K I R I S H
Fan – texnika taraqqiyoti jadal sur‘atlar
bilan sodir
bo‘layotgan hozirgi davrda insonning tabiatga ta’siri tobora
kuchayib bormoqda. Shu sababli atrof muhitni muhofaza qilish va
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish muammosi hozirgi paytda
global sajiyadagi ekologik muammoga aylandi. Tabiatdan
foydalanishning ulkan miqyoslari sayyoramizda regional va global
ekologik
muammolarni
keskinlashuviga
hamda
ayrim
mintaqalarda ekologik tanazzulning kelib chiqishiga sabab
bo‘lmoqda. «Ekologik xavfsizlik muammosi – deb ta’kidlaydi
I.A.Karimov – allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib
butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan». Shu sababli
bunday
sharoitlarda
inson
tomonidan
atrof
muhitiga
ko‘rsatilayotgan ta’sirini
tartibga solish va boshqarish, ijtimoiy
taraqqiyot va qulay tabiiy muhitni saqlab qolishning o‘zaro
ta’sirini uyg‘unlashtirish, inson va tabiatning o‘zaro munosabat-
larida muvozanatga erishish muammolari dolzarb bo‘lib
qolmoqda.
Yaqin paytlarga qadar tabiatdan foydalanish tushunchasi
mazmuni va mohiyatiga ko‘ra resurslarni iste’mol qilish
tushunchasining sinonimi va amaliy faoliyat sifatida qaralar edi.
Ammo
tabiatdan
foydalanish
faqat
tabiiy
resurslardan
foydalanishnigina emas, balki ulardan
foydalanishni ilmiy asosda
tashkil etish maqsadida o‘rganish, qayta tiklash hamda muhofaza
qilishni ham o‘z ichiga oladi. Tabiatdan foydalanishning bunday
tushunchasida u butunlay yangi mazmunga ega bo‘ladi, inson
tomonidan tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning barcha
tizimini o‘z ichiga oladi va tabiatning insonga aks ta’sirini ham
ifodalaydi. Bu aks ta’sir tabiiy va
ijtimoiy omillarning tabiiy
resurslarni asrash va qayta tiklash bo‘yicha birligi va o‘zaro
3
aloqasi orqali namoyon bo‘ladi. Tabiatdan foydalanish murakkab
jarayon bo‘lganligi sababli uni har taraflama o‘rganish va ilmiy
baholash asosida maqsadli boshqarish mumkin. Shu sababli ilmiy
tadqiqotlar ham tabiatdan foydalanish yagona mexanizmining
tarkibiy va zaruriy qismini tashkil etadi.
Tabiatdan oqilona foydalanish eng muhim tabiiy – ilmiy va
ijtimoiy – iqtisodiy muammoni tashkil etadi Bu serqirra va ko‘p
jihatli muammoning yechimida geografiya fanlari oldida ham
muhim vazifalar turadi. Chunki geografiya
jamiyat va tabiat
orasidagi
munosabatlarni
optimallashtirishning
asoslarini
o‘rganadigan fanlardan biri, bu munosabatlarning hududiy
jihatlarini o‘rganadigan yagona fandir.
Tabiatdan foydalanish – ijtimoiy ishlab chiqarish, aholi va
atrof muhit orasidagi ko‘p tomonlama
aloqalarni aks ettiradigan
jamiyat va tabiat o‘zaro ta’sirining asosiy shaklidir.
Tabiat – jamiyat mavjudligining muhiti va uning turli xil
ehtiyojlarini
qondiradigan
asosiy
manbadir.
Tabiatdan
foydalanishning asosiy ob’yekti tabiiy muhit bo‘lib, u jamiyatning
geografik qobiq doirasidagi muhitidir. Jamiyat o‘zining hayotiy va
ishlab chiqarish faoliyatida tabiiy muhitga bevosita bog‘liq.
Shuningdek,
tabiiy
muhit
ishlab
chiqarish
kuchlarini
joylashtirishning hududiy asosi, tabiiy resurslar manbai,
kishilarning yashash muhiti hamda ekologik muhitdir.
Ko‘pgina hollarda tabiatdan foydalanish deganda tabiiy
resurslardan
foydalanish, tabiiy muhitni o‘zgartirish va muhofaza
qilish tushuniladi, ya’ni u inson xo‘jalik faoliyatining ham foydali,
ham nomaqbul oqibatlarini o‘z ichiga oladi. Demak, tabiatdan
foydalanish, bir tomondan, kishilarning oqilona ehtiyojlarini
imkoni
boricha qondirishi, ikkinchi tomondan esa atrof tabiiy
muhitni bu ehtiyojlarni qondirish manbai sifatida muhofaza qilish
va yaxshilashi lozim.
O‘quv
maqsadlarida
o‘rganiladigan
“Tabiatdan
foydalanishning geografik asoslari” o‘quv fanining asosiy maqsadi
tabiatdan oqilona foydalanish muammosi yechimida geografiya
fanlarining ahamiyati va vazifalarini ko‘rsatishdan, talabalarni
tabiatdan foydalanishning ekologik – geografik xususiyatlarini
tahlil
qilishga, hisobga olish va baholashga; landshaftlarni
foydalanish va muhofaza qilish ob’yekti sifatida tasavvur qilishga