TABIATDAN FOYDALANISHDA UMUMIY VA
GEOGRAFIK QONUNIYATLARNI HISOBGA OLISH
Mavzuning asosiy masalalari
Tabiatdan
foydalanishning
umumiy
qonuniyatlari.
Umumgeografik qonuniyatlar va tabiatdan foydalanishda ularni
hisobga olish.
Tabiatdan foydalanishning umumiy va xususiy
tamoyillari.
Tabiatdan
foydalanishning
umumiy
qonuniyatlari.
Tabiatdan foydalanish tizimida umumiy qonuniyat jamiyat va
tabiat orasidagi o‘zaro modda va energiya almashuvining eng
muhim
va
barqaror
aloqalarini
ifoda
etadi.
Tabiatdan
foydalanishning umumiy qonuniyati negizida tabiiy resurslarni
qayta tiklashning moddiy va iqtisodiy tomonlarini ifodalash kerak
bo‘lgan dialektik qonunlar turadi. Bunda moddiy tomonning
mazmunini energiyaning saqlanish va o‘zgarish qonuni belgilaydi.
Bu qonun tufayli tabiatda barqarorlik mavjud. Bunday barqarorlik
tabiatni o‘z–o‘zidan qayta tiklanish va yangilanish qobiliyati
tufayli mavjud bo‘ladi. O‘z–o‘zidan qayta tiklanish va yangilanish
funktsiyasini biosfera (geografik qobiq) komponentlari orasida
asosiy mavqega ega bo‘lgan tirik modda bajaradi. Chunki doimiy
harakatda bo‘ladigan kimyoviy kuch yo‘q va shu sababli tirik
modda o‘zida Quyosh energiyasini to‘playdi va bu energiyani
tabiatdagi xilma–xil jonli va jonsiz komponentlarni (lot.
componens
tashkil etuvchi) vujudga keltirgan holda kimyoviy
energiyaga aylantiradi. Jonli moddalar tog‘ jinslari va
minerallarning vujudga kelishida, kimyoviy elementlarning qayta
taqsimlanishida bevosita ishtirok etadi, oksidlovchi – tiklovchi,
gaz, to‘plovchi (kontsentratsiya), buzuvchi va tuzatuvchi va
boshqa geokimyoviy funktsiyalarni bajaradi.
Tirik organizmlar mavjudligining negizini biosferada
mavjud bo‘lgan energetika jarayonlari tashkil etadi. Keyingi
yillarda esa atrof muhitdagi dinamik muvozanat, tabiat va jamiyat
orasidagi almashuv jarayonining holati ko‘p jihatdan jahon
asosida ishlashi, qanday mahsulot chiqarishi aniqlanadi, atmosfera
havosi va suv havzalariga qanday chiqindilarning chiqarishi, bu
chiqindilarning kimyoviy tarkibi, zarar yetkazish darajasi
e’tiborga olinadi. Shundan so‘ng korxonani joylashtirish uchun
hudud tanlanadi. Korxona joylashtiriladigan hududning relyefi,
uni tashkil qilgan yotqiziqlar tarkibi, yer osti suvlari rejimi, iqlim,
yer usti suvlari xususiyatlari, tuproq va o‘simlik qoplamlari, aholi
yashash joylari (qishloq, shahar)ning yaqinligi o‘rganiladi.
Chiqindi ko‘p chiqaradigan korxonalar (turli elektrostansiyalar,
qora va rangli metallurgiya korxonalari) aholi manzilgohlaridan
uzoqda joylashtiriladi (masalan, Qorovulbozor neftni qayta ishlash
zavodi, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan qaz -kimyo
majmuasi va b.). Aholi zich joylashgan vohalarda sanoat
korxonalarini joylashtirish ancha qiyin. Chunki ular ekologik
muammolarni yuzaga keltiradi (masalan, Oltiariq va Farg‘ona
neftni qayta ishlash korxonalari, Quvasoy sement ishlab chiqarish
korxonasi, paxta tozalash korxonalari va b.).
Binobarin, sanoat korxonalarini joylashtirishda albatta
mahalliy
sharoit
va
aholi
manzilgohlarining
joylashuv
xususiyatlari hisobga olinmog‘i, majmuali muhandislik –
geografik tadqiqotlar amalga oshirilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |