Mavzu:Taqsimlash qurilmalarini montaj qilish.
Reja:
1. Taqsimlash qurilmalarini montaj qilish
2. Taqsimlash qurulmalarini montaj qilish sxemasi.
Taqsimlash shchitlari ularni bemalol kuzatib turish va saqlagichlarini almashtirish uchun qulay joyga–maishiy xonalarda 1,5–1,8 m balandlikda, ishlab chiqarish xonalarida 1,2–1,4 m balandlikda maxsus tokchalarda o’rnatilishi lozim. SHchitning izolyatsiyalanmagan tok o’tkazuvchi qismlaridan yonmaydigan (g’isht, beton) devorlargacha bo’lgan masofa kamida 15 mm, yog’och devorlargacha kamida 50 mm bo’lishi zarur. Montaj qilishida xizmat ko’rsatish qulay bo’lishi uchun amalda bu masofa 100 mm dan kam bo’lmasligi lozim. Katta o’lchamli (600·500 mm va undan katta shchitlarni o’rnatishda shchitdan devorgacha bo’lgan masofa 250 mm dan kam bo’lmasligi lozim. SHchitning kuchlanish ostida bo’lgan ochiq qismlari bilan uning tok o’tkazmaydigan metall qismlari orasidagi masofa, havoda kamida 12 mm, izolyatsiyasi bir yuzalardan kamida 20 mm bo’lishi kerak.
Odatda, shchitlar po’lat yoki oyna eshiklar bilan yopiladigan yashiklarga joylanadi. Yashiklarning tahminlovchi rezerv kirish simlari kiritiladigan teshiklari tiqin bilan berkitib qo’yilishi lozim.
SHchitlarni deraza va eshiklar o’rniga o’rnatish maon qilinadi.
SHchitlarning panelida simlar o’tkaziladigan old va yon tomonlarida teshiklarga izolyatsiyalovchi vtulkalar qo’yiladi.
SHchitlarning panellariga xar bir chiqib ketayotgan liniyaning nomeri va qaerda ishlatilishi yoki liniya boradigan tsexning nomi, masalan, “Oltinchi tsexni avariya vaziyatida yoritish”, “Zina bo’linmasini yoritish”, “Zavod boshqarmasining ikkinchi qavatini yoritish” kabi so’zlar yozib qo’yiladi.
SHchit joyiga o’rnatilgandan va mahkamlangandan keyin uning saqlagichlari kontaktiga guruhli liniyalarning simlari biriktiriladi. Bahzi hollarda, masalan, devor bilan shchit orasidagi masofa kichkina bo’lganda, bu tartib o’zgartirilishi ham mumkin, yaoni oldin simlar saqlagichlarga biriktirilishi, so’ngra shchit joyiga o’rnatilishi va mahkamlanishi mumkin.
Tahminlash liniyalari va chiqish simlarining guruhlari orasida shchit orqasidagi saqlagichlar chiqish kontaktlariga, bunda ularning faza simlari saqlagichlarning markaziy kontaktiga biriktiriladi.
Kuchlanishi 380/220 V li elektr tarmoqlarida, bir qavat chegarasida elektr energiyasi taqsimlash va hisobga olish uchun SHUE markali qavat shchitlaridan foydalaniladi. Yoritish tarmog’ining SHUE shchitidan chiqadigan yoritish tarmog’i ayrim guruhlari shchitchaning alohida sektsiyasida joylashgan paketli uzgichlar vositasida ulanadi va uziladi. SHUE shchiti hisoblagichlarining ko’rsatkichlarini kuzatish va avtomatlar hamda SHUE shchitchasi uzgichlar bilan boshqarish eshigini ochmasdan undagi maxsus darcha orqali bajariladi.
SHchitchalar zavodda yig’iladi va montaj qilinayotgan joyga keltiriladi. Yashiklarni shchitlardagi asboblarni shikastlamay, juda ehtiyotkorlik bilan ochish lozim.
SHUE shchitchasi o’lchamlari 900450 mm va chuqurligi 200 mm li tokchada o’rnatiladi. SHchitchada mahsus qismalar (U730) bo’lib, ularga 35 mm2 gacha kesimli mis va alyuminiy simlarni biriktirish mumkin.
To’la yig’ilgan holda zavoddan keltirilgan taqsimlash shkaflari va shchitlarni montaj qilish qurilish ishlari jarayonida oldindan tayyorlangan poydevor ramalarga ularni o’rnatishdan boshlanadi. SHkaf va shchitlar loyihaga va ularni tayyorlagan zavodning ko’rsatmalariga muvofiq qatoiy vertikal holda o’rnatilishi va rama, devor yoki boshqa tuzilishlarga yaxshilab mahkamlanishi lozim. Ampermetr, vol’tmetr va boshqa asboblar bilan jihozlangan taqsimlash shkafi va shchitlarni montaj qilayotganda, bu asboblarni taqsimlash qurilmalarini o’rnatish, moslash va mahkamlash vaqtida bo’ladigan silkinishlar natijasida shikastlanmasligi uchun olib qo’yish tavsiya qilinadi. Montaj ishlari tamom bo’lgandan so’ng olib qo’yilgan asboblar o’z o’rniga o’rnatiladi, shkaf va shchit hamma elementlarining holati va ishlashi tekshirib ko’riladi. Rubil’niklarning kontakt pichoqlari ularning jag’lariga zarb va kuch bilan urilmasligi, lekin kontaktlarda lozim bo’lgan bosimni hosil qilishi lozim. Agar qalinligi 0,05 mm va eni 10 mm li shchup rubilnikning pichog’i bilan jag’i orasidagi ko’pi bilan 6 mm kirsa, kontaklardagi bosim normal hisoblanadi.
Saqlagichlarning jag’lari patronlarning kontakt qismlariga zich tegib turishi lozim. Patronlar, o’z og’irligi va yuzaga keluvchi qisqa tutashish toklari tahsirida hosil bo’ladigan elektr dinamik kuchlar tahsirida tushib ketmasligi uchun, jag’larda mahkam ushlab turishi lozim.
Rubil’niklarning yuritmalri holatini ko’rsatuvchi fiksatorlar doim aniq va yaxshi ishlashi lozim.
Nazorat qilishi va o’lchov asboblarining boshlang’ich va oxirgi nuqtalari asboblar o’rnatilagan panelning bo’ylama chetiga parallel bo’lgan bitta to’g’ri chiziqda yotish lozim.
Erga ulangan konturdan shchitga keladigan yerga ulash shinasi poydevorga payvandlab va taqsimlash qurilmasining karkasiga (payvandlab yoki bol’tlar bilan) ishonchli biriktirilishi lozim.
Taqsimlash qurilmasining tok o’tkazuvi qismlari izolyatsiyasining yerga ulangan karkasga nisbatan qarshiligi 0,5 MoM dan kam bo’lmasligi lozim. Izolyatsiyasining qarshiligi 1000 V li megoommetr bilan o’lchanadi.
Agar hamma elementlarning tekshirish natijalari qoniqarli bo’lsa, taqsimlash qurilmasiga tahminlash va chiqib ketadigan simlar xamda kabellar biriktiriladi, so’ngra chiqib ketadigan tarmoqda yuklama toklari bo’lganda, mahalliy qizishlarni aniqlash maqsadida, qaytadan ko’zdan kechiriladi. Kuzatish vaqtida mehnatni muhofoza qilish qoidalariga amal qilish lozim; kontaktlarda va boshqa birikmalarda mahalliy qizishlarni aniqlash uchun tegishli suyuqlanish temperaturasiga mo’ljallangan termo shamlardan foydalaniladi.
TAYANCH IBORALAR LUG’ATI (GLOSARRIY)
- Xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarishda shikastlanish (travmatizm), shikastlanish oldini olish choralari, balanda qilinadigan ishlar, elektromontajchi, xavfsizlik tadbirlari, montaj asboblari, mexanizmlari, elektr asbobi bilan ishlash, elektr asbobidan foydalanuvchi shaxslar, elektr qurilmalarida montaj ishalri, kuchlanishi 1000 V gacha, kuchlanishi 1000 V dan yuqori, kuchlanishni butunlay uzish, kuchlanishni qisman uzish, kuchlanish bo’lmaganda elektr qurilmalarida ishlash, texnik tadbirlar.
- Kuchlanish, tok transformatorlari, vazifasi, ulanish sxemasi, birlamchi va ikkilamchi cho’lg’amlari nominal kuchlanishlari va toklari, aniqlik klassi, o’lchov transformatorlarini yig’ish va sozlash, ularni ikkilamchi yuklamasi, o’lchov transformatorlarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi koidalari.
- Elektr energiyasini ishlab chiqarish, rivojlanishi, elektr qurilmalarini montaj ishlarni kompleksi, elektr qurilmalarini yig’uvchidan kasbiy tayyorgarlik, elektr qurilmalarini montaj ishlarini loyihasi, loyihalash tashkilotlari, loyihaning uch bo’limi, tavsiya, tushuntirish xati, smeta, spetsifikatsiya, qavatlar, aktlar, tasdiqlangan loyiha, qurilish qismini qabul qilish.
-Havo liniyasi, toifasi, guruhi, tayanch turlari, tayanchlar orasidagi masofa, havo liniyasini yig’ish, sozlash, tayanch materiallar, tayanch ustuni, tayanchlarni jihozlash, simlarni yig’ishga tayyorlash, chuvatish, ulash turlari.
-- Cho’yan muftalar, kabel tomirlarini tutashtirish, germetik, mastika qo’yish, kabellarni qo’rg’oshinli muftalarda, epoksid muftalarda tutashtirish, kabel uchlariga ishlov berish, kavsharlab ulash, kavsharlash lampasi yordamida qizdirish.
-- Kavsharlab ulash usullari, kabel tomirlariga ishlov berish, tomirlarni tutashtirish, kavshvrlvsh operatsiyasi, preslab biriktirish, gilg’za,po’lat cho’tka, payvandlab ulash usullari, termitli, gaz va elektr bilan payvantlash,cho’yan muftalarda ulangan kabellarni zaminlagichlar ulash, kabelning qobig’i va zirh qoplamasi, zaminlagichlar ulash tartibi.
-- Kuch transformatorlarini yig’ish, sozlash, talablari, germetiklik nisbiy nomlik, yig’ishga tayyorlash ishlari,taftish (reviziya) qilish, transformator moyi, transformatorlarni quritmasdan ulash shartlari, transformatorlarni quritish, sovutgich, kengaytirgich.
-- Yoritgich, uzgichlar, qayta ulagichlar, shtepselg’ rozetkalari, zaryadlangan va zaryadlanmagan yoritgichlar, simlar va kabellar, taqsimlash shchitlari, saqlagichlar, shchitlarni o’rnatish, rubilnik, nazorat qilish va o’lchov asboblari.-- KTP yig’ish, ichki va tashqi 6 – 10/0,4 – 0,23 kV li KTP lar, qo’llanish soxalari, 6 – 10 kV li shkaflar, 35 – 110 kV li KTP lar, 110 kV li OTQ, KTQ larni yig’ish, sozlash, K – XII seriyali shkaflar, tashqariga o’rnatiladigan KTQ
-- Elektr dvigatellarni tashish, tushirish, ko’tarish, takelaj, mexanizmlar, baraban, qismlarga ajratish, yig’ish, rotor, stator, reviziya qilish, cho’lg’amlarni quritish usullari, yig’ish va o’rnatish, sozlash, valni markazlashtirish, salt yurgizish, yuklama bilan yurgizish, podshipnik shchitlari, aylanish chastotasi, tebranish - Elektr qurilmalar, zaminlagichlar tutashtirish o’zgaruvchan va o’zgarmas tok, zaminlagichlar tutashtirilmagan qurilmalar, zaminlagichlar tutashtirgichlar, tabiy va sunhiy zaminlagichlar tutashtirgichlar, zaminlagichlar tutashtirgich simlari, zaminlagichlar tutashtiruvchi qurilmalar manbai, zaminlagichlar tutashtirishning tashqi va ichki tarmog’ini montaj qilish, elektrodlar, PUE talablari. -- Zaminlagichlar ulaydigan qurilma, zaminlagichlar ulagich, zaminlagichlar ulash, zaminlagichlar qisqa tutashish toki, tabiy va sunhiy zaminlagichlar ulagich, po’lat zaminlagichlar ulagichlar, zaminlagichlar ulashga talablar, zaminlagichlar ulaydigan qurilmalarni tekshirish, zaminlagichlar ulaydigan sim, zaminlagichlar ulaydigan qurilmalarni montaj qilish
“ELEKTR MONTAJ ISHLARI”
Do'stlaringiz bilan baham: |