O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat universitetining pedagogika instituti


GRAMMATIKA: RASMIY USLUB VA UNING XUSUSIYATLARI, QO’LLANISH



Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/181
Sana11.03.2022
Hajmi4,12 Mb.
#489193
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   181
Bog'liq
Мажмуа Ozbek tili 2021doc

 
GRAMMATIKA: RASMIY USLUB VA UNING XUSUSIYATLARI, QO’LLANISH 
SOHALARI 
Reja: 
1.Hujjatlar matni haqida. 
2.
 
Rasmiy uslub. 
3.
 
Rasmiy uslub va uning xususiyatlari,
 
qo’llanish sohalari
.
 
Hujjatlar matniga qo‘yiladigan eng muhim talablardan biri xolislikdir. Hujjatlar
rasmiy munosabatlarni ifodalovchi va qayd etuvchi rasmiy yozma vositalar sifatida axborotni 
xolis aks ettirmog‘i lozim. Shuning uchun hujjatlar tilida so‘z va so‘z shakllarini
qo‘llashda muayyan chеgaralanishlar mavjud. Xususan, rasmiy ish uslubida kichraytirish-
erkalash qo‘shimchalarini olgan so‘zlar, ko‘tarinki-tantanavor yoki bachkana, dag‘al
so‘zlar, shеvaga oid so‘zlar, tor doiradagi kishilargina tushunadigan so‘zlar, o‘xshatish, 
jonlantirish, mubolag‘a, istiora, tashxis kabi obrazli tafakkur ifodasi uchun xizmat qiluvchi
usullar ishlatilmaydi. Ularning ishlatilishi hujjatlar matnidagi ifodaning noxolisligiga olib 
kеladi. Hujjat matni aniqlik, ixchamlik, mazmuniy to‘liqlik kabi talablarga ham javob
bеrishi kеrak. Bu talablarga javob bеra olmaydigan hujjat chinakam hujjat bo‘la olmaydi, 
bunday hujjat ish yuritish jarayoniga xalaqit bеradi.
Ish qog‘ozlarini qanday yozish kerak?
1. Ish qog‘ozlari, odatda siyohli, sharikli ruchkada (ko‘k, qora, gunafsharang sterjen
bilan) aniq dastxat bilan yoziladi. Ariza, tarjimayi hol, bildirgi (raport) kompyuterda
yozilmay, faqat qo‘l bilan yoziladi. Dalolatnoma (akt), bayonnoma, hisobot kabi hujjatlar 
kompyuterda terilishi mumkin.
2. Hujjatlarda o‘chirish yoki tuzatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
3. Ish qog‘ozlarining har bir turi umum qabul qilingan shaklda va muayyan izchillikda tuziladi.
4. Hujjat matni qisqa, ravon, aniq va mantiqli (ortiqcha so‘z va iborasiz) bayon qilinishi kerak. 
Hujjat tili juda lo‘nda bo‘lishi lozim. Ish qog‘ozlarida biror shaxsga murojaat etilganda “Siz ” 
olmoshi (shuningdek, uning turlangan shakllari - “Sizga”, “Sizning”, “Sizdan ” va sh.k)
bosh harf bilan yoziladi.
5. Son, odatda, raqam bilan yoziladi. Pul hujjatlari (dalolatnoma, ishonchnoma, tilxat)da 
raqamdan so‘ng qavs ichida shu raqamning so‘zdagi ifodasi ko‘rsatiladi.
6. Arab raqamlari bilan ifodalangan tartib sonlardan so‘ng qo‘shimcha yozilmay, uning o‘rniga


156 
defis (-) qo‘yiladi: 3-chorak, 4-kurs. Rim raqamidan so‘ng hech qanday qo‘shimcha 
yozilmaydi: I chorak, II kurs.
7. Turli belgi va son ifodalari bir xil shaklda yoziladi. Masalan№, §, %, (telegrammalarda 
bular so‘z bilan – raqamli, band, foiz kabi ifodalanadi.)
8. Ish qog‘ozlarda ularning imzolanishiga rioya etiladi: avval hujjatga imzo chekadigan 
mansabdor shaxs lavozimining nomi, so‘ng shaxsiy imzosi va familiyasi ko‘rsatiladi. 
Tavsifnoma, dalolatnoma kabi hujjatlarda, odatda, 3-shaxs imzochekadi. Ishonchnomada uni 
beruvchi shaxs imzosidan tashqari ushbu imzoni tasdiqlovchi shaxs imzosi ham bo‘ladi.
9. Hujjatlarda sanalar arab raqami bilan yoziladi. Bunda ruscha shaklda – 10.11.15; 02.08.15
tarzda emas, balki quyidagi o‘zbekcha gap tuzilishidan kelib chiqqan shaklda berish kerak: 
2015.10.11; 2015.02.08. Bunda dastlabki to‘rt raqam yilni, keyingilari kun va oyni bildiradi. 

Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish