141
Kelajakda ancha uzoq bo‟lgan va kam o‟rganilgan joylarga turistik turlarni
tashkil qilish talab etiladi. Chet ellik turistlar xizmatlarning sifatiga hamda narxiga
katta e‟tibor qaratishadi. Bu sharoitdan kelib chiqqan holda yangi hududiy turistik
bozorlarning rivojlanishiga olib keladi.
Regionning qishloq hududlarida hususiy ishbilarmonlar bilan kelishgan holda
kichik biznes texnologiyalari bilan milliy, maishiy, suviner mahsulotlarni tayyorlash,
yuqori sifatli milliy kiyim-kechaklar, oldindan o‟ylangan stenariy bo‟yicha uy-
xo‟jaliklarni yuritish kiradi. Milliy an‟anani saqlagan holda Yyevropacha qulaykik va
zamonaviy inter‟erni yaratish lozim. Bozor samaradorligini ta‟minlash uchun yuqori
darajada xizmat ko‟rsatuvchi xodimlarni tayyorlash, xalqaro standartlarga javob
beradigan sug‟urta tizimiga moslashish, qishloq infratuzilmasini tashkillashtirish,
transport parklari, qishloq axborot-kommunikastiyasini rivojlantirish, qattiq
qoplamali avtomobil yo‟llarini yaxshilash, investistiyalarni jalb etish hamda
noan‟anaviy transport turlaridan foydalanish lozim. Zamonaviy turistik bozor
sharoitida raqobatni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
“O‟zbekiston havo yo‟llari” MAK faoliyati va “O‟zbekturizm” MKning
monopoliyalashgan faoliyati bozor munosabatlarining buzilishiga olib kelmoqda.
Turoperatorlar va turagentlar orasidagi mehnat ko‟pincha aralashib ketadi va
bir butun tizimni tashkil etadi. Masalan, katta turistik firma “Sogda Tour” o‟zining
“Silk tour” turagentlik firmasiga ega.
“Sogda tour” mahsulotlarini bir yo‟nalishda sotishga moslashgan. Natijada
mustaqil ravishda elektron rezervlashni amalga oshiradi.
Turoperatorlik bozorida diverstifikastion jarayonlarning kengayishi kuzatiladi.
Ko‟pchilik turistik tashkilotlar turoperatorlik faoliyatini kengaytirishayapti, bir
vaqtning o‟zida hususiy mehmonxonalarda yashash, transfer xizmati, aviakassalardan
biletlarni bronlashtirish kabilar bilan shug‟ullanishmoqda. Samarqand viloyatida 30
ga yaqin turistik tashkilotlar turoperatorlik ishi bilan bir qatorda mehmonxonalarga
joylashtirish bilan ham shug‟ullanishmoqda. Kuzatishlar shuni ko‟rsatadiki, turistik
tashkilotlarning asosiy muammolari xodimlar professional darajasining pastligi,
nazariy va amaliy bilimlarning etarli emasligi, turistik tashkilot menejerlari
tayyorgarlik darajasining pastligi, hududda mavjud vaziyat bo‟yicha axborot-
ma‟lumotlarning etarli emasligi (regional iste‟molchilarning alohida talablari,
dinamikasi haqidagi axborotlar, hududlar orasidagi aloqa darajasining past sifatliligi),
korporativ muloqotning past darajasi (turfirmalar orasida biznes aloqlarning,
munosabatlarning past darajadaligi), bozor muammolarini birgalikda hal qilishga
intilmasliklari, buning o‟rniga bir-biridan yashirish, g‟irrom raqobat, demping,
yopiqlik, normativ hujjatlarni to‟liq ishlab chiqish, turistlardan keladigan daromadni
noto‟g‟ri yo‟naltirish (turistlardan keladigan valyuta mablag‟lari hududni rivojlanishi
uchun emas, xalqaro kreditlarni yopish uchun ishlatiladi).
Do'stlaringiz bilan baham: