Ta’limiy usul - murakkab, ko‘p pogonali, ko`p qirrali disseptiv, ochiq,
qaytariluvchan markazlashgan ijtimoiy modulli texnologiya bo‘lib, dars jarayonini amalga oshirishda
hal qiluvchi ahamiyatga ega. Pedagogik usullarda, ta’lim jarayonida obyektiv mavjud bo‘lgan
qonuniyatlar ta’lim maqsadi, mazmuni, tamoyillari va ta’lim berishning shakllari o‘z ifodasini topgan
bo‘ladi. Ta’lim-tarbiya usullarida didaktikaning barcha tamoyillari (prinsiplari) o‘z ifodasini topgan ekan,
ularo‘zaro funksional bog‘liq bo‘lib, ta’lim usullari o‘zgarishi bilan didaktik prinsiplar ham takomillasha
boradi va butun uzluksiz ta’lim-tarbiya jarayonining takomiliga o‘z ta’sirini o‘gkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: