O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/195
Sana25.01.2022
Hajmi2,6 Mb.
#408423
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   195
Bog'liq
turmahsulot marketingi

Fahmlash. 
Har  doim  yangi  ochilishlarga  bilimga,  harakatlarga  intilish 
kishilarni  topish  bu  erda  eng  muhimidir.  Shu  kishilarning    misolida  boshqa 
mijozlar ham osonroq jalb qilinadi. 
Moda  ketidan:  Har  bir  potenstiol  iste‟molchilar  guruhida  shunday  shaxslar 
borki,  ularning  hulqi  bozorda  moda  ketidan  quvish  sabablarini  belgilab  beradi. 
Turistik  firmalarning  majburiyati  shundan  iboratki,  ular  o‟z  vaqtida  lozimli 
maslahatlar berishi va uni belgilashi lozim. 
Jamiyatda    yoqimli  bo‟lish  hohishi.  Kishi  jamiyatda  o‟zini  ko‟rsatishi  va 
tanishish hohishidan tashqari, yana shu jamiyatga qabul qilishlariga harakat qiladi. 
Kishilar  atrofdagilar uchun katta  yoki kichik ko‟rinishga harakat qiladi.  Bu qattiq 
hayajonli  harakat  mijozni  aniq  bir  harakatni  bajarishga  undaydi.  Mijozlar  uchun  


43 
 
bunday harakatlar kuchli ta‟sir qiladi  va ular o‟zlari qaror qabul qiladilar. Ba‟zilari 
esa  bu  holda  o‟zlarini  tutib  turadilar.  Xulosa  qilib  aytganda  har  bir  iste‟molchi 
qalbida har qanday yo‟llar bilan jamiyatga qabul qilinish va unda yaxshi ko‟rinish 
hissini  uyg‟otish  masalasi  qo‟yiladi.  Buning  uchun  D.Karnegi  qoidasiga  amal 
qilish lozim - U kishilar psixologiyasi aloqasi bo‟yicha mutaxassis bo‟lib “Ko‟proq 
olijanobliroq bo‟linglar”, degan edi. 
Bu  sababni  ikki  tamonlama  ko‟rish  mumkin.  Bir  tomondan  u  bir  guruhga 
tegishli bo‟lishni xohlashi. Unda bu ehtiyoj har qanday guruhiy safarlarga borish, 
do‟stona  munosabat  o‟rnatish  va  hokazo.  Ikkinchi  tomondan  yuqori  natijaga 
erishish  mustaqillikni  bildiradi.  Bunda  gap  individuallik,  ko‟rinishi  ehtiyoji, 
umumiy mijozlar, ommasi ichidan ajratilgan xolni bildiradi. 
Ko‟p  sonli  ishlab  chiqilgan  sabab  qonunlariga  qaramasdan  qonunlar  kishi 
hatti  harakatini  har  qanday  tarzda  ma‟lum  qiladi.  Bunga  inson  psixologiyasini 
to‟liq o‟rganib  chiqilmaganligi va uning dunyosining qorong‟uligi sabab  deymiz. 
Birlashgan  sabablar,  turistik  xizmat  ko‟rsatish  iste‟molchilarda  bir-biriga  qarama-
qarshi ehtiyojlarini uyg‟otadi. 
Masalan:  
yakkalik va gurux bilan birga. 
o‟rtoqlik va chaqqonlik. 
dam olish va faoliyat. 
tomir yoyish va uning aksi. 
passiv ehtiyoj va bo‟sh vaqtni mazmunli o‟tkazish. 
ta‟tilni belgilab berilgan dastur bo‟yicha va o‟z xohishi bo‟yicha o‟tkazish. 
Mana shunday qarama-qarshi ehtiyojlar sababli turizmni marketing bo‟yicha 
o‟rganish va mijozlar hatti-harakatini oldindan qayd qilish zarur. 
Turistik faoliyat spestifikasi ayniqsa hayajonli sabablarga nazar solishni talab 
qiladi. Ishning ma‟nosi shundaki, kishini hayajonli onlari ko‟pincha o‟z tomoniga 
og‟diradi,  inson  kompyuter  emas,  undan  maqsadga  muvofiq  bo‟lishni  kutib 
bo‟lmaydi. 
Shuning  uchun  turistik  xizmat  ko‟rsatish  firmalari  va  mijozlar  o‟rtasida 
avvalo  mijozlarning  hayajonli  onlariga  va  shuningdek  boshqa  asoslarga  e‟tibor 
qaratish  lozim.  Mijozlarning  hatti-harakatini,  ularni  qaysi  turistik  xizmat 
qondirishini marketing izlanishlari orqali aniqlashni muhim omil desa bo‟ladi. 
Marketing asosida ishni yuritishi samarali bo‟lishi uchun, iste‟molchilar o‟z oldiga 
ba‟zi  sabablarni  nazarda  tutib  emas,  balki  qanday    sotib    olish    masalasini 
qo‟yishlari lozim. 
Sotib    olish  ishlari  -  bu  mizojlarda  turistik  mahsulotni  sotib  olish  istagini 
uyg‟onib, sotib olgandan keyingi xulosagacha bosib o‟tilgan masofa deb tushunsa 
bo‟ladi. 
Chunonchi, sotib olish ishlari mijozning firmalarga murojat qilinishdan ancha 
avval boshlanadi, bu ishlar oqibati esa keyinchalik seziladi. 
  Mijozlar  turistik  mahsulotning  nima  uchun  sotib  olayotganini  tushunish 
uchun  ularning  hatti-harakatini  bilsak  maqsadga  muvofiq  bo‟ladi.  Bu  albatta, 
qaysidir  ma‟noda  chinakamidan  farqliroq  va  iste‟molchilarni  o‟ziga  xosligi  va 
tashqi  muhitiga  bog‟liqdir.  Lekin  ko‟p    iste‟molchilar  o‟zaro  o‟xshash  yo‟llarni 


44 
 
tanlashadi.  Iste‟molchilarni  dilidagini  tushungan  turistik  firmalar  har  qanaqangi 
yo‟llar bilan o‟z mahsulotlarini sotishlari mumkin bo‟ladi. 
Marketingda  sotib  olish  ishlari  xulosa  chiqarishdek  gap,  chunki  unda 
bamisoli zina kabi bosqichma-bosqich xulosa chiqariladi.  
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish