O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qashqadaryo viloyati kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xududiy boshqarmasi dehqonobod tuman 1-son kasb-hunar maktabi


Kabel tolalarini kavsharlash va preslash



Download 9,63 Mb.
bet28/104
Sana16.03.2022
Hajmi9,63 Mb.
#493240
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   104
Bog'liq
Elektrik tayyor tuplam

Kabel tolalarini kavsharlash va preslash

REJA:
1. Kabel tolalarini kavsharlash


2. Kabellarni presslab biriktirish


1.Kabel tolalarini kavsharlash .Kuchlanish 1 kV gacha bo’lgan kabellarning tok o’tkazuvchi alyuminiy tomirlarini kavsharlab ulash quyidagicha bajariladi;
1. Kavsharni qolipchada bevosita suyultirish yo’li bilan;
2. Oldindan suyuqlantirilgan kavsharni quyish yo’li bilan;
Birinchi usul kesimlari 150 mm2 gacha bo’lgan, ikkinchi usuli esa kesimlari 240 mm2 gacha bo’lgan tok o’tkazuvchi alyuminiy tomirlarni tutashtirishda qo’llaniladi.
Kesimlari 150 mm2 gacha bo’lgan alyuminiy tomirlarni kavsharni bevosita forma–qolipda suyultirib tutashtirish ma’lum tartibda bajariladi. Kabellarning ishlov berilgan tomirlarning uchi bir–biridan ajratiladi va qo’lda yoki yog’och andoza yordamida teng tomonli uchburchak ko’rinishida egiladi. SCHo muftada tutashtiriladigan kabellar tomirlarning orasidagi masofa tomirlar xolatini belgilangan chinni tirgaklar markazlari orasidagi masofa bilan; SCHm muftasida esa kavsharlangandan keyin tomirlar tutashtirilgan joyida ularga o’raladigan tomirlar shimdirilgan qog’oz, lenta o’rami (izolyatsiya) bilan aniqlanadi.
Ko’p simli alyuminiy tomirlarni tutashtirish uchun ularga oldindan pog’onli ishlov beriladi Pog’onalar sonni tutashtiriladigan tomirlarning kesimlariga bog’liq; kesimlari 16–35 mm2 bo’lgnda o’lchami 10 mm li bir pog’onali ishlov beriladi; tomirlar kesimi 50–95 mm2 bo’lganda 10 mm da uch pog’onali ishlov berilishi kerak. Tok o’tkazuvchi tomirning markaziy qism qiya qilib (45 li burchak bilan) kesiladi.
Kesimlari 16–150 mm2 li tomirlarni kavsharni bevosita qolipchada suyuqlantirib kavsharlashdan oldin, pog’onali ishlov berilgan tomirlarni shimdirilgan tarkib qoldig’idan benzinda ho’llangan tozalatta bilan artib tozalanadi, so’ngra kavsharlash lampasi alangasida qizdirib A kavshari bilan qalaylanadi va ayni vaqtda po’lat cho’tka bilan tomirlardan oksid qatlami olib tashlanadi. Qolipcha tomirlarning tutashtiriladigan qismlari qolipcha ning markazida turadigan qilib tomirlarga mahkamlanadi , kavsharlash jarayonida suyuqlantirilgan kavshar oqib ketmasligi uchun qolipning ikki uchiga bir necha o’ram asbest shnuri o’raladi va himoyalovchi ekranlar o’rnatiladi.
Kavsharlash ishsi tomirlar va qolipni kavsharlash lampasi alangasida qizdirishdan boshlanadi, so’ngra lampaning alangasiga kavshar A qalamchasi tutiladi va qolip kavsharga to’lguncha u suyuqlantiriladi. Tutashtirilgan qism sovigandan keyin undan qolip, o’ralgan asbest shnuri va ekranlar olib qo’yiladi, keyin unga to’g’ri tsilindr shakli berish va ayni vaqtda uning shu qism egovlanadi.
TSO–12 va TSA–15 kavsharlari bilan kavsharlash ham shu tartibda, faqat tutashtiriladigan tomirlarni oldindan qalaylamasdan bajariladi.
Kesimlari 16–240 mm2 li kabellarni alyuminiy tomirlarini qo’yish yo’li bilan tutashtirish uchun sektorsimon tomirlarga doiraviy shakl beriladi va ularning uchlari 45S li burchak ostida kesiladi, so’ng ajraladigan po’lat qolipga, tutashtiriladigan uchlari orasida 2 mm oraliq qoldirib, o’rnatiladi. Qolipning uchiga assbest shnuri o’raladi va himoyalovchi ekranlar o’rnatiladi, keyin kavsharlash lampasining alangasida tomirlar va qolip 200–250S gacha qizdiriladi. Keyin tigilda zarur miqdorda kavshar suyultiriladi, qizdirilgan qoshiqda kavshar olinadi va uzluksiz oqim tarzida qolip to’lguncha quyiladi, ayni vaqtda kurakcha bilan tomirlarning qiyshiq kesilgan uchlaridan oksid parda olib tashlanadi. Birikmaning sovigan qismidan ekranlar, o’ralgan shnur va qolip olinadi va qolip egovlanadi, undan qoldiq metall zarralarini olib tashlash uchun qizdirilgan MP–1 mastikasi bilan part qilinadi (qizdiriladi).
1 kV gacha kuchlanishli kesimlari 4–240 mm2 bo’lgan tok o’tkazuvchi sim tomirli kabellar kavshar qo’yish uchun teshikchasi bor GM tipidagi mis (gilg’za)lardan foydalanib kavsharlab ulanadi. Tomirlarni tutashtirish uchun ularga kavsharlash yog’i yupqa qatlam qilib surkaladi va ularni (gilg’za) ichida tomirlarning uchlari tepasida bo’ladigan qilib o’rnatiladi. Kavsharlash ishsi alyuminiy tomirlarni kavsharda quyib kavsharlash kabi bajariladi.
Tok o’tkazuvchi alyuminiy tomirli kabellarni sim tomirli kabellarga tutshtirishda kavsharlash ishsini alyuminiy tomirlarni kavsharlab tutashtirishdek bajariladi, lekin mis tomirlar ularni kavsharlab tutashtirishdek tayyorlandi.
2. Kabellarni presslab biriktirish


Kabellarni tok o’tkazuvchi tomirlari gilg’zalarda presslab biriktiriladi. Buning uchun gilg’zaning ichki sirti po’lat cho’tka bilan metall yaltillaguncha tozalanadi , kvarts–vazelin pastasi surtildi. Tutashtiriladigan tomirlarning yuzlari ham po’lat cho’tka bilan tozalanadi va benzinda xo’llangan toza latta bilan artiladi. gilg’zaning ichiga, tomirlarning uchlari gilg’zaning aniq o’rtasida joylashadigan qilib kiritiladi . Presslash uchun lozim bo’lgan mexanzmtayyorlanadi.
Tutashma puanson bilan presslovchi mexanizmning matritsasi orasiga qo’yiladi va tomirlarining kesimiga qarab, oldin gilg’zaning bir uchi keyin boshqa uchi bir yoki ikki marta bosib eziladi.
Tayyor tutashmaning sifati maxsus asbobda ezilgan joyning qalinligini o’lchab ko’rib tekshiriladi

Download 9,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish