O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti t. R. Yuldashev, J. T. Nurmatov


Gaz quduqlarining yer usti jihozlarining montaji va ekspluatatsiyasi



Download 11,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet253/371
Sana03.01.2022
Hajmi11,93 Mb.
#314249
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   371
Bog'liq
fayl 1832 20210916

13.2.Gaz quduqlarining yer usti jihozlarining montaji va ekspluatatsiyasi 

Gaz  quduqlarining  yer  usti  jihozlari  mustahkamlash  quvurlar  birikmasining 

yuqori uchini va favvora quvurlarini biriktirish, quvurlar oralig‗idagi fazosini va jihoz 

detallarining  birikish oraliqlarini germetiklash, quduqni ishlatishni texnologik rejimini 

boshqarishni va nazorat bо‗yicha tadbirlarni amalga oshirishga mо‗ljallangan. U uchta 

qismdan tashkil topgan: 1) tizma boshchasi; 2) quvur boshchasi; 3) favvora archasi. 

Tizma  boshchasi-konduktorning  yuqori  uchini  va  ishlatish  tizmasini 

birlashtiradi,  quvurlar  oralig‗ini  germetiklaydi,  favvora  archasining  quvur  boshchasi 

uchun  tayanch  bо‗lib  xizmat  qiladi.  13.2-rasmda  shlipslardagi  tizma  boshchasi 

keltirilgan.  Uning  pastki  qismida  keng  tirgakli  pyedestal  (1)  joylashgan, 

mustahkamlash tizmasining tashqi rezbasini oxirigacha buraladi va ankerli boltlar bilan 

beton  poydevorga  mahkamlangan.  Yuqoridagi  pyedestalga  flanetsli  birikmalar 

yordamida  tayanch  pyedestalga  (2)  mahkamlangan  va  ishlatish  tizmasini  osib 

qо‗yishda  xizmat  qiladi.  Tayanch  pyedestalning  konusli  ichki  qavurg‗asiga  shlipslar 

о‗rnatilgan (3) va unga ishlatish tizmasi osilgan va mahkamlangan.  

Quvurlar  oralig‗ini  germetiklash  uchun    shlipsning  ustiga  tayanch  pyedestalga 

maxsus  zichlamali  (6)  gazneftga  chidamli  bо‗lgan  salnik  о‗rnatilgan,  ikkita  halqa 

oralig‗iga  (4  va  7)  qisuvchi  gayka  (8)  yordamida  qisilgan.  Shlipslarga  ishlatish 

tizmasini osish rezbaga osishni murakkab usuli bilan almashtiriladi. 



 

370 


Quvur  boshchasi-  favvora  quvurlarni  osish  va  ishlatish  tizmasi  va  favvora 

quvurlarining  quvurlari  oralig‗ini  germetiklash  uchun  xizmat  qiladi.  Quvur 

boshchasiga tо‗g‗ridan-tо‗g‗ri chorbarmoqli yoki uchlik favvora archasi о‗rnatiladi. 

 

Favvora  archasi  quvur  boshchasining  yuqoridagi  flanetsidan  yuqori  montaj 



qilinadi va quyidagilarga mо‗ljallanadi: 

quduqlarni о‗zlashtirish; 

quduqlarni berkitish; 

quduqning texnologik ish rejimlarini nazorat qilish va boshqarish uchun. 

Chorbarmoqli  turdagi  favvora  archasining  elemenlariga-chorbarmoq,  uchlik, 

archa uchun -uchlik kiradi. Unga shtuserlar, termometrlar, gidratlarni hosil bо‗lishi va 

korroziyaga  qarshi  eritmalarni  kiritish  uchun  qurilma,  yer  ustidagi  qirquvchi-klapan. 

Yer  ustidagi  qirquvchi-klapan  (K-301)  avariya  xavfi  paydo  bо‗lguncha  yoki  undan 

keyin  bosim  pasaytirilganda  (shleyfda)  quduqning  chiqish  chizig‗ini  avtomatik 

berkitish  uchun  xizmat  qiladi.  Berkitish  elementi  qirquvchi-klapan  K-301  tо‗sma 

qopqoq  kо‗rinishida  bajarilgan.  U  yotiq  holatda  sezgir  elementli  shtok  yordamida 

ushlab turiladi. Quvur uzatmalarda bosim kamayganda shtok siljiydi, tо‗sma qopqoqni 

bо‗shatadi  va  gazning  oqimini  yopadi.  Bosim  tо‗sma  qopqoqgacha  va  undan  keyin 

tenglashgandan keyin qirquvchi klapan qо‗l yordamida ochiladi. 

13.3-rasmda quvur boshchasi va favvora archasi uchlik (a) va chorbarmoqli (b) 

archalar  bilan  tasvirlangan.  Quvurlar  oralig‗idagi  fazo  halqali  zichlama  bilan 

zichlanadi.  Quvur  boshchasining  pastki  yon  tomondagi  olib  chiqish  chizig‗i 

quduqlarga  ishlov  berish  va  quvurlar  oralig‗idagi  bosimni  о‗lchash  uchun  xizmat 

qiladi.  Ikki  yon  tomonga  olib  chiqish  chizig‗ining  biri  ishchi,  ikkinchisi  zaxiradi 

ishlaydi.  Chorbarmoqli  favvora  archasi  katta  balandlikka  ega,  xizmat  kо‗rsatishga 

qulay  va  muvozanatlashgan.  U  gaz  oqimida  qattiq  zarralar,  gazsimon  yoki  suyuq 

korroziya  agentlari  mavjud  bо‗lmagan  sharoitda  qо‗llaniladi  va  chorbarmoqni 

korroziyalanishiga olib keladi hamda quduqni ishlatishdan chiqaradi. 

 Uchlik  turidagi  favvora  archasida  ikkita  uchlik  mavjud.  Yuqoridagi  ishchi, 

pastki-zaxirada.  Pastki  uchlik  ta‘mirlash  vaqtida  yoki  yuqoridagisini  almashtirishda 

qо‗llaniladi.  Uchlik turidagi  favvora  archasi katta  balandlikka  (yer  ustidan 5  m)  ega, 




 

371 


xizmat  kо‗rsatishga  noqulay  va  muvozanatlashmagan.  Quduqlarni  ishlatishning 

maxsus  murakkab  sharoitlarida  qо‗llaniladi-jihozlarni  yemirilishga  olib  keladigan 

gazning  oqimida  qattiq  zarralar,  gazsimon  yoki  suyuq  korroziya  agentlari  (nordon 

gazlar,  vodorod  sulfid,  propion,  moyli  yoki  yog‗li  kislotalarning  qatori),  bosim  va 

harorat  keskin  о‗zgarganda.  Favvora  archasining  yuqori  qismiga  bufer  quvurchasi 

quduqning  boshchasidagi  bosim  (bufer  bosimi)  kо‗rsatuvchi  manometr  bilan 

birgalikda о‗rnatiladi. 

 

 




Download 11,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish