar moy sathi keragidan ancha past bo‘Isa, u holda gazlar qopqoq tagiga kuchli qizigan holda keladi, bu vodorod bilan havo aralashmasining portlashiga olib keladi.
Ko‘rib chiqilgan o‘chirgichda yoyni so‘ndirish uchun maxsus qurilma bo‘lma- ganligi uchun, uning uzish qobiliyati yuqori emas. Bu tuzilishdagi o‘chirgichlar 6—10 kV li (VMB-10, VME-6, VME-10, VS-10) qurilmalarda qo‘llaniladi, biroq hozirgi paytda ular kam moyli o‘chirgichlar tomonidan siqib chiqarilmoqda. 35 kV va undan yuqori kuchlanishli tashqi qurilmalar uchun bakli moyli o‘chirgichlar kon- struksiyasining soddaligi sababli hozirgi paytda ham yetarli darajada keng qo‘llanil- moqda. Ko‘rib chiqilgan oddiy o‘chirgichlarga nisbatan ular maxsus qurilmalar — o‘chirish kameralariga ega.
Ishlash prinsipi bo'yicha yoy so‘ndiruvchi qurilmalami uch guruhga bo‘lish mumkin:
avtopuflagichli, bularda yoy zonasida gazning katta tezlikda harakatlanishii va yuqori bosim hosil bo‘lishiga yoyda ajraladigan energiya sabab bo‘ladi:
moyli majburiy puflash yo‘li bilan — bularda ajrash joyiga maxsus gidravlik mexanizmlar yordamida yuboriladi;
magnit yordamida moyda so‘ndirish, bularda yoy magnit maydon ta’sirida tor kanal va tirqishlarga yo‘naltiriladi.
Avtopuflagichli yoy so‘ndiruvchi qurilmalar eng samarali va oddiy hisoblanadi. Shuni aytib o‘tish kerakki, avtopuflash qurilmasi yoydagi tok qancha katta bo‘lsa, shuncha samaraliroq ishlaydi. Kichik toklarni uzishda gazlarning bosimi uncha katta bo‘lmasligi mumkin, shu sababli puflash yetarli boimay, yoyni so‘ndirish cho‘zila- di. Shunga ko‘ra avtopuflashli ba’zi so‘ndiruvchi qurilmalar kichik toklaming so‘nishini ta’minlaydigan qo‘shimcha moyni majburiy puflash bilan toidirilgan.
Qattiq kameralar ko‘rinishidagi yoy so‘ndiruvchi qurilmalar, odatda, yuqori kuchlanish kirishining tok o‘tkazuvchi steijenining pastki uchiga mahkamlanadi (6.22-rasm). Ayrim o‘chirgichlarda yoy so‘ndiruvchi kamera shtanganing pastki qis- miga mahkamlanadi (6.20-rasm). Kamerada o‘chirgichning nominal kuchlanishiga qarab bir yoki bir nechta uzilishlar bo‘lishi mumkin. Kuchlanish qancha yuqori
bo‘lsa, uzilish shuncha ko‘p talab etiladi. Asosiy uzilishlar orasidagi kuchlanishni bir xil taqsimlash uchun ularga parallel shuntlovchi qarshiliklar ulanadi. Asosiy uzilish- larda yoy so‘ngandan so‘ng, shuntlovchi qarshiliklardan o‘tayotgan tok, odatda. kameradan tashqarida yordamchi uzilishda so‘ndiriladi.
Yoy so‘ndiruvchi qurilmalarda izolatsiyalovchi plastinkalar va chiqish teshiklari yordamida ish kanallari hosil qilinib, ular orqali moy va gazlar harakatlanadi (puflash). Kanallarning joylashuviga qarab kameralar ko‘ndalang, bo‘ylama va qara- ma-qarshi ko‘ndalang puflovchi kameralarga boflinadi.
S—35—630—10 turidagi 35 kV ga mo‘ljallangan bakli o‘chirgichlarda har bir qutbga bitta ikki uzilishli qo‘zg‘aluvchan kamera to‘g‘ri keladi. Har bir qutb massiv cho‘yan qopqoq 2 asosida yig‘ilgan (6.20-rasm,b). Qopqoqqa ichki devorlari elek- trokarton bilan izolatsiyalangan bak osiladi. Qopqoq tagiga shtanganing to‘g‘ri chiziqli harakatini ta’minlovchi richaglar tizimiga ega boflgan yuritma mexanizmi o‘rnatilgan. Uchala qutblarning mexanizmlari o‘zaro tortqi bilan va o‘chirgichning yuritmasi bilan ulangan. Qopqoqlardagi teshiklar orqali kirgichlar o‘tkazilgan, ularning uchiga metallkeramik kavsharli qo‘zg‘almas G-simon kontaktlar o‘matil- gan. Qopqoq tagidagi har bir kirgichda ichkarida tok transformatori o‘rnatilgan. Shtanganing pastki qismiga izolatsiyalaydigan material orqali yoy so‘ndiruvchi kamera mahkamlangan, u taranglovchi boltlar bilan biriktirilgan ikkita korpusdan iborat. 6.20.-rasm,a da yoy so‘ndiruvchi kameraning korpusi ko‘rsatilgan.
2- rasm. S—35—630—10 turdagimoyli-baklio‘chirgich: a—umumiyko'rinishi: 1—o'chirgichqutbi; 2—yuritma; 3—lebedka; b-qutbkesimi; 1—qirgich; 2—qopqoq; 3— karkas; 4—yo'naltiruvchiqurilma; 5—qo‘zg‘almaskontakt; 6—qo‘zg‘aluvchiyoyso'ndirishkamerasi; 7— bak; 8—bakliqizdirishqurilmasi; 9—shtanga; 10—TV-15/10 turdagitoktransformatori.
Kameraning ichki bo‘lig‘i yoyga chidamli izolatsion material bilan qoplangan. Kamerada to‘rtta kontakt prujina 7 ga tayanadigan, ulagich ko‘rinishidagi qo‘zg‘a- luvchan kontakt 6 o‘rnatilgan. Qo‘zg‘almas kontakt 8 bilan tutashadigan joyiga me- tallokeramik plastinalar kavsharlangan. Uzilganda shtanga 1 kamera 4 bilan birga pastga tushadi, natijada ikkita uzilish hosil boiib, kamerada yoy yonadi (6.20- rasm,b). Kamerada bosim keskin ortadi va chiqish teshigi 5 ochilishi bilan ko‘ndalang puflash hosil bo‘ladi. Katta toklar uzilganda puflash energiyasi katta bo‘lib, yoy so‘nadi. Agar kichik toklar uzilsa, u holda qo‘zg‘almas kontaktlar kame- radan chiqqandan so‘ng (6.20-rasm, d) chiqish teshigi 3 orqali bo‘ylama puflash hosil bo‘lib, yoyning so‘nishini ta’minlaydi. Yoy so‘ndiruvchi qurilmada, havo bilan to‘ldirilgan yoy so‘ndiruvchi kameraning asosiy hajmi bilan biriktirilgan va moy bilan to‘ldirilgan uncha katta bo'lmagan havo yostig‘i metall kamera 2 bor. Kamera bo‘ylama kesimida shu bog‘lanishni amalga oshiradigan kanallar ko‘rinmaydi. Yoyning dastlabki yonish momentida (bosim keskin ortganda) moyning bir qismi havoni siqadi, bu yerda kamera devoriga beriladigan zarbni birmuncha kamaytira- di, yoydagi tok Nol orqali o‘tganda va yoy sohasidagi bosim pasaygan momentda esa siqilgan havo moyni siqib chiqaradi va qo‘shimcha puflash hosil bo‘ladi.
Yoy so‘ngandan so‘ng moyning parchalangan mahsulotlari kameradan chiqadi, bakdagi moy qatlamidan o‘tib soviydi va qopqoqdagi maxsus gaz chiqargichlar orqali tashqariga chiqadi. Kamera moy bilan to‘ldiriladi va o‘chirgich keyingi ope- ratsiya davri (sikli) uchun tayyor bo‘ladi.
S-35 seriyadagi o‘chirgichlardan tashqari, «Ural» seriyasidagi U-35, U-110, U- 220 bakli moyli o‘chirgichlar tayyorlanadi. Bu seriyadagi o‘chirgichlar 2000 va 3200 A nominal toklarga hamda uzish toklari 50 katta ga mo‘ljallangan. 0‘chirgichlar- ning o‘lchamlari (gabaritlari) zamonaviy materiallar va plastmassalar ishlatish hiso- biga ancha kichraytirilgan. Masalan, uzish quwati 7000 MVA bo‘lgan MKP-220 seriyali eski o‘chirgichning balandligi 8295 mm va bak diametri 2500 mm edi, U-220 seriyali yangi o‘chirgichning esa uzish quwati 25 000 MVA balandligi 7015 mm va bak diametri 1800 mm.
rasmda U-110-2000-40 (Unom= 110 kV, Inom= 2000 A, /„= 40 kA) o‘chirgichning qutblarining kesimi va shu o‘chirgichda qo‘llaniladigan gazli ko‘ndalang puflash kamerasi ko‘rsatilgan. 0‘chirgichda o‘chirish kamerasi ichida ikkita uzilish bo‘lib, bitta tashqisi bakda, ya’ni qutb-kameralarda to‘rtta uzilish va bakda ikkita bo‘ladi.
Uzganda, o‘chirgichning traversasi pastga harakatlanganda, u bilan birga qo‘zg‘aluvchan kontaktlar 7 harakatlanadi (6.22-rasm, b). Qo‘zg‘almas kontaktlar 4 va 5 bilan qo‘zg‘aluvchan kontaktlar 7 orasida ikkita uzilish hosil bo‘ladi. Moy par- chalandi, kamera hajmi kichik boMgani uchun, soniyaning yuzdan biri ulushida bosim har bir santimetr kvadratda bir necha yuzlab nyutonga ortadi. Qo‘zg‘aluv- chan kontakt puflash tirqishi 10 ni ochganda chiqayotgan gazlar bilan yoyni jadal puflash boshlanadi. Yoy tirqish ochilgandan so‘ng tok birinchi marta noldan o'tishidayoq so‘nadi. Yoy panjaradagi ikkinchi tirqish uncha katta bo‘lmagan qisqa tutashuv toklarini uzishda moyning to‘silishini ta’minlaydi. Uzilishlar bo‘yicha kuchlanishlami tenglash va sig‘im toklari yoylarining so‘nishini osonlashtirish uchun, kameralar 750 Om aktiv qarshilik bilan shuntlangan bo‘ladi. Asosiy uzilish- larda yoy so‘ngandan keyin kameralarda tashqi qo‘zg‘aluvchan kontakt 12 bilan o‘chirgichning qo‘zg‘aluvchan traversasi orasidagi yoy hosil bo‘ladi. Bu yoydagi tok katta emas, chunki zanjiriga shuntlovchi qarshilildar ulangan. Yoy moydagi oddiy uzilishlarda so‘nadi.
Bakli o‘chirgichlarda qizdiruvchi qurilma 10 bo‘lib (6.21-rasm, a), u havo tem- peraturalari past bo‘lganda -15°C va undan past) ulanadi. Moyning qovushoqiigi ortganda o‘chirgichning qo‘zg‘aluvchan qismlarining surilish tezligini kamaytir- maslik maqsadida shunday qilinadi.
Bakli o‘chirgichlarning asosiy kamchiligi, moy hajmining katta bolishidir.
hajmni kamaytirish maqsadida chechevitsa doni shaklidagi baklar va kondensator tipidagi yuqori voltli kirgichlar qo‘l- laniladi, ularning diametri moy to‘suvchilar diametriga qaraganda ancha kichik bo‘ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |