61
yurtimizda juda ko‘p muzeylar faoliyat yuritmoqda. Garchi ular turli nom va yo‘nalishlarda
bo‘lsada, barchasi tarixiy, moddiy va ma’naviy yodgorliklarni saqlash va targ‘ib qilish orqali
yoshlarni ona zaminga sadoqat, ajdodlar merosiga hurmat hamda vatanparvarlik ruhida
tarbiyalashdek ezgu maqsad uchun xizmat qilmoqda. Qurolli Kuchlar davlat muzeyi ham shunday
tarbiya o‘choqlaridan biri. 1965 yilda tashkil etilgan bu dargoh istiqlol yillarida yangicha qiyofa
kasb etdi, yangi-yangi eksponatlar bilan boyidi, zaxirasi shakllantirildi. Shunday izchil
rivojlanishlar samarasi o‘laroq, 2010 yilga kelib bu ma’naviyat maskaniga davlat muzeyi maqomi
berildi. Muzey ekspozitsiyasidan o‘rin olgan har bir eksponat qadimgi harbiy tarix, buyuk
ajdodlarimiz hayoti, o‘sha davr madaniyati, ma’naviyati, bebaho san’at durdonalari, shuningdek,
har qanday tajovuzga qaqshatqich zarba berishga qodir, mamlakatimiz milliy manfaatlari,
davlatimiz suvereniteti, hududiy yaxlitligi, xalqimizning tinch hayoti qalqoni bo‘lgan Kurolli
Kuchlarimizning shakllanish jarayonlaridan hikoya qiladi. E’tibor berayotgan bo‘lsangiz, bugun
O‘zbekistonda ulg‘ayib voyaga etayotgan yoshlarimizning har biri o‘z hayotini, kelajagini armiya
bilan uyg‘un holda ko‘rmoqda. Ular osuda, xotirjam va saodatli hayotimizning qadriga etib, uni
ko‘z qorachig‘idek asrashni majburiyat emas, balki ko‘ngildagi eng toza va pokiza niyat, muqaddas
burch deb bilishyapti. Armiya haqida gap ketganda yuragi faxr va g‘urur tuyg‘ulariga limmo-lim
bo‘lib hayajon ila so‘zlaydigan yoshlar bilan ko‘p bora suhbatlashganman va bundan cheksiz shod
bo‘lganman. Chunki yoshlarda yurtga daxldorlik tuyg‘usi shaklanyapti. Shuning uchun ham
sharafli kasbni ixtiyor etayotgan o‘g‘lonlar safi yildan yilga ortyapti. Men nima uchun bu haqda
gapiryapman? Chunki yosh avlod qalbida muqaddas kasbga qiziqishning ortishida maktab, kollej
va litseylarda harbiylar ishtirokida o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari
bilan bir qatorda Qurolli Kuchlar davlat muzeyiga tez-tez uyushtirilayotgan ekskursiyalarning ham
ahamiyati beqiyos bo‘lmoqda.
– Muzeyimizni ekskursiya qilish yoshlar uchun o‘ziga xos an’anaga aylangan, – deydi biz bilan
suhbatda Qurolli Kuchlar davlat muzeyi direktori Musalim Nuriddinov. – Ha, bugun kelajagimiz
egalari bo‘lgan yoshlarga ta’lim-tarbiya berish jarayonida turli usul va vositalardan keng
foydalanilmoqda. Ayniqsa, yosh avlodda yurtimiz tarixi, madaniyati, halqimiz ma’naviyati, urf-
odatlari, qadriyatlari haqida kengroq tushuncha hosil qilish va ular qalbida vatanparvarlik, yurtga
muhabbat hamda faxr-iftixor tuyg‘ularini shakllantirishda muzeylarga uyushtirilayotgan sayohatlar
muhim o‘rin tutayotgani bizni xursand qilyapti. Shunday ezgu sa’y-harakat orqali ular Vatanning
qadriga etishni, uning boyliklarini asrab-avaylashni, urf-odat va qadriyatlarning zamonlar silsilasida
yo‘qolib ketishiga yo‘l qo‘ymay, kelajak avlodlarga ham etkazish mas’uliyatini chuqur his
qilmoqda. Bu esa jamiyatning ham, davlatning ham eng katta yutug‘idir. Orangizda kundalik
yumushlar bilan bo‘lib har doim ham muzeylarni sayohat qilishga vaqt ajratolmaydiganlar ham
talaygina. Ana shunday vaqtlarda ba’zan o‘zingizdan xafa bo‘lasiz. Yo‘q, xafa bo‘lishingiz o‘rinsiz.
Unutmang, biz texnika asrida yashayapmiz. Bu asrning mo‘’jizalari, imkoniyatlari juda ko‘p. Agar
siz Qurolli Kuchlar davlat muzeyi bo‘ylab sayohat qilishni istasangiz, bu borada sizga Mudofaa
vazirligi rasmiy veb-sayti yordam beradi. Buning uchun siz «mudofaa.uz»saytiga kirib, «Qurolli
Kuchlar davlat muzeyi» tugmasini bossangiz kifoya. Qarabsizki, muzey bo‘ylab virtual sayohat
qilishingiz mumkin. Ha, o‘zgarishlar, yangilanishlar bo‘lgani yaxshi. Chunki islohotlar
taraqqiyotdan dalolat beradi. O‘ylaymizki, Qurolli Kuchlar davlat muzeyi bundan buyon ham
zamon bilan hamnafas odimlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: