Porshenli shtok bilan birga silindrdan chiqarib olish uchun porshenni avval
yonboshiga yengil zarbalar bilan (yog‗och tо‗shama orqali) urib yoki lom yordamida
ehtiyotkorlik bilan porshenni shtok bilan birgalikda itarib chiqariladi. Og‗ir porshenni
Silindr yuzalari holati, shuningdek silindr, porshen, porshenli halqa va shtok
о‗lchamlari tekshiriladi. Silindrning ovalligini qaror toptirish uchun va ishchi uchastka
uzunligi bо‗ylab uning yemirilishi notekisligini qaror toptirish uchun diametrlarni ikki
о‗zaro perpendikulyar tekislikda kamida 3 joyida shtixmasa bilan о‗lchanadi
(gorizontal nasoslar uchun vertikal va gorizontal tekisliklarda) va yaroqli yaroqsizga
Silindrlarning yedirilgan yuzalarini yо‗nib kengaytirish orqali qayta tiklanadi.
Bu vaqtda eski porshen va halqalarni yangilariga almashtiriladi, ularni silindrning
217
yangi diametrida mos holda tayyorlanadi. Yо‗nib kengaytirilgandan keyin silindr
diametri о‗ta darajada kengayib qolgan hollarda, unga alohida tayyorlangan gilza
presslanadi. Gilzani pressovka qilish uchun moslama 7.2-rasmda kо‗rsatilgan. Zarur
bо‗lgan zichlikka tegishli ravishda kiydirish (о‗tirgizish) orqali va tutashtiruvchi
yuzalari qoplanayotgan yupqa surik qatlami yordamida erishiladi. Pressovka
qilingandan sо‗ng ichki yuzani stanokda yaxshilab kerakli bо‗lgan diametrgacha
yо‗niladi, shunday yо‗nish kerakki, bunda yuzalar yuqori sifatli bо‗lishi, shuningdek,
silindr о‗qi aniqligi yuqori darajada bо‗lsin.
Bug‗latgich bloklarning zolotnikli korobkalari muntazam ravishda taftish qilib
turiladi, bu vaqtda ta‘mirlash zarurligi va uning turi aniqlanadi. Zolotnik juftlari –
dumaloq va yassi zolotniklari bо‗lgan zolotnikli korobkalarda zolotnik oynasini
ta‘mirlash texnologiyasi bir - biridan farq qiladi.
Silindr juft yedirilishi porshen shtok о‗qining egilib kolishiga olib kelishi
mumkin, shuning uchun shtokni о‗q tо‗g‗ri chiziqligi tekshiriladi.
Shtok о‗qining egilishida (urishida) chegaraviy mumkin bо‗lgan miqdor-0,1mm.
Shtokni muftaga oxirigacha buraladi va kontrgayka bilan stropovkalanadi.
Aylana zolotnikli zolotnik juftligini ta‘mirlash yuqorida aytib о‗tilgan porshen -
silindr juftligini ta‘mirlashga о‗xshashdir. Farqi faqatgina detallarning (silindr
gilzalari, zolotnik, prujinali xalqa gilzalari) konfigurasiyasi va о‗lchamlarida, ularni
qayta ishlash tozaligida va о‗ta qat‘iy
brakka chiqarish
chegaralaridadir. Yangi gilzani
zapressovka qilishda bug‗ kirituvchi va bug‗ chiqaruvchi teshiklarning mos kelishiga
ahamiyat berish zarur.
Yassi zolotnikli juftlarni bо‗yoqlarini tekshirish bilan shabrovkalash yо‗li bilan
ta‘mirlanadi. Shabrovkalash, tutashuvning kerakli sifatiga erishishiga olib kelmagan
vaqtlarda zolotnikning oynasiga va uning ishchi yuzasiga randalash dastgohida ishlov
beriladi, undan sо‗ng shabrovkalanadi. Buning uchun stanokka bug‗latgich silindrni
butkul joylashtiriladi. Yaxshilab artilgan juftlik yangi bug‗ bо‗shlig‗ining qayta
ishlangan bug‗ bо‗shlig‗idan butkul izolyasiyalanishini ta‘minlaydi.
Bug‗taqsimlash mexanizmini taftish qilish. Har qanday hollarda uning umumiy
holati, ayniqsa, zolotnik, tortqi va richagning ishqalanuvchi yuzalari holati tekshiriladi.
218
Ushbu detallarning birontasining sinib qolishi nasos ishini tо‗xtatadi. Yedirilgan
ishqalanuvchan yuzalarni suyultirib qoplab, yangi vtulkalarni qayta ishlab
zapressovkalab yoki nadelkalarni kiydirib qayta tiklanadi. Tutashuvchi detallardagi
tirqishlarni chegaraviy, mumkin bо‗lgan mikdorlarda ushlab turish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: