Burun undoshlari.
To’siqqa uchragan havoning burun orqali o’tishidan hosil
bo’lgan undoshlar: m, n, ng.
Lab undoshlari
. Talaffuzida lab ishtirok etadigan undoshlar bo’lib, lab-lab (m, b, p)
va lab-tish (v, f) undoshlariga bo’linadi
Bo’g’iz undoshi.
O’pkadan chiqayotgan havoning bo’g’izda qisilishidan hosil
bo’lgan h undoshi.
Lablangan unlilar
. Lablanish bilan hosil bo’ladigan unlilar: o’, u, o.
Lablanmagan unlilar
. Hosil bo’lishida lablar ishtirok etmaydigan unlilar: i, e, a.
Tor unlilar
. Tilning yuqoriga ko’tarilib, og’iz bo’shlig’i tor ochilishi bilan hosil
bo’ladigan unlilar: i, u.
Keng unlilar.
Tilning tanglay tomon bir oz ko’tarilishi va og’iz bo’shlig’ining keng
ochilishi bilan hosil bo’lgan unlilar: a, o.
Do'stlaringiz bilan baham: |