5.Neftni alohida qazib olishda qо‗llanilidigan gidroporshenli nasoslarni ishlash
367
XIII - bob. GAZ VA KONDENSAT QUDUQLARNI ISHLATISHDA
QO„LLANILADIGAN JIHOZLARNI MONTAJI VA EKSPLUATATSIYASI
13.1. Gaz quduqlarining konstruksiyasi
Gaz va gazkondensat konlari yer qarining har chuqurligida joylashadi: 250
metrdan 10000 metr va undan ham chuqur. Qatlam flyuidlarining uglevodorod
komponentlarini yer ustiga chiqarish uchun gaz va gazkondensat quduqlari
burg‗ilanadi.
Gaz quduqlari quyidagicha foydalaniladi:
1) qatlamdan gazni yer ustida joylashgan kon qurilmalariga harakatlanishi; 2)
ochilgan tog‗ jinsi qirqimlarini og‗nab ketishdan himoya qilish; 3) gazli, neftlilik va
suvli qatlamlarni bir-biridan ajratish; 4) yer osti gazini yо‗qotilishini oldini olish.
Gaz quduqlari uzoq vaqt davomida murakkab va keskin о‗zgaruvchan
sharoitlarda ishlatiladi. Amalda quduqlardagi gazning bosimi 100 MPa.gacha yetadi,
harorati 250ºC.gacha, 10000 metr chuqurlikdagi quduqlarda tog‗ bosimi 250
MPA.gacha kо‗tariladi. О‗zlashtirish jarayonida, tadqiqotlash, kapital ta‘mirlash va
ishlatish davrida quduq orqali harakatlanayotgan gazning quduqdagi bosimi, harorati
va tarkibi keskin о‗zgaradi.
Quduqlar-qimmat narxdagi kapital inshootlar hisoblanadi. Umumiy kapital
qо‗yilmalarda gazni qazib olishdagi quduqni qurishdagi hamma solishtirma kapital
qо‗yilmalar konni joylashuv chuqurligiga, quduqni burg‗ilashni geologik sharoitlariga,
konning geografik joylashuv sharoitlariga bog‗liq holda -60- 80%ni tashkil qiladi.
Quduq qurilishining uzoq muddat ishlatilishi va bahosi kо‗p holatda ularni
konstruksiyasi orqali aniqlanadi.
Quduqning konstruksiyasi-har xil uzunlikdagi va diametrdagi mustahkamlash
quvurlarining birikmasidan tashkil topgan hamda ular quduqning ichiga konsentrik
holda bir-birining ichidan quduqqa tushiriladi.
Qazib oluvchi gaz quduqlarning konstruksiyasi kо‗pgina omillarga jumladan,
qatlam bosimi va uni gidrostatik bosimning nisbatiga, burg‗ilashni geologik sharoitiga,
qatlamning geologik-fizik parametrlariga, qatlam flyuidining fizik xossalariga,
368
qatlamlar oralig‗idagi bosim farqiga, quduqni ishlatishni texnologik sharoitiga,
qatlamni ishlatish rejimiga, iqtisodiy munosabatlarga bog‗liq bо‗ladi. 13.1-rasmda gaz
va gazkondensat quduqlarining konstruksiyasi keltirilgan.
Gazning fizik xossalari
-zichligi va qovushqoqligi, ularni bosim va haroratga
bog‗liq о‗zgarishi neft va suvning zichligini va qovushqoqligini о‗zgarishiga nisbatan
keskin farq qiladi. Kо‗p holatlarda gazning zichligi neft va suvnikidan katta qiymatga
kichik, gazning dinamik qovushqoqlik koeffitsiyenti 50-100 marta kichik. Gazning va
suyuqlikning zichliklaridagi farq neft quduqlariga nisbatan konduktorni katta
chuqurlikka tushirishga tо‗g‗ri keladi va tog‗ jinsini gaz bilan yorilishini, ichimlik
suvlari bilan suvli gorizonlarni ifloslanishini va gazni yer ustiga chiqishini oldi olinadi.
Gaz quduqlarida konduktorni tushirish chuqurligi N (m.da) quyidagi tenglikdan
aniqlanadi
h
g
P
Ln
T
R
L
h
r
o
b
q
b
'
.
.
, (13.1)
bu yerda, L-quduqning chuqurligi; R-solishtirma gaz doimiyligi; T- (L - h)
uzunlikdagi о‗rtacha harorat; ρ
о‗r
- h uzunlikdagi tog‗ jinsi qirqimidagi о‗rtacha hajmiy
zichlik; P
b.q.b
- gazning boshlang‗ich qatlam bosimi; g-erkin tushish tezlanishi
L
h
r
o
suv
425
,
0
L
'
, (13.2)
bu yerda, ρ
suv
–qatlam suvining zichligi.
Do'stlaringiz bilan baham: