Porshenli nasoslar.
Porshenli nasoslarning eng kо‗p tarqalgan kо‗rinishi –
bug‗li tо‗g‗ri harakatlanuvchi nasoslardir. Elektryurituvchi nasoslarning gidravlik
silindrlari tо‗g‗ri harakatlilaridan juda kam farqlanadi; yuritgich qismga kelsak, u
krivoship-shatun mexanizmi kо‗rinishiga ega bо‗lib, bu mexanizmning kreyskopfi
gidravlik silindrning porsheni kiygizilgan shtok bilan birlashtirilgandir. Kо‗pgina
tо‗g‗ri harakatlanuvchi nasoslar ikkita bug‗latgich va ikkita gidravlik silindrdan iborat,
har bir silindr juftligini boltlar yordamida poydevorga mahkamlangan ramaga
о‗rnatiladi. Nasosning gidravlik qismini nasosga mahkamlab qotiriladi, bug‗latgich
qismini esa temperaturalar deformasiyasini kompensasiyalash uchun ozgina lyuft
orqali mahkamlanadi. Gidravlik va bug‗latgich qismlari qobiqlari bir-biri bilan о‗rta
qism (о‗rtalik) vositasida shpilkalarda biriktiriladi.
7.1-rasmda ikki silindrli gorizontal neft nasosining umumiy kо‗rinishi aks
ettirilgan bо‗lib, u siqilgan gaz, och va tо‗q neft mahsulotlarini tortib chiqarish uchun
mо‗ljallangan. U bug‗ bloki va gidravlik silindr blokidan iborat bо‗lib, ular bir-biri
bilan о‗rtalik orqali bog‗langan.
Bug‗latgich silindrlar bloki nasos yuritgichi ikki bug‗latgich silindrlar
qobig‗idan tuzilgan bо‗lib, u bir vaqtning о‗zida zolotnikli korobkalar bilan quyilgan,
harakatlantiruvchi mexanizmli ikkita zolotnik va ikkita porshendan iboratdir. Yirik
nasoslarni traversalar orqali о‗zining bо‗rtmalari bilan juftlangan alohida-alohida
bug‗latgichli silindrlardan foydalanadi.
Gidravlik silindrlarning bloklari ushbu ikki silindr qobiqlaridan iborat bо‗lib, u
bir-biri bilan sо‗ruvchi kollektor, ikki porshen va sakkiz klapanlar (har bir silindrga
ikkitadan sо‗ruvchi va eguvchi bosim bilan haydovchi klapan) orqali birlashtirilgan.
Siqilgan gazlarni va suyuq neft mahsulotlarini tortib chiqarish uchun vertikal bir
silindrli nasosni poydevorga panjaralari orqali о‗rnatiladi. Gidravlik silindr bloklari
bir-biri bilan ikkita pо‗lat kolonnalar orqali birlashtirilgan.
213
Barcha porshenli nasoslar, о‗ta yiriklaridan tashqari montaj maydonchasiga
poydevor ramasiga yig‗ilgan holda keltiriladi. Nasosni poydevorga о‗rnatish qoidalari
barcha mashinalar uchun bir xildir. Truba quvurlarni montaj qilishda bug‗latkich va
gidravlik silindrlarni yuklamadan bо‗shatish zaruratiga alohida e‘tibor berish zarur, bu
yuklamalar silindrlarga bog‗lanayotgan truba uchastkalarining temperaturalar
deformasiyasidan vujudga keladi.
Ta‘mirlash ishlarini boshlashdan avval nasosni elektr tarmog‗idan uzish, tortib
chiqarilayotgan moddadan bо‗shatish, yuvish, xavfsiz temperaturagacha sovitish va
barcha birlashtirilgan truboprovodlardan ozod qilish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |