Unli tovush (fonema).
Og’iz bo’shlig’ida hech qanday to’siqqa
uchramay hosil
bo’ladigan, tarkibi ovozdan iborat tovush. O’zbek tilida 6 ta unli tovush (fonema) bor.
Urg’u.
Turli fonetik vositalar orqali bo’g’in yoki so’zni ajratish, shu ajratishga xos
kuchli talaffuz.
Bo’g’in.
So’zning nutqda alohida talaffuz qilish mumkin bo’lgan eng kichik bo’lagi.
Bo’ғin bir tovushdan yoki tovushlar guruhidan iborat bo’lishi mumkin: a-ka, u-ka, mu-al-
lim kabi.
Til undoshlari
. Talaffuzida til ishtirok etadigan undoshlar. Ular 17 ta bo’lib, til oldi
(t, d, s, z, ch, sh, j, l, r, n), til o’rta (y), til orqa (g, k, ng), chuqur til orqa (қ, ғ, x)
undoshlariga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: