O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat universitetining pedagogika instituti



Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/181
Sana11.03.2022
Hajmi4,12 Mb.
#489193
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   181
Bog'liq
Мажмуа Ozbek tili 2021doc

Topshiriq. 
Tafakkur, hikoya usulida fikrni ifoda etishga doir usullar ro’yxatini tuzish.
32-MAVZU: TALABALIK – OLTIN DAVRIM. DIALOGIK MATNNING MA’NO 
MUNOSABATIGA KO‘RA TURLARI 
 
TALABALIK – OLTIN DAVRIM 
 
Inson umrining har bir oni mazmunli, quvonchli o‘tsagina o‘zini baxtiyor sezadi. 
Ayniqsa, yillar davomida tayyorgarlik ko‘rib, imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tib Oliygoh 
talabasi bo‘lgan talabalar uchun “TALABALIKNING OLTIN DAVRI” bir umrlik ajoyib 
xotiralar bo‘lib qoladi. Insoniyat kelajagi, haqida so‘z ketganda so‘z aynan talabalar xususida 
boradi. Bu bejizga emas. Ertaning egalari, insoniyatning qay yo‘ldan ketishi, qanday yutuqlarga 
erishishi aynan ularga bog‘liq desak adashmaymiz. Axir ular jamiyatning eng oqil, dono qismi. 
Dunyodagi jamiki talabalar aniq maqsadlar bilan, yuksak orzular, quvonchlar ila universitet 
talabalari safidan joy olishdi.
Shuningdek, turli tadbirlar intellektual shoular tashkil etilishi, talabalarning har sohada
4-6 yillik umri mazmunli o‘tishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Insonki, bir maqsad yillab 
umrini sarflab, unga erishgan ekan, demak shuning o‘ziyoq uni hurmat qilishga arziydi. 
Odamlar bor, har soatda maqsadini o‘zgartirib turadi. Anglash lozim bo‘lgan haqiqat shuki – 
jamiyatda o‘z o‘rnini topa olish uchun inson avvalo, Ustozlar bilimidan bilim olishi, qunt bilan 
o‘qishi, izlanishi, ta’lim bergan, kelajak sari yo‘l ko‘rsatgan dargohini, yurtini sevishi lozim. 
Barcha talabalarga muvaffaqiyatlar, so‘nmas kuch-g‘ayrat, ilhom, yorqin xotiralar, “engil 
imtihonlar” va ko‘plab quvonchli damlarni tilab qolamiz. O‘zbekistonga kerakli mutaxasiss 
bo‘lib yetishish uchun o‘qishdan tolmang! 
 
GRAMMATIK: DIALOGIK MATNNING MA’NO MUNOSABATIGA KO‘RA 
TURLARI 
Reja: 
1. Dialogik matn. 
2. Dialogik matnning ma’no munosabatiga ko‘ra turlari.
3. Dialogik matnning til vositalari. 
Dialogik matn ikki va undan ortiq suhbatdoshning turlicha mazmundagi fikr-
axborot almashinuvidan iborat. Ikki kishi o‘rtasidagi dialogik nutq savol-javob, buyruq-
javob, xabar-e’tiroz mazmunida bo‘lib, fikr xususidagi tasdiq yoki inkorni, ziddiyat yoki 
munozarani ifodalaydi. Ko‘p kishilik dialoglarda suhbat mavzusi savol-javobdan iborat 
bo‘lmay, o‘rtaga tashlangan savol, taklif, da’vat biror xabar, dalillar bilan xulosalanadi.
Dialogik matndagi gaplar, asosan, sodda gaplardan tashkil topadi, sodda gaplarning
bir tarkibli turlari, toliqsiz gaplar, so‘z-gaplar faol ishlatiladi. Dialogik matn so‘zlashuv 
uslubi va badiiy uslubga xosdir.
Topshiriq.
Alisher Navoiyning „Farhod va Shirin“ dostonidan olingan dialogik
matn namunasini ifodali o‘qing.
Dedi: Qaydinsen, ey majnuni gumrah
Dedi: Majnun vatandin qayda ogah.


142 
Dedi: Nedur sanga olamda pesha
Dedi: Ishq ichra majnunluq hamesha.
Dedi: Bu ishdin o‘lmas kasb ro‘zi,
Dedi: Kasb o‘lsa basdur ishq so‘zi.
Dedikim: Ishq o‘tidin de fasona!
Dedi: Kuymay kishi tormas nishona.
Dedi: Vaslig‘a borsen orzumand
Dedi: Bormen xayoli birla xursand.
Dedi: Kishvar beray, kech bu havasdin!
Dedi: Bechora, kech bu multamasdin!
Dedi: Ishq ichra qatling hukm etkum!
Dedi: Ishqida maqsudumg‘a yetkum.
Dedi: Bu ishda yo‘q sendin yiroq qatl!
Dedi: Bu so‘zlaringdin yaxshiroq qatl. 

Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish