O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat universitetining pedagogika instituti


Alisher Navoiy asarlarida nutq odobining talablari quyidagicha sanaladi



Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/181
Sana11.03.2022
Hajmi4,12 Mb.
#489193
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   181
Bog'liq
Мажмуа Ozbek tili 2021doc

Alisher Navoiy asarlarida nutq odobining talablari quyidagicha sanaladi: 
- Tilni, so‘zni qadrlash, uni hurmat qilish.
- Yaxshi so‘zlay olish (nutq) san’atdir, noyob hunardir.
- Insonning odob-axloqini belgilaydigan omillardan biri uning nutqidir.
- Kishining nutq uning aqliy kamolotidan darak beradi.
- So‘zlaganda dil va tilni bir tutish zarur.
- So‘zlaganda o‘ylab, tushunib gapirish kerak.
- Xushmuomala, shirinso‘z bo‘lish.
- Chin, to‘g‘ri so‘zlash, nutqda halol bo‘lish.
- Ezgu so‘zli bo‘lish lozim.
- Tildan tuhmat uchun foydalanmaslik kerak.
- Ko‘p so‘z, ezma vaysaqi bo‘lmaslik.
- So‘zlaganda sharoitni, suhbatdoshinni hisobga olish, beo‘rin so‘z aytmaslik.
- Suhbat sirlarini saqlash, bo‘shog‘iz bo‘lmaslik.
- Gapirganda qaytariqlardan qochish kerak, chunkiular fikrning ta’sirini susaytiradi. 
Savollarga javob bering:


153 
1. Til qanday hodisa?
2. A lisher Navoiy til va nutqni qanday ta’riflaydi?
3. Nutq odobi deganda nimani tushnasiz?
Vazifa:
1.Qadimgi Yunon va Rim notiqligihaqida nimalarni bilasiz?
2.Sharq notiqligi haqida nimalar bilasiz? 
GRAMMATIKA: ME’YOR TUSHUNCHASI 
Reja: 
1. Me’yor tushunchasi haqida ma’lumot.
2. Me’yor tushunchasi va nutq odobi.
3. Nutq odobining me’yorga ta’siri. 
Ma’lum bo‘ladiki, til birliklarini me’yorlashtirish, hamma uchun umumiy va tushunarli 
bo‘lgan bir qolipga keltirish umuman tilshunoslikning vazifasi sanalsa ham, u nutq madaniyati 
sohasining xizmatlarini inkor etmaydi. Binobarin, me’yor muammolari hamisha ushbu 
sohaning tadqiqot obyekti bo‘lib qolaveradi. Nutq madaniyati tilda ma’lum me’yorda 
keltirilgan til birliklarining nutqda qo‘llanish shart-sharoitlarini, qonuniyatlarini nazariy 
jihatdan asoslaydi hamda bu me’yorga amal qilishni ma’lum ma’noda nazorat ham qilib 
boradi. Nutqdagi yutuq va kamchiliklar tahlil qilinib, kamchiliklarni tugatishning eng ma’qul 
yo‘llari ko‘rsatib turiladi. “Nutq madaniyati keng miqyosdagi til tarbiyasini va ommaviy 
stilistik savodlilikni, boshqacha aytganda, so‘zlovchi va yozuvchi omma orasida til haqidagi 
fanning hozirgi zamon yutuqlarini tatbiq etishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi”. 
Til elementlarining me’yorlashishidek uzluksiz jarayonda eskilik bilan yangilik 
o‘rtasida kurash hamisha davom etadi. Tilda yashab turgan so‘z va iboralar ularning o‘rniga 
kelayotgan yangilariga osonlikcha o‘rnini bo‘shatib bermaydi. Ma’lum muddat ular teng 
darajada, parallel qo‘llanilishi va vaqtlar o‘tishi bilangina o‘rnini bo‘shatib berishi mumkin. 
Ba’zan buning aksi ham kuzatiladi. Bunday birliklar orasida til tizimiga to‘g‘ri 
kelmaydigan, tasodifiylari uchrab qolishi, omma o‘rtasida me’yorlashmasdan, adabiy til 
doirasining tashqarisida qolib ketishi ham mumkin. Shu tariqa amaldagi me’yor va yangilik 
o‘rtasida doimiy kurash davom etadi.
Xuddi mana shu eskilik bilan yangilik o‘rtasidagi kurash va bu kurashda tildagi 
me’yoriy ko‘rinishlarning tanlana borishi jarayonida adabiy til shakllanib boradi. O‘zbek 
milliy adabiy tili garchi umumxalq tilidan o‘sib chiqqan bo‘lsa ham, unda mavjud bo‘lgan 
dialektlar va shevalardan, jargonlardan, oddiy so‘zlashuv tilidan, umuman xalq tilidan ba’zi 
jihatlari bilan farq qiladi. Chunki umumxalq tili o‘zbek tilida uchraydigan barcha elementlarni 
o‘z ichiga oladi va ishlanmagan shaklda bo‘ladi. Adabiy til esa undan o‘zbek millati uchun 
tushunarli bo‘lgan va foydalanishda qulay deb topilgan variantlarini tanlab oladi hamda ularni 
millat vakillari uchun me’yor sifatida tavsiya etadi.
Tilning haqiqiy ijodkori, yaratuvchisi xalq hisoblansa ham, uning taraqqiyotida 
olimlarimizning, shoir va yozuvchilarimizning, davlat va jamoat arboblarining, pedagoglar va 
matbuot xodimlarining, kino, teatr san’ati ustalari va nashriyot xodimlarining hamda 
jurnalistlarning xizmatlarini qayd qilish lozim. Ayniqsa mustaqillik davrida tilshunos 
olimlarimiz, shoir-yozuvchilarimiz va jurnalistlarimizning xizmatlari katta bo‘ldi. Ularning 
samarali mehnatlari tufayli tilshunoslikning ko‘pgina yo‘nalishlari bo‘yicha qat’iy me’yorlar 
belgilandi, ona tilimiz rivojiga oid yangi qoidalar va qarorlar inobatga olingan holda til 


154 
birliklarining yozuv va muomala jarayonidagi namunaviy variantlari tavsiya etildi, til 
tizimidagi ko‘pgina munozarali masalalar o‘zining nazariy asosiga qo‘yildi. 
Ammo adabiy til muntazam taraqqiyot va takomillashuv jarayonini boshidan kechirar ekan, bu 
jarayonni faqatgina so‘z ustalarining xizmatlariga bog‘lab qo‘yish ham to‘g‘ri bo‘lmaydi
Til birliklarining adabiy shaklda me’yorlashuvida shoir va yozuvchilar ijodi namunalari 
ko‘rinishidagi badiiy adabiyotning o‘rni ham alohida. Ayni paytda, badiiy adabiyot tilidagi 
me’yorni belgilashning o‘zi murakkab vazifa ekanligini ta’kidlash lozim. Chunki badiiy 
matnda ijodkor niyati, o‘y-xayoliga bog‘liq ravishda adabiy me’yor doirasidan tashqarida 
bo‘lgan til shakllari ishlatilishi ham mumkin. 
Ammo gap shundaki, bu me’yordan tashqarida bo‘lgan holatlar badiiy-estetik jihatdan 
o‘zini oqlaydigan, kitobxon tomonidan tushunarli va qabul qilinadigan bo‘lishi lozim. 
Badiiy ijod jarayonida shoir va yozuvchilar o‘z fikr va hissiyotlarini boshqa ijodkorlardan farq 
qiladigan, favqulodda original ifodalarda berishga intiladilar. Bu yo‘lda ular yangi so‘z va 
iboralar yaratadilar. Yaratilgan birliklar o‘sha matnning o‘zida qolib ketaverishi, 
ommalashmasligi, adabiy tildan o‘rin olmasligi, bir so‘z bilan aytganda, tilda 
me’yorlashmasligi mumkin. Ularning me’yorlashishini sharoit, vaqt va ommaning qabul qilishi 
kabi omillar belgilaydi. 

Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish