12.6 - rasm. Ikkita qatlamga bir
ajratuvchi ORZ-2P-5 turidagi ajratuvchi
paker yordamida alohida suv haydash
sxemasi:
1- nasos quvurlari ; 2- kesishishuvchi
mufta ; 3- paker ; 4- suv quvurlar oralig‗idagi
kanal ; 5-mustahkamlash kolonnasi ; 6-
chorbarmoq ; 7- teshik ; 8- salnik; 9-yuvuvchi
klapan ; 10- uzgartma; 11- boshmoq .
12.7-rasm. Uchlik turidagi juft favvora
armaturasi:
1-ikkita otma chiziq; 2-lubrikatorlar 3-
tо‗g‗ri oqimli markaziy zulfin; 4-shtuser; 5- juftli
tо‗g‗ri oqimli zulfin; 6- ikki о‗tishli о‗zgartma; 7;
8- konussimon quvur tutqich; 9- konussimon
quvur tutqichli chorbarmoq; 10- zulfin;
Qatlamga haydaladigan belgilangan suv sarfini ta‘minlash uchun sarf
rostlagichlar qо‗llaniladi, qatlamni ishlatish sharoitiga bog‗liq holda haydaladigan
suyuqlikni sarfi yoki bosimini doimiy saqlab turadi.
Sarf о‗lchagichlarda suyuqlikni oluvchi rostlagichlar qо‗llaniladi, ular quduqqa
simlar yordamida tushiriladi va о‗rnatiladi. Sarf rostlagich qatlamdan suyuqlikning
361
olinishini doimiy ta‘minlaydi va bosim pasayganda yoki NKQning ichida, bosim
oshganda ham qatlamga qarshi oqimni paydo bо‗lishiga yо‗l qо‗ymaydi.
Quduq ichidagi jihozlarda uchrashuvchi oqimlarni hosil qiluvchi, suyuqlik
oqimini yо‗naltiradigan nasos-kompressor quvurlar orqali quvur orqa halqasi yoki
teskarisiga ketuvchi oqimlarni kesuvchi tugunlar qо‗llaniladi xuddi, shunday mufta
pakerning ustiga ham о‗rnatiladi. Bunday holatda NKQ tizmasiga uzatiladigan
suyuqlik halqa fazosiga chiqadi, tizma quvurlar orqali pastga ketuvchi suyuqlik esa
halqa fazosi orqali yо‗naltiriladi.
Paker uzoq muddat quvur tizmasini ichki bо‗shlig‗ini ajratish uchun xizmat
qiladi hamda zichlamali qurilmalarni va quduq ichidagi jihozlarning har xil
elementlarini qо‗zg‗almasdan turishini ta‘minlaydi.
Paker katta zо‗riqish, bosim va harorat ostidagi murakkab sharoitda ishlaydi
xamda atrofdagi yemiruvchi muhit ham ta‘sir qilishi mumkin.
Alohida ishlatish uchun murakkab qurilmalarda markazdan qochma elektr botma
nasoslardan (MQEBN) foydalanildai (12.8-rasm). Yer osti jihozlari ikki qatlamning
oralig‗iga о‗rnatiladigan pakerdan, markazdan qochma nasosdan tashkil topgan, elektr
dvigatelning va nasosning gidravlik himoyalash qurilmasining ustidagi suyuqlikni
pastki qatlamdagi pakerning tagidan MQEBN qabul tо‗riga uzatish uchun maxsus
kojux (3) kiydiriladi; ajratgich (4) plunjer yordamida (5) quduqning quvurlar oralig‗i
fazosini NKQning ichki bо‗shlig‗i bilan tutashtirish imkoniyatini beradi. Suyuqlik
pastki qatlamdan paker orqali halqali zazor bо‗ylab kojux (3) va nasos (2) oralig‗idan
kо‗tariladi, elektr dvigatelni sovutadi va uzgarmadagi kanal bо‗ylab uzgartmadan
yuqorida joylashgan kojuxning markazdan qochma nasosning qabuliga beriladi.
Keyin teskari klapan va ajratgich (4) almashtiriladi, suyuqlik pastki qatlamdan
NKQga tushadi. Yuqoridagi favvora qatlamidan suyuqlik halqali oraliq bо‗ylab
mustahkamlash va MQEBNning kojuxi oralig‗idan о‗tadi, ajratgichga yetib keladi
hamda ajratgich va plunjerdagi (5) teshik orqali NKQga kelib tushadi. Shunday qilib
ikkala qatlamlarni suyuqligi ajratgichdan yuqorida aralashadi va NKQ bо‗ylab
kо‗tariladi. Ajratgichga (4) almashtiriladigan plunjer (5) о‗rnatiladi, yuqori favvora
362
qatlamidan о‗rnatilgan meyordagi suyuqlikni olishga bog‗liq holda belgilangan
diametrdagi shtuser о‗z vaqtidan oldinroq almashtiriladi.
Plunjer (5) qirg‗ichli о‗tkazgich bilan lubrikator yordamida tutqich yoki
о‗tqazuvchi moslama orqali NKQga tushiriladi. Ikkita teskari klapan (birinchisi paker
tagida, ikkinchisi MQEBNning ustida) va ajratgichning (4) mavjudligi NKQlari
oralig‗idagi fazo yoki NKQ va quvurlar oralig‗idagi fazo orqali (tо‗g‗ri va teskari)
yuvish amalga oshiriladi va yuqori qatlam о‗zlashtiriladi. Favvora qatlami
о‗zlashtirilgandan keyin uning ish rejimini о‗rnatish va plunjerni (5) tushirish ishlari
amalga oshiriladi hamda kerakli shtuser bilan nasosni ishga qо‗shish orqali pastki
qatlam о‗zlashtiriladi.
Yuqorida keltirilgan yer osti jihozlari quduqqa NKQ yordamida tushiriladi va
maxsus plashkali quvur yakori (6) bilan mustahkamlash kolonnasiga osib qо‗yiladi va
elektr kabelni (8) о‗tishi oldindan mо‗ljallanadi. Quvurli yakor (6) NKQdan (7)
yuklarni qabul qiladi va uni osilgan nasos jihozlariga uzatmaydi. Quduqning usti
qismiga oddiy favvora armaturasi (9) MQEBNlarni boshqarish stansiyasi P-
avtotransformator bilan birgalikda о‗rnatiladi. Bu qurilma quduqni oddiy usulda
tadqiqot qilishga yо‗l bermaydi. Ajratgichning usti (4) qismidagi NKQ orqali
manometr yordamida bosim о‗lchanadi. Bu bosimni va plunjerning shtuseridagi (5)
bosim yо‗qotilishini bilgan holda favvora qatlamidagi yuqori qatlam qarshisidagi
bosim aniqlanadi. Shtuserlarni almashtirib va ajratgichning ustidaga bosimni о‗lchab
ikkala qatlamlardagi umumiy bosimni о‗zgarishini quduq tubi bosimiga bog‗liqligini
olish mumkin. Bunday ma‘lumot yordamida ikkala qatlam uchun indikator chizig‗ini
qurib bо‗lmaydi. Suyuqlikni harakatlanishi uchun bitta kanalning mavjudligi tufayli
parafin yotqiziqlar bilan kurashish muamolari hal qilinadi. Parafin yotqiziqlarini oldini
olishda shisha quvurlardan yoki parafin yotqiziqlarni tozalashni boshqa usullaridan
foydalaniladi.
“Favvora-nasos”
sxemasida ishlaganda (12.9-rasm) qatlamlar
ajratgichlar yordamida ajratiladi, rezinali manjet pastga yuqori bosimga ega bо‗lgan
favvora qatlamiga qaratiladi. Bu holatda paker о‗zini-о‗zi zichlaydi.
Jamlanmaning hamma PED (2), PSEN (5), ajratgichning (4) aylanma kanali (12)
va quvurli yakori (6) kabel yordamida (8) NKQda quduqqa tushiriladi. Yig‗maning
363
dum qismi paker kanaliga (1) kiradi va u yerda rezina manjeti yordamida zichlanadi.
Yerning usti qismiga favvora armaturasi (9), boshqaruv stansiyasi (10) va
avtotransformator (11) о‗rnatiladi.
Bu qurilmada pastki favvora qatlamining almashtiriladigan plunjerning
shtuseriga (5) va ajratgichga suyuqlikni kirib kelishi uchun kojuxning о‗rniga aylanma
quvurchadan (12) foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |