2.-vazifa: MBni to‘ldirish
1. Ma’lumotlarga chegaralanishlar kiriting;
2. Kiritilayotgan ma’lumotlarni ekranda xatoligini chiqaradigan xabar matnini bering;
3. Avtomatik ravishda qiymat bering;
4. Variantga qarab jadvalni ma’lumotlar bilan to‘ldiring va ma’lumot noto‘g‘ri kiritilgandagi tizimning ta’sirini ko‘ring;
5. Jadvalda qidiruv;
6. Ma’lumotlarni almashtirish;
7. Kerak bo‘lgan maydonlarda ma’lumotlarni saralash;
8. Yaratilgan jadvalni ko‘rish.
1.2.- jadval
1.2-jadvaldagi MBni to‘ldirish texnologiyasi
1. Kiritiladigan ma’lumotlar:
− MB oynasidan Tablitsы bo‘limini tanlang va «Konstruktor» tugmani bosing.
− ma’lumotlar Shartini kiritilishi kerak bo‘lgan oynaning Yuqori qismidagi maydonga tugmani bosing ;
− oynaning pastki qismida joylashgan qatorda “Uslovie na znachenie” parametriga bosing;
2. “Сообщение об ощибке” qatorida xatolik bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantiruvchi so‘z kiriting.
3. “Значение по умолчанию” qatoriga avtomatik ravishda so‘z kiriting.
4. Ma’lumotlarga chegaralanishlar kiriting, masalan “Talaba kodi” maydonida. Bu erda chegaralanishni oddiy bo‘lmagan usulda kiritish kerak, Ya’ni kodlar qaytarilmasligi kerak, uni o‘zgartirish imkoniyati ta’minlanishi Shart (ma’lumot qaytarilmaydigan «Счетчик» ma’lumotlari turi oxirgi Shart uchun foydalanilmaydi). Ikkinchi Shartni bajarish uchun maydonda “Числовой”, turidagi ma’lumotni berishga to‘g‘ri keladi, birinchi Shartni bajarish uchun quyidagilarni qiling:
− indeksli maydon parametri ustuniga bosing;
− ro‘yxatdan “Da” punktini tanlang;
“Tablitsa” rejimiga o‘ting, elementlar ro‘yhatida tugmani bosing yoki “Vid, Rejim tablitsы” rejimi buyrug‘ini bajarib, jadvalni saqlash to‘g‘risidagi savolga “Da” tugmasini bosing.
5. Variantingiz bo‘yicha 2- jadvalga o‘hshab ma’lumotlar kiriting.
Shart qo‘yilgan maydonga ixtiyoriy yozuv kiritib ko‘ring. Ekranda xatolik
to‘g‘risidagi yozuv paydo bo‘lishi kerak, to‘g‘ri so‘zni kiriting.
6. Ma’lumotlarni qidirish uchun:
− kursorni jadvalning 1- qatoriga ko‘chiring;
− “Правка, Найти” buyrug‘ini tanlang;
− hosil bo‘lgan qator “Образец” parametrida qidiriladigan so‘zni kiriting;
− “Просмотр” qatori parametrida BCE so‘zi bo‘lishi kerak (barcha yozuvlardan qidirish ko‘zda tutiladi);
− “Совпадение” qatori parametrida ro‘yxatdan “С любой частю поля” qismini tanlang;
− “Только в текущем поле” qatori parametriga bayroqcha o‘rnating;
− “Найти” tugmasini bosing kursor topilgan yozuvga o‘tadi;
− “Найти далее” tugmasini bosing kursor keyingi topilgan yozuvga o‘tadi;
− qidirish rejimidan chiqish uchun “3акрыть” tugmasini bosing.
7. Ma’lumotlarni almashtirish uchun:
− almashtirish bajariladigan birinchi maydonga kursorni ko‘chiring;
− “Правка, Заменить” buyruqlarini bajaring;
− hosil bo‘lgan oynada “Образец” parametriga qidiriladigan so‘zni kiriting;
− “Заменить нa” almashtiriladigan so‘zni kiriting;
− “Найти далее” tugmasini bosing, kursor keyingi topilgan kerakli so‘zga o‘tadi;
− “3аменить” tugmasini bosing, ma’lumotlar almashtiriladi.
8. Ma’lumotlarni saralash amalini tanlang: “Записи, Сортировка, Сортировка по убыванию”;
9. Hosil bo‘lgan jadvalni ko‘rish:
− “Файл, Предварительный просмотр” buyruqlarini bajaring, siz jadvalni oq qog‘ozda ko‘rasiz;
− oynani yoping.
Do'stlaringiz bilan baham: |