Keyin quvur orti bо‗shlig‗idagi suyuqlik sathi pastda joylashgan klapanga
yetguncha pasayadi. Undan keyin yuqori klapan yopiladi, pastki qatlam ochiladi.
Bundan keyin tushirish klapani yopiladi, gaz esa boshmoq orqali kо‗tarish
quvuriga yoki ishchi klapanga о‗tadi. Klapan quduqqa chig‗ir yoki sim yordamida
205
Ekssentrik kamera shunday shaklda о‗rnatiladiki, quvurlar birikmasining
о‗tish teshigi va ularning о‗qlarini mosligi tо‗liq saqlanib qolinadi. Ekssentrik
kameraning yuqori qismiga (6.8-rasm) maxsus yо‗naltiruvchi vtulka о‗rnatiladi va
yо‗naltiruvchi asbob orqali klapan tushiriladi, u egilganda о‗tkazilgan chо‗ntakka
borib tushadi. О‗tkazilgan asbobda sharnirli birikma mavjud bо‗lib, undan keyin
esa tо‗g‗ri yо‗naltiruvchi vtulkaga yо‗naltirilgan bо‗ladi. О‗tkaziladigan asbobning
sharnirli birikmasida prujinali qurilmalar yordamida keskin burilish hosil qilinadi,
tushiriladigan klapanning bо‗ylama о‗qi о‗tkaziladigan kameraning bо‗ylama о‗qi
bilan mos keladi. О‗tkaziladigan asbob pо‗lat arqon yordamida NKQ-ga tushiriladi.
Pо‗lat arqonning diametri 1,8 mm-dan 2,4 mm-gacha bо‗ladi. Arqon texnikasi
yordamida klapanlar xuddi shunday tartibda chiqarib olinadi. Buning uchun
quduqqa ekstraktor tushiriladi va u borib ekssentrik kameraga tushadi, undan keyin
esa ozroq kо‗tarilgandan keyin yо‗naltiruvchi vtulkada klapanning о‗tkazish
kamerasining tekisligiga yо‗naladi.
Ekstraktor yо‗naltirilgandan keyin uning zvenosi prujinaning ta‘sirida
bug‗imlarga bо‗linadi, klapanning tutqich boshchasi oldida kerakli holatni
egallaydi. Tutqich prujinali moslamaga о‗tkazilgan ekstraktorning uchidan va
klapanning tutqich boshchasidan shunday ushlab oladiki, kо‗tarilganda о‗tkazilgan
kameraga klapanning о‗zi ajralib chiqadi.
Ekssentrik kameralardagi gazlift о‗lchash klapanlarni yoki gazlift
klapanlarga oddiy berkitgichlarni birgalikda о‗rnatishda hamda quduqni uchirish
yoki tо‗xtatishga olib kelmasdan oldin OUG-80 * 350 gazlift qurilmasi quduq
ustiga о‗rnatiladi.
Maxsus quduq ustidagi gazlift qurilmasining diametri 80mm, 35 MPa
bosimga hisoblanadi va maxsus lubrikator konstruksiyasidir (6.9-rasm).
Gazlift armaturasining yuqori chorbarmoqi flanetsiga (1) yoki bufer
qulfagining flanetsiga kichik о‗lchamli bekituvchi mexanizm qulli uzatmali (2)
preventor о‗rnatiladi. Unda elastik (rezinali) bekituvchi elementlari bо‗ladi, uni
yordamida quduqni bekitish mumkin. Preventorga tez olinuvchi birikma yordamida
206
(3) lubrikator seksiyasi mahkamlanadi, uning yuqori uchida (4) sal‘nik bо‗lib, (5)
sim о‗tkaziladi yoki ingichka arqon va (6) rolik mavjud.
Armaturaning pastki uchiga (7) tortuvchi shkiv mahkamlangan, u orqali
mexanik uzatma arqondan chig‗iriqqa va barabanga yо‗naltiriladi. Lubrikatorga
parallel holda uncha katta bо‗lmagan (8) machta mahkamlangan bо‗lib, (9)
polispast (yuk kо‗taruvchi mexanizm) yukni kо‗tarishni osonlashtiradi hamda
lubrikatorni yig‗ishni va kо‗tarilgan klapanlarni olishni qulay holatga keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: