4.16-rasm. Ramali filtrpress plitasi
.
4.17-rasm. Filtrpress ramasi.
Shuning uchun
avariyalarga
yо‗l qо‗ymaslik uchun bosim oshgan vaqtda
sistemani о‗chirib qо‗yuvchi klapanning yaroqligini tekshirish zarur. Rama va
plitalardagi teshik-kanallarni paypaslab kо‗rib tekshiriladi. Bu kanallarning jipslab
berkitilishi kо‗pincha plitalarning bir tomonlama bosim ta‘siri ostida buzulib
148
qolishiga sabab bо‗ladi. Plita va ramalarning yuzalari asta-sekin yemirila boshlaydi,
shuning uchun agar filtrlanayotgan muhit о‗ta agressiv bо‗lsa, yuzalarni
qо‗rg‗oshin bilan qoplanadi yoki gummirlab qо‗yiladi. Singan plita va ramalarni
yangilari bilan almashtiriladi.
Ta‘mirlash vaqtida qisqichli qurilmalarni taftish qilinadi. Elektromexanik
qisqich holatida reduktorlarni ochiladi va vint, gaykalarning holati tekshiriladi.
Gidravlik qisqich holatida esa plunjer va silindr yuzalari tekshiriladi, shuningdek
salnikli zichlagichlar ham tekshiriladi.
Montaj vaqtida avvalo poydevorga tayanch plitalari yoki ustunlar о‗rnatiladi,
ularning gorizontalligi tekshiriladi va poydevor boltlari bilan mahkamlanadi.
Undan sо‗ng tegishli ustunlarga tirgak plitalarni va qisqich mexanizmi qobig‗ini
о‗rnatiladi, bu qobiq gaykalar bilan mahkamlanadigan tayanch balkalari bilan
biriktiriladi.
Tayanch balkalarining bir chiziqliligi
transportirovka
vaqtida buzilib ketishi
mumkin, shuning uchun bunga alohida e‘tibor berish zarur.
Yig‗ilgandan sо‗ng tayanch balkasi yetarli darajada qattiq bо‗lishi kerak,
plita va ramalar og‗irligidan egilib qolmasligi kerak. Qisqich plitasi
quloqchalaridan tayanch balkalarining yо‗naltiruvchisiga о‗rnatiladi va qisqich
qurilmaning shtokiga ulab qо‗yiladi. Tirgak va qisqich plitalar orasiga navbatma-
navbat rama va plitalarning kerakli soni joylashtiriladi, ular ham tayanch
balkalariga о‗zlarining yuza tomonlari bilan tayanadilar. Har bir qо‗shni rama va
plitalar oralig‗iga filtr qog‗ozi varag‗i joylanadi. Opressovka qilishdan oldin filtr
ostiga uning butun yuzasi bо‗ylab (ustunlar orasiga) yupqa tunukadan irborat
protiven
qо‗yiladi. Tushirib yuboradigan kranchalar bо‗ylab esa (ularning ostiga)
qabul qiluvchi kollektor qо‗yiladi. Filtrni opressovkadan keyin va qisqich
mexanizmi sinalgandan sо‗ng beriladi.
Listli filtrlar. Listli filtrlar tayyorlovchi zavodda kontrol yig‗ilgandan sо‗ng,
montaj maydonchasiga qismlarga ajralgan holda keltiriladi.
Tunuka filtrlarni montaj qilish aniq bir ketma-ketlikda olib boriladi. Ikkita
pо‗latdan yasalgan (eski konstruksiyalarda chо‗yandan yasalgan) yarim
149
silindrlardan iborat qobiqqa, boltlar bilan ikkala ustun boltlarda mahkamlanadi va
uni tayyor poydevorga о‗rnatiladi.
Ba‘zi hollarda poydevorga avval ustunlarni о‗rnatib, ularni tekislab qotirib,
undan sо‗ng silindrni qо‗yish qulayroqdir. Ikkala silindrlar ajratgichlarning
tekisligiga mо‗ljallab filtr holatining gorizontalligi yaxshilab tekshiriladi. Ostki
yarim silindrga kronshteyn mahkamlanadi va unga posongi kiygiziladi. Keyin
ramaga gidrodomkrat о‗rnatiladi, uning shtoki
vodila
yordamida posongi uchun
kronshteyn bilan sharnirli biriktiriladi.
Ustki silindr toresiga berkitish mexanizmining tishli uzatmasi va uning
blokirovkalovchi qurilmali yurituvchi shturvali joylashtiriladi. Bu qurilma
shturvalning о‗z-о‗zidan buralib ketishini va buning natijasida silindrga о‗z-о‗zidan
germetikligi bо‗shab qolishini oldini oladi. Silindrning yо‗riqnomasiga muvofiq
filtratni yig‗ish kollektori va trubaprovod detallari yig‗iladi. Bular kollektorni har
bir filtrlovchi disk bilan bog‗laydi.
Berkitish mexanizmining shturvali tortib bog‗langanda, tayanch boltlarning
gaykalari quyi silindrning val ustidagi yuzasiga zichlab mahkamlangan bо‗lishi
kerak, aks holda bu gaykalarni shplintlari bо‗shatilib tortiladi va yangitdan
shplintlanadi. Xuddi shu tarzda yarim silindrlar birikishidagi orqa sharnirli boltlar
lyuftlari ham tо‗g‗irlanadi. Silindrning getmetikligini gidravlik opressovka yо‗li
bilan tekshiriladi, buning uchun opressovkalovchi suyuqlik uzatishga mо‗ljallangan
bitta shtuserdan tashqari barcha shtuserlar yopib tashlanadi. Suyuqlik qо‗yib
yuborilishiga tayanch va sharnir boltlarini bir tekis tortilmaganligi, tutashuvchi
yuzalar orasidagi qistirmalar yо‗qligi, shuningdek berkitish mexanizmi
shturvalining yetarli darajada tortilmaganligi sabab bо‗ladi.
Quyi silindrning tutashuvchi yuzasidagi qistirma buklanib qolmagan yoki
buralib qolgan uchastkalari bо‗lmasligi kerak. Qistirma tutashuvlari «qulf» ostida
zichlab moslashtirilgan bо‗lishi kerak.
Berkitish mexanizmining tо‗g‗ri ishlamasligi, tayanch boltlarining vtulkalari
va podshipniklaridagi ekssentrik vallarning yeyilishi, shuningdek tishli uzatmalar
yeyilishi natijasi bо‗lishi mumkin.
150
Gidravlik sinov о‗tkazilib bо‗lingandan sо‗ng va opressovkalovchi suyuqlik
tо‗kib tashlangandan sо‗ng, gidrodomkrat yordamida filtr ochiladi. Butkul ochilgan
holatda quyi silindrni sharnir boltlarining vtulkalari qо‗zg‗almas о‗qi atrofida 105
o
ga buraladi. Quyi silindrning shunday holatida filtrlovchi disklarni о‗rnatishga
kirishiladi. О‗rnatishdan avval disklarning holatlari yaxshilab tekshiriladi, eng
avvalo filtrlovchi materialning (belting, shishagazlama, monel-metalldan yasalgan
yupqa devor va h.) chilpishi sifati va butunligi tekshiriladi.
Ta‘mirlash ishlarining asosiy hajmi rejadan tashqari tunuka filtrlarni
ekspluatasiya qilish chog‗ida amalga oshiriladi. Bunday ishlar tarkibiga boltlarni
tortish, qistirmalarni almashtirish, tayanch boltlarining deformasiyalangan
gaykalarini almashtirish, kranchalar kollektorlaridagi singan kо‗rish oynalarini
almashtirish, potrubkalar birikmalaridagi salniklarning tiqinlarini almashtirish yoki
tortish, puflab tozalash uchun beriladigan havoni uzatadigan kanallarni tozalash,
ishga yaroqsiz filtrlovchi disklarni sozlanganlari bilan almashtirish kabilar kiradi.
Vakuum filtrlar. Ta‘mirlash va montaj qilish texnologiyasini belgilab
beruvchi vakuum filtrning konstruksiyasi filtrlash chegaralari harakati va
taqsimlovchi mexanizm qurilmasi xarakteriga bog‗liq.
Barabanli vakuum-filtrni kontrol yig‗ishdan sо‗ng, rostlangandan sо‗ng va
sinovdan о‗tgandan sо‗ng tayyorlovchi korxona tomonidan keltiriladi. Filtrlarni
montaj qilishni filtr qobig‗ining quyi
koritosini
fundamentga о‗rnatishdan
boshlanadi, u barabandan tushayotgan barcha yuklamani qabul qiladi.
Koritosini
chekka devorlaridan stropovka qilinadi va traversaga osib qо‗yiladi, sо‗ng uning
ajratkichi tekisligiga qarab qat‘iy gorizontalligini tekshiramiz. Oxirgi tekshirish
boltlarini mahkamlangandan sо‗ng amalga oshiriladi.
Barcha detal va qismlarning ishqalanuvchi yuzalarini konservasion
(muhofazalovchi) maydon tozalanib, kerosin bilan yuvilib sо‗ngra quritiladi.
Koritoning har ikki tomonidan fundamentga yoki ramaga chiqib turadigan
podshipniklar joylashtiriladi, ularni shunday joylashtiriladiki, ularga baraban
о‗rnatilgandan sо‗ng barabanning, qobiqning va podshipnik quymalarining
о‗qdoshligi qat‘iy saqlangan bо‗lsin. Yuritma tomonidan chervyakli reduktor
151
о‗rnatiladi, uning qobig‗iga barabanning uchlariga chervyakli xalqa ilingan sapfasi
kirib turishi kerak.
Chervyakli g‗ildirak va chervyak ilashishi sifatini tekshirilgandan sо‗ng
reduktor oxirgi marta mahkamlanadi.
Baraban о‗qi qiyshayib ketishi va boshqa shikastlanishlarni oldini olish
maqsadida barabanni faqatgina traversa yordamida kо‗tariladi. Podshipniklarga
о‗rnatishda baraban massasi va gabarit о‗lchamlari kattaligini hisobga olgan holda
zarbalarga duch kelishini oldini olish zarur. Sistema zichligi qobiqdan sapfalar
chiqishidagi salniklarni yig‗ish aniqligiga bog‗liq. Shuning uchun salnik qobig‗ini
koritoga boltlar yordamida baraban о‗qini natijaviy tekshiruvidan sо‗ng va tepkili
tо‗lqinlanishini bartaraf qilingandan sо‗ng qotiriladi.
Taqsimlovchi qurilmani zonalarni taqsimlash sxemasiga mos hollarda
rostlash va kо‗rish juda katta aniqlikni talab qiladi. Taqsimlovchi kallak toresini
sapfa diskiga siqib buruvchi prujinalar bir tekisda tortilgan bо‗lishi kerak. Bu
qiyshayishni oldini oladi va suyuqlik kirib qolishi va havo sо‗rilishini oldini olish
imkonini beradi.
Baraban yuritmasini (reduktorli yoki variatorli elektr yuritkich) va
shikni,
filtr qobig‗i qopqog‗ini shuningdek, truba quvurlarni yig‗ishni о‗rnatilgan tartibda
о‗sha brigadaning о‗zi amalga oshiradi.
CHо‗kmani ajratib olish uchun pichoqni ajratib olinadigan qatlam butun
uzunlik bо‗ylab bir xil qalinlikda bо‗ladigan qilib о‗rnatiladi.
Barabanni filtrlovchi mato bilan ustidan tortish – filtrni ekspluatasiyaga
tushirishda eng oxirgi operasiya hisoblanadi. Bu operasiyani kо‗pincha
ekspluatasiya va ta‘mirlash vaqtida bajarishga tо‗g‗ri keladi.
Baraban yuzasini ikki qavat
setka
: avval legirlangan pо‗lat simdan yasalgan
yirikroq setka, sо‗ng fosforsimon-bronzali simdan tо‗qilgan mayda setka tortib
yopiladi. Birinchi setka filtratni yoki yuvuvchi suyuqlikni sо‗rib olish uchun,
shuningdek, inert gazni uzatish uchun ishlatiladi, ikkinchi setka esa, asos
hisoblanib, unga filtrlovchi material qoplanadi. Filtrlovchi mato barabanga tortib
yopiladi, hamda baraban yuzasidagi bо‗ylama va chetki pazlarda mahkamlanadi, bu
152
pazlar «qaldirg‗och dumi» shaklida yasalgandir. Pazlarga mato alyuminiyli yoki
qо‗rg‗oshinli simlar yordamida chekanka qilib mahkamlanadi. Mato baraban
yuzasiga zich yotishi uchun uni baraban setkasiga diametri 2 mm bо‗lgan berilliy-
bronzadan yasalgan sim bilan siqiladi, bu simlar baraban uzunligi bо‗ylab
spiralsimon о‗ralgandir. Yetarli darajada chо‗zilishi mumkin bо‗lgan simni bir tekis
tо‗shashga
erishish uchun maxsus о‗rash qurilmasi qо‗llaniladi, u vinti yordamida
filtrning aylanayotgan barabani bо‗ylab siljiydi, bu vint yuritmaning о‗z holicha
harakatlanishidan siljiy boshlaydi.
Ta‘mirlashni boshlashdan oldin mahsulotdan va yuvilgan filtr (korito bilan
birgalikda) inert gaz yordamida obdon puflab tozalanadi.
Sapfa orqali о‗tadigan
vestovaya
trubasidan suyuqlikning oqib chiqishini,
baraban qobig‗i va ichki birlashtiruvchi trubalar payvandlarining buzilganligidan
darak beradi. Defektlarni aniqlash uchun va ularni bartaraf qilish uchun qobiq
ochiladi va avval baraban sо‗ngra kommunikasiyalar gidravlik sinaladi.
Nuqsonlarni oson aniqlash uchun barabanning havo bilan gidravlik sinov
qilinayotgan maxsus uchastkalari aylanayotgan holida suvga tushiriladi. Suv ichki
koritoga tо‗ldirilgan bо‗ladi. Ichki kо‗rik va barabanning toreslarida ta‘mirlash
ishlari olib borish uchun lyuk-lazlar ochiladi. Quyidagi ta‘mirlash ishlari keng
tarqalgan: Sim о‗ramlarini tortish; qobiq toreslaridagi salnik tiqinlari va filtrlovchi
matoning buzilgan chekanka uchastkalarini qayta tiklash, moy uzatgichlarni, shnek
podshipniklarini va reduktorlarni ta‘mirlash. Taqsimlagich qurilma zolotnigini
planshaybaga zichlab yotqizilishini ta‘minlash uchun shabrovkaga murojaat
qilinadi. Yig‗ilgandan sо‗ng prujinalanuvchi qisqichlarning stakanlarini yengil
aylanishi va tebranishi mavjud emasligi tekshiriladi.
Montajdan sо‗ng, podshipniklarni, reduktorlarni va ba‘zi bir boshqa
qismlarni ta‘mirlab bо‗lgandan sо‗ng filtrlarni yо‗riqnomaga muvofiq avval yuksiz
holatda, sо‗ngra yuklama ostida chiniqtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |