21
Jumrakni aylanishi orkali quvur ichidagi bosimni va suv oqimining
tezliklarini rostlash mumkin. Tizim ichidagi haroratlar o’zgarishi 5 gradusdan
oshmasligi kerak, aks holda polda yurgan holda sezilishi mumkin.
Bu turdagi tizimlarda asosiy e’tibor quvurlarga berilishi lozim. Zamonaviy
quvurlar turli materiall(mis, metalloplastik, ko’p qavvatli polietilen)ardan
tayyorlanishi mumkin. Har holda quvur materiali
ulangan joylarning maksimal
ishonchligini, quvurni yoki butun tizimning chiziqli normal kengayishini,
kislorodli diffuziyaga etarlich qarshilik ko’rsatish, ta’mirlash ishlariga yaroqligini
ta’minlashi zarur.
Katta e’tiborni faqatkina quvurlar talab etadi, balki polning tashqi qoplamasi
materialliga ham diqqat bilan e’tibor berilishi lozim. Chunki turli materiall
turlicha issiqlikni uzatilishiga ega. Agarda issiqlikni yuqori darajali o’tkazish kerak
bo’lsa, bunda pol qo’yma beton yoki keramik plitka bilan qoplanadi. Qalin gilam
esa issiqlik o’tkazish darajasini pasaytiradi. Uni
qizdirish uchun issiqlik
o’tkazuvchi to’lik quvvatda ishlashi lozim. Agarda pol yog’ochli bo’lsa, bunda
issiqlikni mahsus taqsimlagichlar kerak bo’ladi. Chunki yog’ochdan o’tadigan
issiqlikni teng taqsimlab berish, murrakab jarayondir va yog’ochli
polni
o’rnatishdan oldin uning kuruklik darajasiga e’tibor berilishi lozim. Undagi namlik
darajasi 10% dan oshmasligi kerak. Bunda ko’zda tutish kerakki, qizdirish
harorati
pasayganda namlik oshadi, harorat oshganda esa kamayadi.
Polli isitish tizimini loyihalashida juda jiddililik bilan qarash kerak. Tizim
o’rnatilgandan so’ng, uzatilgan issiqlik butun poli bo’yicha teng taqsimlanishi
zarur, namlik to’planadigan joylar bo’lmasligi kerak.
Butun konstruksiyaning
nisbiy namligi 80%dan kam bo’lmasligi lozim, aks holda uyda yashash mayishiy
jihatdan noqulay bo’ladi. Plitka va plitka ostidagi materiallar orasida haroratning
miqdori normal saqlanishi zarur, farqi 3-4 gradus bo’lib saqlanishi kerak.
Polli isitish tizimidagi suvning haroratini turli hil usullarda rostlash mumkin.
Bunda eng oddiyi uch yo’llanmali jumrak yordamida rostlash hisoblanadi. Odatda
issiqlik ist’emollash hajmi oshgan sari ilmoqdagi suvning o’rtacha harorati
pasayadi. Bunni oldini olish maqsadda, ichki haroratini tug’irlab turish kerak: yoki
22
pasaytirish, yoki oshirish. Ayniqsa shu nuqtay nazar isitish tizimdagi ichki
haroratini tezda tug’rilashga imkon beradi.
Fizika qonunlariga asosan, pol qoplamani harorati
va havo harorati teng
bo’lganda tizim muvozanatga erishadi. Yani qozonlar ancha qizimasligi kerak.
Ikkala haroratlar taxminan bir biriga teng bo’lishi kerak. Bu jarayon tez amalga
oshiriladi. Shuning uchun eng yaxshisi polga o’zidan o’zi haroratni rostlaydigan
tizimlarni o’rnatishdir. Bunda ortiqcha tashvishlar kamayadi va haroratni mustaqil
ravishda pasaytirish yoki oshirish harakatlar keraksiz bo’ladi. Polli isitish tizimiga
boshqa zamonaviy tizimlarni ham ko’shish mumkin. Masalan, polli konvektorlar,
radiator yoki kondisionerlar. Ularni o’rnatilishi,
haroratni rostlashiga zarar
keltirmaslik sharti bilan amalga oshiriladi. Demak, kondisioner, suvli isitish
tizimiga
nisbatan, havoni 3 gradusga pastrok qizdirishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: