Mustahkamlash tizmasi va qо‗yuvchi quvurlar oralig‗idagi halqali fazo paker
agregati (1) xom fenol va ishqorlarni aralashmasini haydaydi. Birlamchi reagentlar
Birlamchi reagentlar quduqqa haydalgandan keyin agregat yordamida (2) suv
bilan smolani qatlamga bostirish amalga oshiriladi. Reagentlar qatlamga 15-30 minut
oralig‗ida haydaladi. Quduqqa haydalgandan keyin qatlamning haroratiga bog‗liq
376
Qatlamda quduq tubi zonasini mustahkamligi natijalarini tekshirish barqaror
namunalar olib tadqiqot qilinadi. Quduq tubi zonasini organik smola bilan
mustahkamlash usuli 1958 yildan qо‗llanilgan.
Sо‗nggi yillarda bu usul takomillashtirilgan, quduqqa bir vaqtning о‗zida suyuq
fenolformalinning aralashmasi qum bilan birgalikda quduqqa haydaladi. Fenolformalin
aralashmasining aralashmasini 35-40%ni qum massasi tashkil qiladi. Bunday sharoitda
quduq tubi zonasidagi mustahkamlangan qumning chidamliligi pasaymaydi va bu
quduq uchun juda muhim hisoblanadi. Aralashma keltirilgan talablarning hammasiga
tо‗liq javob beradi. Yer osti gaz omborlaridagi yumshoq qumlarni mahkamlash uchun
qatlamning past haroratlarida (293 - 303 ºС) fenol spirtdan tayyorlangan smolani
qо‗llash
usuli
ishlab
chiqilgan.
Polimerlashda
katalizator
sifatida
benzolsulfokislotasidan (BSK) foydalaniladi.
Bu usulda mustahkamlash texnologiyasining ajralib turadigan xususiyatlari:
1) qatlamga smola uglevodorodli suyuqliklar (gaz kondensati yoki dizel
yoqilg‗isi) yordamida bostiriladi;
2) qatlamga smola bostirilgandan keyin qatlamning g‗ovaklik hajmiga teng
bо‗lgan 1 m radiusida qatlamga issiq gaz bostiriladi va u smolaning mustahkamligini
oshiradi hamda ishlov berilgandan keyin quduqni о‗zlashtirish muammolarini
soddalashtiradi;
3) quduq tubi zonasiga smola bilan ishlov berish quduqqa suyuqlik bostirmasdan
amalga oshiriladi; bunda ishlov berish muddati qisqaradi, qatlam-kollektorning tog‗
jinsini sementlangan moddasi bilan suvning о‗zaro ta‘siri muommosini minimumga
olib keladi, smolani tog‗ jinsi bilan ilashish sifatini kuchaytiradi. Shunday usulda
kо‗pgina yer osti gaz omborlarning quduqlaridagi quduq tubi zonasi ishlangan.
Agar quduqning mahsuldor qatlami qirqimida har xil gazga ega bо‗lgan
gazlilik qatlamlari mavjud bо‗lganda yoki gazlilik, neftlilik va suvlilik qatlamlari
navbatlashib kelganda, loyli qatlamchalar bilan ajratilganda, qirqim bо‗ylab keskin
qatlamlar har xillikka ega bо‗lganda quduq tubi ochiq qoldirilmaydi. Bunday holatda
quduq mahsuldor qatlamning tubigacha burg‗ilanadi, mustahkamlash tizmasi
tushiriladi va quduq ustigacha sementlanadi. Quduq va qatlam perforatsiya teshiklari
377
yoki boshqa usullarda bir-biri bilan tutashtiriladi. Agar perforatsiya teshiklari orqali
qum zarralari chiqib kelganda u holda yerning usti qismida filtr jamlanadi va quduqqa
tushiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: