O‘zbekiston va xalqaro aloqalar
O‘zbekistonning mustaqil rivojlanishidagi o‘tgan qisqa davrda respublikani suveren
davlat sifatida qaror toptirish yuzasidan ulkan ishlar amalga oshirildi. Hozir
O‘zbekistonni 200 taga yaqin davlat tan olgan. Dunyodagi 140 dan ortiq mamlakatlar bilan
rasmiy diplomatiya aloqalari o‘rnatilgan. Toshkentda 38 mamlakat o‘z elchixonasini ochgan.
Bugungi kunda O‘zbekiston to‘la huquqli asosda eng obro‘li va nufuzli tashkilotlar
tarkibiga kirgan bo‘lib, barcha qit’alardagi o‘nlab mamlakatlar bilan do‘stona aloqalarni
rivojlantirib bormoqda. Eng yirik bank va moliya organlari, nodavlat va nohukumat
tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. O‘zbekiston mintaqaviy xalqaro
tashkilotlar, chunonchi, Yevropa Ittifoqi, EXHT, NATO, EKO, OIK va boshqalar bilan
ham samarali hamkorlik qilmoqda.
Biz tashqi aloqalarni xalqaro munosabatlarning turli yo‘nalishlari bo‘yicha
muvaffaqiyatli rivojlantirishni xavfsizlik va barqarorlikning kafolati deb bilamiz.
O‘zbekiston dunyo uchun ochiq.
59
Topshiriq:
1. O‘zbekiston tarixi va bugunini qiyosan gapirib bering.
2. O‘zbekiston taraqqiyoti nimalarda ko‘rinadi? Buni “Klaster” orqali tasvirlang.
3. Matndagi qisqartma otlarni kengaytirib yozing.
4. O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan qo‘shma korxonalardan qaysilarni bilasiz? Shu
haqda gapirib bering.
Vazifa:
1.
“O‘tmish va kelajak” mavzusida esse yozing.
GRAMMATIKA: LEKSIKA: O’Z VA O’ZLASHGAN QATLAM
Reja:
1.Leksika.
2.O’z va o’zlashgan qatlam.
3.Tarixiy jihatdan o‘zbek tili leksikasi.
Лексика
(лексикология) – раздел языкознания, изучающий словарный состав языка.
Словарный состав узбекского языка состоит из древнетюрских: yog‘och (дерево), kun
(солнце); узбекских: gulzor (цветник), odobli (воспитанный); и заимствованных слов. Большое
количество слов заимствованы с арабского, персидского языков, также и с русского или через
русский с европейских языков. Leksikologiya tilshunoslikning leksikani o‘rganuvchi sohasidir.
Tildagi so‘zlarning jami leksikani (lug‘at tarkibini) tashkil etadi. Bu so‘zlar bir qator umumiy
xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Leksikologiyada so‘zlar quyidagi xususiyatlari bo‘yicha o‘rganiladi:
1.
So‘zning semantik strukturasi
2.
So‘zning shakl va ma’no munosabati
3.
Leksikadagi so‘zlarning o‘z yoki o‘zlashgan so‘z ekani
4.
Qo‘llanishiga ko‘ra so‘zlarning umumiy yoki chegaralanganligi
5.
Tarixiy jihatdan o‘zbek tili leksikasi
6.
So‘zlarning emotsional-ekspressiv bo‘yoq va stilga munosabati.
So‘zning semantik strukturasi shu so‘zga xos ma’nodan iborat bo‘ladi.
So‘zning semantik strukturasi va u bilan bog‘liq hodisalarni o‘rganuvchi soha semasiologiya
deyiladi.
Har qanday so‘z paydo bo‘lishidayoq o‘z shakli va ma’nosiga ega bo‘ladi. Boshqacha aytganda,
har qanday so‘z shakl va ma’no butunligiga egadir: uy, daraxt, qovun, achchiq, yaxshi, kecha, ishla,
xursand, albatta, uchun va hokazo. O‘zbek tili leksikasi bir qancha manbalar asosida boyib,
rivojlanib boradi. Ularni, eng avvalo, ikki katta guruhga ajratish mumkin: 1) o‘z ichki imkoniyatlari
asosida; 2) boshqa tillardan so‘z olish asosida. Ularning birinchisi ichki manbalar, ikkinchisi esa tashqi
manbalar sanaladi.
1. O‘zbek tili leksikasining birinchi yo‘l bilan boyib borish imkoniyatlari juda kengdir. Masalan,
a) ilgari qo‘llanilib, keyin iste’moldan chiqib ketgan so‘zlardan yangi tushunchalarni ifodalash uchun
foydalanish:
vazir, hokim, viloyat, shirkat, noib, tuman kabi; b) yasovchi qo‘shimchalar yordamida yangi
so‘z yasash: uyali telefon, omonatchi, pudratchi, bojxona, auditchi (auditor), dizaynchi (dizayner) va
boshqalar; d) dialektal so‘zlarni faollashtirish: mengzamoq (Xorazm) «o‘xshatmoq», «tenglashtirmoq»,
«qiyoslamoq» ma’nosida.
2. O‘zbek tili leksikasi tashqi manbalar asosida ham boyib bormoqda. Dunyoda
boshqa tillardan so‘z olmasdan faqat o‘z ichki imkoniyatlari asosidagina rivojlanadigan birorta ham til
yo‘q. Bundan o‘zbek tili ham mustasno emas. Faqat ma’lum zarurat tufayli yangi tushunchani
60
ifodalovchi o‘z tilimizning ichki imkoniyatlari asosida ifodalab bo‘lmagandagina tashqi manbalarga
murojaat qilish foydalidir. Bobolarimiz Mahmud Koshg‘ariy, Alisher Navoiylar ham shunga da’vat
qilganlar.
Keyingi davrlarda tilimizga Yevropa tillaridan bir qancha so‘zlar yangi tushunchalar bilan
birgalikda kirib keldi. Masalan, monitoring, diler, skayner kabi. Bularning hammasi o‘zbek tili leksik
imkoniyatlarini kengaytirib, boyitmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |