O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti t. R. Yuldashev, J. T. Nurmatov


 Aralashtirgich konstruktiv elementlari



Download 11,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/371
Sana03.01.2022
Hajmi11,93 Mb.
#314249
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   371
Bog'liq
fayl 1832 20210916

4.7. Aralashtirgich konstruktiv elementlari 

Jarayonning kerakli temperaturasini ushlab turishi zarur bо‗lgan jiholarning 

qobiqlari  g‗iloflar  yoki  trubali  zmeyeviklar  bilan  jihozlangandir.  G‗ilofning 

mavjudligi defekt borligini tezda aniqlashda qiyinchilik tug‗diradi. Shuning uchun 

har  bir  ta‘mirlashdan  sо‗ng  g‗ilof  va  qobiq  oarsidagi  bо‗shliqni  opressovka  qilib 

tekshiriladi.  Qurilma  ichida  joylashgan  zmeyeviklar  boshqa  ichki  qurilmalar  kabi 

yemirilishga  duch  kelishi  mumkin.  Tashqi  zmeyeviklar  birmuncha  uzoq  muddat 

xizmat  qiladi.  Korroziyadan  muxofazalash  maqsadida  aralashtirgichlarning 

qobiqlari  ta‘mirlanadi,  emal  qatlami  bilan  yoki  boshqa  antikorrozion  qoplamalar 

bilan qoplanadi. 

Olib  qо‗yiladigan  uchastkalarga  (lyuklar,  pazlar,  shtuserlar,  tayanchlarni 

mahkamlash, valning kirish uzeli va boshqalar) surkaladigan qoplamalarga alohida 

e‘tibor  berish  zarur.  Yuritma  (motor-reduktor)  aralashtirgichning  valiga,  reduktor 

chiqish  valiga  kо‗ndalang  kuchlar  ta‘sirini  yо‗qotuvchi,  burovchi  momentni 

uzatadi.  Motor-reduktor  tayyorlovchi  zavod  tomonidan  aralashtirgichda  yig‗ilgan 

holatda  yoki  alohida  keltiriladi.  Birinchi  holda  transportirovka  qilinishidan  oldin 

xuddi  yuritmadagi  kabi  butkul  rotor  uchun  ham  (qurilmaning  qobig‗i  ichida) 

ularning sinib kolishini oldini oluvchi rasporkalar о‗rnatiladi. Montaj maydonida bu 

rasporkalar  yechib  olinadi  (ba‘zan  gazorezka  bilan  uzib  tashlanadi)  va 

buralishlarning  yengilligi  tekshiriladi.  Keyin  dvigatelni  ishga  tushirib  yuritma  va 

rotor  salt  aylanishi  tekshiriladi.  Bu  vaqtda  motordagi  yuklamaga,  podshipniklar 



 

145 


temperaturasiga  ahamiyat  beriladi  va  reduktor  ishlayotgandagi  shovqinni  eshitib 

kо‗riladi. Aniqlangan defektlarni tegishli qismlarni ajratilgandan sо‗ng aniqlanadi. 

Agar qurilma bosim yoki vakuum ostida ishlayotgan bо‗lsa, yoki yong‗inga xavfli 

va  zaxarli  muhitlarni  aralashtirish  uchun  mо‗ljallangan  bо‗lsa,  chiqish 

qismida

 

rotor valining qurilmaning germetizasiyalash sistemasini montajiga alohida yuqori 



talablar  qо‗yiladi.  Yumshoq  tiqinli  gazlar  va  taroqli  zichlagichlar  kо‗p  uchraydi, 

ularning  ta‘mirlanishi  va  montaj  qilinishi  yuqoridagi  bobda  aytib  о‗tilgan. 

Yig‗ilgan  zichlagichlarni  zichlovchi  suyuqlikni  uzatish  yо‗li  bilan  tekshiriladi,  bu 

suyuqlik sinalayotgan uchastka chegaralaridan chiqib ketmasligi kerak. 

Yig‗ilgan yoki ta‘mirlab bо‗lingan aralashtirgichni ekspluatasiyaga yuklama 

ostida  qobiqni  va  sinash  uchun  ishga  tushirishni  gidravlik  opressovka  qilib 

bо‗lingandan sо‗ng beriladi. 

Aralashtirgich  qurilmali  sirlangan  qurilmalarni  ta‘mirlash  va  montaj  qilish 

xususiyatlari.  Sirlangan  qoplamalar  metall  bilan  yaxshi  jipslashadi,  ular  silliq 

yaltiroq  yuzaga  ega  va  ularga  yaxshi  qaralsa,  uzoq  mudddat  xizmat  qiladi. 

Sirlangan  qatlam  xuddi  shishaga  о‗xshab,  unga  extiyotsizlik  bilan  munosabatda 

bо‗linsa,  tez  sinadi,  sirlangan  qurilmalarni  montaj  qilishda  va  ta‘mirlashda 

sirlangan qoplama yaxlitligini mumkin qadar ta‘minlash zarur. 

Montaj  qilishda  birinchi  shart  qobiqqa  zarba  berilishlarning  oldini  olish 

hisoblanadi,  bunday  xol  sodir  bо‗lsa,  sirlangan  qatlam  darz  ketadi  yoki  ba‘zi 

joylarida  asosiy  qatlamdan  pasayib  qoladi  (parchalanadi).  Shuning  uchun 

qurilmalar  о‗ralganmi  yо‗qmi  bundan  qat‘iy  nazar,  ularni  о‗chirish,  tashlab 

yuborish  bir-birini  ustiga  qо‗yish  va  h.  mumkin  emas.  Montaj  qilish  joyiga  olib 

borgunga  qadar  qurilma  aynan  maxsus  qurilmalaridan  (quloqchalari,  soxta 

shtuserlar  va  h.) 

stropovka

  qilinadi.  Qurilmani  sirlangan  shtuserlaridan  va 

lyuklardan  strapovkalash  mumkin  emas.  Shuningdek  stropa  sifatida  zanjirlardan 

foydalanish ham mumkin emas. 

Montajni  boshlashdan  oldin  qurilmani  yaxshilab  kо‗rib  chiqish  va 

konstruksiya butunligiga amin bо‗lish lozim. Keyin sirlangan yuzani shikastlashdan 

extiyot  bо‗lgan  holda  konservasion  moylar  olib  tashlanadi.  Qurilmani  yig‗ish 



 

146 


yо‗riqnomaga  muvofiq  ekspluatasiya  shartlariga  mos  holda  amalga  oshiriladi. 

Qо‗llanilayotgan qistirmalar va tiqinlar texnik talablarga javob bera olishi kerak.  

Sirlangan  yuzalarni  zichlash  uchun  faqatgina  yumshoq  zichlagich  materiallardan 

foydalanish kerak (rezina, asbest). Ular qattiq qо‗shimchalardan xoli bо‗lishi shart 

(shuningdek,  ftoroplastdan  ham  foydalansa  bо‗ladi).  Emal  bilan  qoplangan 

sirlangan  yuzalar,  о‗zining  aniqligi  bilan  farq  kilmaydi,  shuning  uchun  odatda 

emallanmagan  yuzalarga  qaraganda  birmuncha  qalinroq  tiqinlardan  foydalaniladi 

va uni butun perimetr bо‗ylab rostlab buriladi. 

Emallangan 

qurilmalarni 

payvandlab 

bо‗lmaydi. 

Shuningdek, 

payvandlashishlarini bevosita sirlangan qurilma yaqinida ham olib borib bо‗lmaydi, 

aks  holda  sirlangan  yuzalarni  erigan  metall  sachrashidan  puxta  himoyalashga 

tо‗g‗ri keladi. Payvandlash ishlarini qurilmaning sirlanmagan qismida olib borishda 

(masalan,  g‗ilofda)  payvandlanayotgan  joydan  sirlangan  devorgacha  bо‗lgan 

masofa 50mm dan kam bо‗lmasligi kerak. 

Montaj  va  ta‘mirlash  vaqtida  mahkamlovchi  detallarning,  asboblarning  va 

boshqa  metall  buyumlarning  sirlangan  yuzaga  tushib  ketishidan  ehtiyot  bо‗lish 

kerak. 

Flanesli  birikmalarga  boltlarni  tortish  butun  perimetr  bо‗ylab  navbatma-

navbat  asta-sekin  bir  tekisda  olib  boriladi.  Qurilmaning  barcha  ichki  detallari 

mustahkam mahkamlangan bо‗lishi, aylanayotgan detallar qobiqqa tegib ketmasligi 

kerak. 

Sirlangan  qurilmalarni  ta‘mirlashda  sirlangan  yuzadan  defektlarni  tuzatish 

muhim ahamiyatga egadir. 

Bu  ishlarni  surkama  moylar  –  arzamit,  diabaz,  epoksid  smolasi,  bakelit 

laklari yordamida amalga oshiriladi. Surkama moy surkashdan avval shikastlangan 

yuzani jilvir kog‗oz bilan yoki qayroqtosh bilan tozalanadi, keyin tolali shyotkada 

tozalab, undan sо‗ng erituvchida yuviladi (aseton yoki benzin). Resept bо‗yicha va 

belgilangan  texnologiyaga  muvofiq  tayyorlangan  surkama  moyni  shpatel 

yordamida  shikastlangan  yuzaga  surtiladi  va  40-60°S  temperaturada  12  soat 

davomida  qizdiriladi. 




 

147 



Download 11,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish