№
|
Mavzular nomi
|
Mavzuning qisqacha mazmuni
|
Jami
|
Uqitishning tashkiliy shakli
|
Mustaqil ta’lim
|
1
|
Tibbiyotda biologiyaning tutgan o‘rni. Tibbiyot genetikasining rivojlanish tarixi, yutuqlari va o‘rganish usullari.
|
Biologiya fani haqida tushuncha, uning tibbiyotdaga ahamiyati. Shifokor tayyorlashda biologiyaning o‘rni va vazifalari. Odamning boshqa tirik organizmlar va tashqi muxit omillari bilan bog‘liqligi.
Genetika tushunchasi. Genetikani boshqa fanlar orasidagi o‘rni. Genetika irsiyat va o‘zgaruvchanlik qonuniyatlarini o‘rganadigan fan. Irsiyat va o‘zgaruvchanlik barcha tirik organizmlarning, shu jumladan odamning umumbiologik hususiyati ekanligi.
Genetikaning rivojlanish tarixi (klassik genetika davri, neoklassisizim davri, sintetik genetika davri) va tarmoqlari.
Tibbiyot genetikasining rivojlanish tarixi, yutuqlari va o‘rganish usullari. Tibbiyot kollejlari talabalarini tayyorlashda tibbiy genetika fanining o‘rni, sog‘liqni saqlash tizimining tarkibiy qismi ekanligi. Mamlakatimizda tibbiyot genetikasining rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shgan olimlar va shifokorlarning ishlari va yutuqlari.
|
4
|
N-2
|
2
|
2
|
Irsiyatning sitologik asoslari. Hujayra biologiyasi.
|
Tirik organizmlarning hujayraviy tuzilishi va kimyoviy tarkibi (noorganik va organik tarkibi). Hujayra - genetik va strukturaviy biologik birlik. Yadroning tuzilishi, unda xromosomalarning joylanishi. Xromosomaning tuzilishi va funksiyasi. Xromosomalarning bo‘yalish hususiyati va uni odam kariotipini aniqlashdagi ahamiyati. Odam kariotipi va idiogrammasi.
Hujayra sikli va uning davriyligi. Hujayraning bo‘linish usullari: amitoz, mitoz va meyoz. Hujayraning mitotik siklida xromosomalarni dinamik o‘zgarishi. Mitozning biologik ahamiyati.
Meyoz – jinsiy hujayralarning hosil bo‘lish usuli. Spermatogenez va ovogenez, ularning biologik ahamiyati. Meyoz davrida xromosomalarda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar. Meyozning biologik ahamiyati. Meyoz fazalarida xromosomalarda sodir bo‘ladigan xatoliklar va ularning oqibatlari. Qirqdan oshgan ayollarda meyoz fazalaridagi xatoliklarning (chastotasining) ko‘payishi.
|
4
|
N/A
2/2
|
2
|
3
|
Mikroskop bilan ishlash. Hujayra tuzilishi bilan tanishish.
|
Prokariot va eukariot hujayralarning umumiy tuzilishini o‘rganish. Vaqtinchalik preparat tayyorlash va unda hujayra organoidlarini o‘rganish. Doimiy preparatlarda hayvon organoidlarini o‘rganib, tasvirini chizish.
Doimiy preparatlarda mitoz, meyoz bo‘linishning fazalarini o‘rganish.
|
4
|
A-2
|
2
|
4
|
Irsiyatning biokimyoviy asoslari. Genetik injeneriya va biotexnologiya.
|
Nuklein kislotalar, ularning kimyoviy tuzilishi, xillari va vazifalari. Nuklein kislotalarning irsiyatda tutgan o‘rni. DNK replikasiyasi va uning irsiyatdagi ahamiyati. Oqsil sintezida ishtirok etuvchi aminokislotalar.
Genlarning tuzilishi va genetik axborot. Hujayrada irsiy axborotni replikasiyasi, transkripsiyasi va translyasiyasi. Genetik kod va uning ahamiyati.
Genetik injeneriya. Biotexnologiya. Gen injeneriyasi va biotexnologiyaning tibbiyotdagi ahamiyati. Gen terapiyasi. Hujayra injeneriyasi va klonlash. Odam genomining o‘ziga xosligi. Geni o‘zgartirilgan oziq - ovqat mahsulotlari va organizmlar. Genomli o‘zgargan organizmlarning kelajakdagi roli.
|
4
|
N-2
|
2
|
5
|
Klassik genetika asoslari. G. Mendel qonunlari. Genlarning o‘zaro ta’siri.
|
G.Mendelning asosiy qonuniyatlari. Monoduragay, diduragay, poliduragay chatishtirish va ularning sitologik mohiyatlari. Avlod duragaylarini nasillanishida belgilarning mustaqil holda kombinasiyalanishi. Belgilarning ajralish qoidasining buzilishi. Oraliq formadagi irsiylanish, bekkross – tahliliy chatishtirish. Genlarning o‘zaro ta’siri (allel va noallel genlarning ta’siri).
Qon guruhlari va rezus-faktorni irsiylanishi.
Qon guruhlari, rezus-faktor, epistaz, polimeriya, komplementarlik bo‘yicha masalalar yechish.
|
4
|
N/A
4/2
|
2
|
6
|
Irsiyatning xromosoma nazariyasi.
|
Irsiyatning xromosoma nazariyasi. T.Morgan va uning shogirdlari tomonidan irsiyatning xromosoma nazariyasining yaratilishi. Genlarning xromosomada joylashishi. Allel genlarning gomologik xromosomalarda, gomologik lokuslarida joylashishi. Genlarning xromosomada bir chiziq, bo‘lib joylashishi. Genetik xarita. Xromosoma - genlarning birikkan guruhi ifodasi. Irsiyatning xromosoma nazariyasini qoidalari. Jins genetikasi. Jinsni boshqarish. Irsiylanishning modellari. Oilaviy genetik belgilarning irsiylanishi. Krossengoverning turlari. Krossengoverning belgilarning irsiylanishidagi roli. Tashqi muhitning krossengoverga ta’siri. Jinsga bog‘liq belgilar va kasalliklar. X-xromosomaga bog‘liq belgilar. U-xromosomaga bog‘liq allellar. Jinslar nisbati. Jinsni aniqlash muddatlari. Progam, singam, epigam jinsni aniqlash usullari. Jinsni boshqarishning tibbiyotdagi ahamiyati. Irsiyatning xromosoma nazariyasining tibbiyotdagi roli.
|
4
|
N/A
2/2
|
2
|
7
|
O‘zgaruvchanlik. Uning xillari va tibbiyotdagi roli. Modifikasion va mutasion o‘zgaruvchanlik. Kanserogenez-ning biologik va genetik asoslari
|
O‘zgaruvchanlik va uning xillari: kombinativ, mutasion, modifikasion. Modifikasion o‘zgaruvchanlik. Belgilarning reaksiya normasi. Fenokopiyalar. O‘zgarishning moslanish xarakteri. Odamlarda belgilarning ruyobga chiqishida muhit va genotipning o‘zaro ta’siri. Modifikasion o‘zgaruvchanlikni o‘rganishning statistik usullari. Odamlarning genetik jihatdan turli - tumanligini ta’minlashda kombinativ o‘zgaruvchanlik.
Mutasion o‘zgaruvchanlik va uning xillari. Mutagen omillar. Antimutagenez. Genetik materialning reparasiyasi. Reparasiya evolyusiyada vujudga kelgan, xususiyatdir. DNK reparasiyasining mexanizmlari. Reparasiyani ta’minlovchi fermentlarning genetik jihatdan farqlanishi. Odamlarning mutagen ta’sirlarga bo‘lgan har xil chidamliligi. Reparasiyaning buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan mutasiyalar va ularning odamlar irsiyatidagi ahamiyati.
Kanserogenezning biologik asoslari. Profilaktikasi.
Irsiy va irsiy bo‘lmagan o‘zgaruvchanlikni o‘rganish. Variasion qator tuzish.
|
4
|
N/A
4/2
|
2
|
8
|
Irsiy kasalliklar tasnifi.
|
Irsiy kasalliklarning tasnifi (gen, xromosoma, genom kasalliklari) va nasllanish mexanizmi. Irsiy kasalliklarning kelib chiqish mexanizmi. Irsiy patologiyalarning yuzaga chiqishida o‘ziga xos klinik xususiyatlar.
Gen kasalliklari: aminokislotalar, oqsil, uglevodlar, lipidlar va gormonlar almashinuvining buzilishi.
Xromosoma kasalliklari, ularning kelib chiqish mexanizmlari va irsiylanishini.
X – xromosomaga birikkan kasalliklar. Xromosoma kasalliklar: autosom trisomiyalar, jinsiy xromosomalar polisomiyasi va monosomiyasi.
Multifaktorial kasalliklar. Multifaktorial kasalliklar tasnifi va klinik belgilari. Rivojlanish nuqsonlari.
Irsiy kasalliklar patologiyasini o‘rganishga doir vaziyatli masalalar yechish.
|
4
|
N/A
4/2
|
2
|
9.1
|
Tibbiyot genetikasida tekshirish usullari. Genealogik usul.
Avlodlar shajarasiga qarab irsiy kasalliklarning nasllanishini aniqlash.
|
Odam - genetik tekshirish obyekti sifatida. Odam irsiyatini o‘rganishning genealogik, egizaklar, biokimyoviy, sitogenetik, ontogenetik, populyasion-statistik usullari va ularning tibbiyot genetikasida qo‘llanilishi.
Genealogik usul – avlodlar shajarasini tuzish usuli. Genealogik usulni ishlatishda qo‘llaniladigan shartli belgilar. Avlodlar shajarasini tuzish va uni tahlil qilishni o‘rganish.
Avlodlar shajarasini tahlil qilish orqali irsiy kasalliklarning autosom – resessiv, autosom – dominant yoki jinsga birikkan holda irsiylanishini aniqlash.
|
2
|
N/A
2/2
|
1
|
9.2
|
Tibbiyot genetikasida tekshirish usullari. Egizaklar, dermatoglifika va sitogenetik, biokimyoviy va populyasion-statistik tekshirish usullari.
|
Egizaklar haqida tushuncha. Monozigot va dizigot egizaklar dunyoga kelishi. Egizaklarni o‘rganish usuli - organizm belgilarini shakillanishida genotip va atrof muhit omillari ta’sirini aniqlash vositasi ekanligi. Egizaklarning konkordantlik va diskordantlik belgilari. Konkordantlik darajasini o‘rganish. Egizaklarning hayot tarziga atrof-muhit omillarining ta’siri.
Egizaklarda irsiy kasalliklar patogenezini o‘rganish. Egizaklarda irsiy kasalliklarning kechishi.
Dermatoglifika tushunchasi, uning bo‘limlari. Dermatoglifik tekshirishning genetik kasalliklarni aniqlashdagi ahamiyati.
Sitogenetik tekshirish usulining mohiyati, o‘tkazish bosqichlari. genetik kasalliklarni aniqlashdagi ahamiyati.
Biokimyoviy tekshirish usulining mohiyati, irsiy kasalliklarni aniqlash va barvaqt tashhis qo‘yishdagi ahamiyati.
Populyasiya tushunchasi. Populyasion-statistik tekshirish usulining mohiyati, uni tibbiyotda qo‘llash. Xardi-Vaynberg formulasi.
|
2
|
N/A
2/2
|
1
|
10
|
Irsiy kasalliklarni davolash usullari va profilaktikasi.
Tibbiy-genetik maslahat.
|
Irsiy kasalliklarning profilaktika turlari va formalari. Perinatal diagnostika. Chaqaloqlar skriningi.
Irsiy kasalliklarni davolash: simptomatik, patogenetik, etiologik, xirurgik. Farmokogenetik davolash. Tibbiyot genetikasining huquqiy va etik tomonlari.
Odamlarda kuzatiladigan nikoh tiplari va ularning tibbiy-genetik tomonlari. Autbriding va inbriding nikohlarining tibbiy – genetik tomonlari. Qarindoshlar orasidagi nikohlarning o‘ziga xos tomonlari. Qarindoshlik darajalari va ulardagi genlar umumiyligi. Qarindoshlik va inbriding koeffisentlari, ularning aniqlash, koeffisiyent ko‘rsatkichlarini ortishi yoki kamayishiga sababchi bo‘ladigan omillar. Tibbiy-genetik maslahat. Tibbiy-genetik maslahat uyushtirilishining mohiyati. Perespektiv maslahat, retrospektiv maslahat.
|
4
|
N-2
|
2
|
|
|
|