armaturalariga о‗xshash bо‗ladi va bir qator maqsadlar uchun mо‗ljallanadi ya‘ni,
quduq ustini germetiklash, kо‗taruvchi quvurlarni osib qо‗yish va har xil
Quduqlarda favvora davri tugagandan sо‗ng gazlift usulida ishlatish uchun
favvora armaturalaridan foydalaniladi. Bunda maxsus soddalashtirilgan va yengil
armatura qо‗llaniladi, lekin sodir bо‗lishi mumkin bо‗lgan qiyinchiliklar ochiq
favvorada xavf tug‗dirmaydi. Kо‗pincha gazlift quduqlaridagi armaturalar quvur
oralig‗i orqali yoki markaziy quvurlar orqali gaz haydashga moslashtirilgan bо‗ladi.
Gazlift quduqlarini ishlatish davrida jadal parafin yotqiziqlarini paydo bо‗lishi
kuzatilganda armaturaning usti qismi qо‗shimcha lubrikator bilan jihozlanadi va u
orqali NKQ-ga qirg‗ich kiritiladi, quduqni ishlatish davridagi parafin yotqiziqlari
mexanik tozalash yо‗li orqali tros yordamida parafin quduqning ichiga tushiriladi.
Parafin yotqiziqlari bilan kurashishda boshqa usullar ham qо‗llaniladi. Masalan,
quvurlarning devori suyuq shishalar bilan qoplanganda yoki sirlangan quvurlar
203
quduqlarning ustki qismiga membranli boshqariladigan mexanizmli bosimni
rostlovchi klapan о‗rnatiladi, quduqqa haydaladigan gazning bosimini doimiy
saqlab turish uchun xizmat qiladi, chunki ba‘zida magistral tizimlarda bosimning
о‗zgarib turishi kuzatiladi, quduqning normal ish rejimi buziladi, ba‘zida esa
quduqni tо‗xtatishga tо‗g‗ri keladi. Markazlashtirilgan gaz ta‘minoti tizimlarning
gaz taqsimlash punktlarida bosim rostlagichlar, har xil sarf о‗lchagichlar hamda
berkitish armaturasi gazni taqsimlash punkti (GTP) о‗rnatiladi. Bunda gazlift
quduqlarni ishini nazorat qilish va boshqarish markazlashtiriladi, ishonchligini va
ularning xizmat qilish sifatini oshiradi.
Gazlift ishlatish sohasida eng muhim yutuqlardan biri maxsus ekssentrik
kameralar nasos-kompressor quvurga о‗rnatiladi va uning hisobiy chuqurligiga
tushiriladi. Bunday holatda gazlift klapanlari NKQ-lar orqali quduqqa tushiriladi va
chiqarib oladigan texnika va texnologiyalar yaratilgan, о‗zlashtirish jarayonida
quvurlar birikmasi orqali ishga tushiriladigan klapanlar yoki ishchi klapanlar ishdan
chiqqanda yoki singanda quvurlarni kо‗tarib olish shart bо‗lmaydi.
Quvurlar birikmasining hisobiy joylarida maxsus ekssentrik kameralar chо‗ntakli
qilib о‗rnatiladi unga gazlift klapanlari kirgiziladi. О‗rnatilgan chо‗ntaklar orqali
tushiriladigan klapanlarning yuqori va pastki uchlari neftga chidamli bо‗lgan rezina
bilan yoki tо‗xtatish uskunasi orqali germetiklanadi. Bunday teshiklar orqali gaz
quvurning orqa oralig‗idan о‗tkazilgan chо‗ntakka о‗tadi, keyin esa yon teshik
orqali klapanga va uning egariga-nasos kompressor quvurlarga uzatiladi.
Quduqqa beriladigan bosimni barqarorlashtirish uchun gazlift quduq og‗ziga
klapan regulyator о‗rnatiladi. Kо‗targich tuzilishini tanlashda uning ishlatish
xususiyatlari hisobga olinadi. Ikki qatorli kо‗targich ishini bir tekisda ta‘minlaydi.
Bir qatorli kо‗targich uchun pulsatsiya xarakterli. Buning natijasida ishchi
agentlarni uzatish va tartibga solish qiyinlashadi hamda qum tiqinni va parafin
yotqiziqlarning hosil bо‗lishiga imkon tug‗diradi.
Bir qatorli lift uchun nasos-kompressor quvurlar kam talab qilinadi.
Kо‗tarish quvurlar bо‗shlig‗iga ishchi agentlar bir tekis tushishi uchun ishchi
204
klapan qо‗llaniladi. Bir qatorli kо‗targichlarda ishchi agent quduqning orqa
bо‗shlig‗iga tushadi (6.7-rasm).
Tushirish klapandan foydalanishda qatlam suyuqligi kо‗tarish quvuri orqali
siqiladi. U yuqori qatlamni tartibga solishga yetarli bosim hosil bо‗lguncha davom
etadi. Keyin u ochiladi va gazni kо‗tarish quvurlar birikmasining ichki bо‗shlig‗iga
о‗tkazadi. U kо‗tarilgan sari suyuqlik ustunining yuqori qismi gazlanadi va
yuqoriga qarab kо‗tariladi. Ularning bir qismi kо‗tarish quvurlar birikmasidan
oqadi va natijada quvurlar birikmasida bosim kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: